• 5.6.3 Dastlabki etalonlar va standart namunalar 5.6.3.1 Dastlabki etalonlar
  • 5.6.3.2 Standart namunalar
  • 5.6.3.3 Oraliq tekshiruvlar
  • Ўзбекистон давлат стандарти




    Download 0,78 Mb.
    bet21/29
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #245737
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
    Bog'liq
    17025-узб (3)

    5.6.2.2 Sinovlar o‘tkazish

    5.6.2.2.1 Sinov laboratoriyalariga nisbatan 5.6.2.1 da keltirilgan talablar, agar kalibrlashlarning sinov natijalarining umumiy noaniqligiga ta’siri ahamiyatsiz deb belgilanmagan bo‘lsa, foydalanilayotgan o‘lchash va o‘lchash vazifali sinash asbob-uskunalarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Bunday vaziyat vujudga kelganda, laboratoriya foydalanilayotgan asbob-uskuna o‘lchashning kerakli noaniqligini ta’minlashi mumkinligini kafolatlashi kerak.


    Izoh – 5.6.2.1 talablari bajarilishi lozim bo‘lgan daraja kalibrlash noaniqligining umumiy noaniqlikka nisbiy xissasiga bog‘liq. Agar kalibrlash ustun omil bo‘lib hisoblansa, talablarga qat’iy rioya qilish lozim.
    5.6.2.2.2 SI birliklariga kuzatuvchanlik mumkin bo‘lmasa va/yoki maqsadga muvofiq bo‘lmasa, u holda sinov laboratoriyalari uchun ham kuzatuvchanlik bo‘yicha kalibrlash laboratoriyalari uchun talablar amal qiladi, masalan, sertifikatlashtirilgan standart namunalarga, kelishilgan usullar va/yoki standartlarga (5.6.2.1.2 ga q.).


    5.6.3 Dastlabki etalonlar va standart namunalar
    5.6.3.1 Dastlabki etalonlar
    Laboratoriya o‘zining dastlabki etalonlarini kalibrlash dasturi va protsedurasiga ega bo‘lishi lozim. Dastlabki etalonlar 5.6.2.1 da ko‘rsatilgandek kuzatuvchanlikni ta’minlay oladigan idora tomonidan kalibrlanishi kerak. Laboratoriyada mavjud bo‘lgan bunday dastlabki etalonlar faqat kalibrlash uchun va xech qanday boshka maqsadlar uchun, agar ularning tavsifnomalari bekor qilinmagan bo‘lsa qo‘llanilmaydi.
    Dastlabki etalonlar xar qanday rostlashdan avval va keyin kalibrlanishi lozim.
    5.6.3.2 Standart namunalar
    Standart namunalar, imkoniyat borligicha SI o‘lchash birliklariga yoki sertifikatlashtirilgan standart namunalariga nisbatan kuzatuvchanli bo‘lishi lozim. Laboratoriyaning standart namunalari texnik va iqtisodiy jixatdan keraklicha tekshirilishi kerak.
    5.6.3.3 Oraliq tekshiruvlar
    Dastlabki, birinchi etalonlar, solishtirish etalonlari vyoki standart namunalari ishchi etalonlarining kalibrlash statusiga bo‘lgan ishonchni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan tekshiruvlarbelgilangan protseduralar va jadvallarga muvofiq xolda o‘tkazilishi kerak.

    Download 0,78 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




    Download 0,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон давлат стандарти

    Download 0,78 Mb.