• 5.10.5 Fikr-muloxazalar va sharxlar
  • Kalibrlash sertifikatlari




    Download 0,78 Mb.
    bet27/29
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #245737
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Bog'liq
    17025-узб (3)

    5.10.4 Kalibrlash sertifikatlari
    5.10.4.1 Agar kalibrlashlar natijalarini sharxlash uchun kerak bo‘lsa, 5.10.2 da sanab o‘tilgan talablarga qo‘shma ravishda kalibrlash sertifikatlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
    a) kalibrlashlar o‘tkazilgan va o‘lchashlar natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan sharoitlar (masalan, atrof muxit sharoitlari);
    b) o‘lchashlar noaniqligi va/yoki o‘rnatilgan metrologik me’yoriy xujjatlarga yoki ularning ayrim bandlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma;
    c) o‘lchashlar kuzatuvchanligining isboti (5.6.2.1.1 dagi 2 izoxni k.)
    5.10.4.2 Kalibrlash sertifikati faqat funksional sinovlar kattaliklari va natijalariga tegishli bo‘lishi kerak. Agar me’yoriy xujjatlar muvofiqligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, u xolda me’yoriy xujjatlarning qaysi qoidalari bajarilib qaysi qoidalari bajarilmasligini belgilash zarur.
    Agar me’yoriy xujjatlar muvofiqligi to‘g‘risidagi ko‘rsatmada o‘lchashlar natijalari va ular bilan bog‘liq noaniqliklar yo‘q bo‘lsa, laboratoriya ushbu natijalarni ro‘yxatga olishi xamda kelajakda ularga qilinishi mumkin bo‘lgan xavolalar uchun saqlashi lozimdir.
    Agar muvofiqlik to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, o‘lchashlar noaniqligi xisobga olinishi kerak.
    5.10.4.3 Agar kalibrlanayotgan asbob rostlangan yoki ta’mirlangan bo‘lsa, rostlash yoki ta’mirlashdan oldin va keyingi kalibrlash natijalari xisobotda aks ettirilishi lozim.
    5.10.4.4 Kalibrlash sertifikati (yoki kalibrlash belgisi) iste’molchi bilan kelishilgan xollardan tashqari kalibrlashlar o‘tkazish davriyligi to‘g‘risidagi tavsiyanomalarni o‘z ichiga olmasligi kerak. Bu talab qonunchilikga muvofiq xolda o‘zgartirilishi mumkin.
    5.10.5 Fikr-muloxazalar va sharxlar
    Agar fikr-muloxazalar va sharxlar kiritilgan bo‘lsa, ularning tuzilishi asoslari laboratoriya tomonidan xujjatlashtirilishi lozim. Fikr-muloxazalar va sharxlar sinovlar bayonnomasida aniq belgilangan bo‘lishi kerak.
    Izoxlar
    1 Fikr-muloxazalar va sharxlarni ISO/IEC 17020 xamda ISO/IEC 65 qo‘llanmasida ko‘zda tutilgan inspeksion faoliyat va maxsulotni sertifikatlashtirish bilan aralashtirmaslik lozimdir.
    2 Sinovlar bayonnomasi tarkibida bo‘lgan fikr-muloxazalar va sharxlar quyidagilarga tegishli bo‘lishi, lekin u bilan chegaralanmasligi mumkin:
    - natijalarning talablarga muvofiqligi/nomuvofiqligi bayonoti;
    - shartnomaga kiritilgan talablarning bajarilishi;
    - natijalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar;
    - takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
    3 Ko‘p xollarda fikr-muloxazalar va sharxlarni bevosita iste’molchi bilan muxokama qilish o‘rinli bo‘lishi mumkin. Bunday muxokamalar qayd etilishi
    lozim.



    Download 0,78 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 0,78 Mb.