|
Yordamchi pudratchilardan olingan sinov va kalibrlashlar natijalari
|
bet | 28/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #245737 |
Bog'liq 17025-узб (3)5.10.6 Yordamchi pudratchilardan olingan sinov va kalibrlashlar natijalari
Agar sinovlar bayonnomasi yordamchi pudratchilar tomonidan bajarilgan sinovlar natijalarini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, u xolda ular aniq identifikatlashtirilgan bo‘lishi lozim. Yordamchi pudratchi xisobotni yozma ravishda yoki elektron vositalar yordamida taqdim etishi lozim.
Agar kalibrlash yordamchi pudrat shartlari bilan bajarilgan bo‘lsa, bu ishni bajargan laboratoriya pudratchiga laboratoriyani kalibrlash sertifikatini berishi kerak.
5.10.7 Natijalarning elektron yetkazilishi
Sinovlar yoki kalibrlashlar natijalarini telefon, teleks, faks yoki boshqa elektron yo elektromagnit vositalar orqali yetkazishda mazkur standart talablari bajarilishi zarur (shuningdek 5.4.7 q.).
5.10.8 qarorlar va sertifikatlar formati
Format shunday tarzda belgilanishi kerakki, u bajarilayotgan sinovlar yoki kalibrlashlarning xar bir turiga muvofiq bo‘lishi xamda ularni noto‘g‘ri tushunish yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish imkonini minimizatsiya qilishi lozimdir.
Izoxlar
1 Sinov qarorlari va kalibrlash to‘g‘risidagi sertifikat tuzilmasiga, ayniqsa sinov yoki kalibrlash ma’lumotlarini taqdim etish va ular iste’molchilar tomonidan qulay ravishda o‘zlashtirilishiga e’tibor berish kerak.
2 Sarlavxalar imkoni boricha standart bo‘lishi kerak.
5.10.9 Sinov qarorlari va kalibrlash sertifikatlaridagi o‘zgarishlar
Berilgandan so‘ng sinov qarorlari va kalibrlash sertifikatlaridagi axamiyatli o‘zgarishlar faqat qo‘shimcha xujjat yoki ma’lumotlarni qo‘shimcha o‘tkazilishi ko‘rinishida o‘tkazilishi va quyidagi aniq ifodani:
«Sinov Bayonnomasiga (yoki kalibrlash sertifikatiga) qushimcha, seriya raqami (yoki boshqa identifikatsiya)», yo boshqa aniq ifodani o‘z ichiga olishi lozim.
Bunday uzgarishlar mazkur standart talablariga javob berishi kerak.
Agar sinovlar qarori yoki kalibrlash sertifikatini berish kerak bo‘lsa, u xolda ular bir xil ma’noda identifikatlashtirilishi va ular o‘rnini olgan originalga qilingan xavolalarni o‘z ichiga olishi lozimdir.
|
| |