|
o‘lchashlarni kuzatuvchanligi
|
bet | 20/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #245737 |
Bog'liq 17025-узб (3)5.6 o‘lchashlarni kuzatuvchanligi
5.6.1 Umumiy qoidalar
Sinovlar, kalibrlashlar natijalarining aniqligiga va ishonchliligiga yoki namunalarni tanlab olishga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatuvchi sinovlar va/yoki kalibrlashlarni o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan barcha o‘lchash vositalari, yordamchi o‘lchashlar (masalan, atrof-muhit parametrlarini tekshirish uchun) uchun vositalar ham ishga tushurishdan oldin kalibrlangan bo‘lishi lozim. Laboratoriyada o‘lchash vositalarini kalibrlashlarini o‘tkazish uchun belgilangan dastur va protsedura bo‘lishi lozim.
Izoh - Bunday dastur fizik kattalik birliklari etalonlarini, fizik kattalik birliklari etalonlari sifatida qo‘llaniladigan standart namunalarini, shuningdek, sinovlar va kalibrlashlarni o‘tkazish chog‘ida foydalaniladigan o‘lchash va sinash asbob-uskunalarini tanlab olish, ishlatish, kalibrlash, qiyoslash, tekshirish va ularni yuritish tizimini o‘z ichiga olishi kerak.
5.6.2 Maxsus talablar
5.6.2.1 Kalibrlash
5.6.2.1.1 Xalqaro birliklar tizimiga (SI – Systeme international d'unites) laboratoriya tomonidan o‘tkazilgan kalibrlash va o‘lchashlarning kuzatuvchanligini ta’minlash uchun, kalibrlash laboratoriyalari uchun asbob-uskunalarni kalibrlash dasturi yaratilgan va ishlab turgan bo‘lishi lozim.
Kalibrlash laboratoriyasi o‘z etalonlari va o‘lchash vositalari aloqasini SI birliklarining dastlabki etalonlari bilan bog‘laydigan kalibrlashlar yoki solishtirishlarning uzluksiz zanjiri vositasida belgilaydi.
SI birliklariga bog‘lashga milliy etalonlar yordamida erishiladi. Milliy etalonlar SI birliklarining dastlabki amalga oshirilishi bo‘lib hisoblanadigan yoki fundamental fizikaviy konstantalar asosida SI birliklari bilan barobar qonunlashtirilgan dastlabki etalonlar bo‘lishi mumkin yoki boshqa milliy metrologik institut tomonidan kalibrlanadigan ikkilamchi etalon bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha chet tashkilotlar xizmatlaridan foydalanishda birliklar o‘lchamlarini uzatish bunday xizmatlar o‘z kompetentliligi, o‘lchash imkoniyatlari, kuzatuvchanligini namoyish eta oladigan laboratoriyalar tomonidan taqdim etilishi bilan ta’minlanadi. Ushbu laboratoriyalar tomonidan beriladigan kalibrlash haqidagi sertifikatlar o‘lchash natijalarini, jumladan identifikatlashtirilgan metrologik me’yoriy-texnikaviy hujjatlar muvofiqligining noaniqligi va/yoki konstatatsiyasini o‘z ichiga olishi lozim (shuningdek 5.10.4.2 ga q.).
Izohlar
1 Kalibrlash laboratoriyalari, ushbu standartning muvofiq talablari kompetent deb ko‘rib chiqiladi. Ushbu xalqaro standartga muvofiq akkreditlangan, kalibrlash laboratoriyasi tomonidan berilgan, akkreditlash idorasi logotipi bo‘lgan kalibrlash haqidagi sertifikat kalibrlashnigng ushbu turini o‘tkazishga nisbatan ko‘rsatilgan kalibrlash ma’lumotlari kuzatuvchanligining yetarli guvohnomasi bo‘lib hisoblanadi.
2 SI birliklariga kuzatuvchanlikka muvofiq dastlabki etalon (VIM:1993, 6.4 ga q.) yordamida yoki qiymati SI muvofiq birligi tavsifida ma’lum bo‘lgan va o‘lchovlar va og‘irliklar Bosh konferensiyasi (CGPM) va o‘lchovlar va og‘irliklar Xalqaro qo‘mitasi (CIPM) tomonidan tavsiya qilingan tabiiy konstanta yordamida solishtirish bilan erishiladi.
3 O‘zining shaxsiy dastlabki etalonlariga ega bo‘lgan yoki SI birliklarini fundamental fizikaviy konstantalar asosida amalga oshiradigan kalibrlash laboratoriyalari SI ga kuzatuvchanlik haqida bu etalonlar milliy metrologik institutning boshqa o‘xshash etalonlari bilan bevosita yoki bilvosita solishtirishdan o‘tgandan so‘ng ma’lum qilishlari mumkin.
4 “Identifikatlashtirilgan metrologik me’yoriy-texnikaviy hujjatlar” atamasi o‘lchashlar qaysi texnikaviy talablar bo‘yicha, bu talablarni kiritish yo‘li bilan yoki ularga bir ma’noli havola qilish yo‘li bilan bajarilganligi aniq bo‘lishi lozimligini anglatadi.
5 Agar “xalqaro etalon” yoki “milliy etalon” atamalari kuzatuvchanlik bilan bog‘liq holda foydalanilsa, u holda bu etalonlar SI birliklarini amalga oshirish uchun dastlabki etalonlar xususiyatlariga ega deb taxmin qilinadi.
6 Milliy etalonlargacha kuzatuvchanlik mamlakatning laboratoriya joylashgan milliy metrologik instituti xizmatlaridan foydalanishni muqarrar ko‘zda tutmaydi.
7 Agar kalibrlash laboratoriyasi o‘zi joylashgan mamlakatga qaraganda boshqa mamlakat milliy metrologik institutidan birliklar olishni hohlasa yoki ehtiyoj sezsa, bu laboratoriya o‘lchovlar va og‘irliklar Xalqaro byurosi faoliyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki mintaqaviy tashkilotlar yordamida faol ishtirok etadigan milliy metrologik institutni tanlashi lozim.
8 Kalibrlash va solishtirish uzluksiz zanjiri kuzatuvchanlikni namoyish eta oladigan turli laboratoriyalar tomonidan bajariladigan bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin.
5.6.2.1.2 Hozirgi vaqtda SI birliklarida bajarilishi mumkin bo‘lmaydigan kalibrlashlarning aniqlangan turlari mavjud. Bu hollarda kalibrlash muvofiq fizik kattalik birliklari etalonlaridan birliklar o‘lchamlarini berish yo‘li bilan o‘lchashlar ishonchliligini ta’minlashi lozim, masalan:
- materiallarning fizik yoki kimyoviy tavsiflarini ishonchli qiymatini olish uchun kompetentli yetkazib beruvchilarga taqdim etilgan sertifikatlashtirilgan standart namunalardan foydalanish;
- aniq ta’riflangan va barcha manfaatdor tomonlar qabul qilgan belgilangan usullarni va/yoki kelishilgan standartlardan foydalanish.
Iloji boricha muvofiq dasturda laboratoriyalararo solishtirish-larni o‘tkazish talab qilinadi.
|
| |