|
Sinovlar bayonnomalari va kalibrlash sertifikatlari
|
bet | 25/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #245737 |
Bog'liq 17025-узб (3)5.10.2 Sinovlar bayonnomalari va kalibrlash sertifikatlari
Xar bir sinovlar bayonnomalari va kalibrlash sertifikatlari xech bo‘lmasa quyidagi axborotni o‘z ichiga olishi kerak, faqatgina agar laboratoriyada bunga yo‘l qo‘ymaslikka xech qanday asoslangan sabablar bo‘lmasa:
a) xujjatning nomi: «Sinovlar bayonnomasi» yoki «Kalibrlash sertifikati»;
b) laboratoriyaning nomi va manzili, shuningdek sinovlar va/yoki kalibrlashlar o‘tkazish joyi, agar u laboratoriya manzili bo‘yicha joylashgan bo‘lsa;
c) sinovlar bayonnomasi yoki kalibrlash sertifikati noyob identifikatlashtirilishi (masalan, seriya raqami), shuningdek betni sinovlar bayonnomasi yoki kalibrlash sertifikatining qismi sifatida tan olishni ta’minlash uchun xar bir betda identifikatlash, bundan tashqari sinovlar bayonnomasi yoki kalibrlash sertifikati yakunini aniq identifikatlashtirish;
d) iste’molchining nom iva manzili;
e) qo‘llanilayotgan usulni identifikatlashtirish;
f) sinovlar yoki kalibrlashdan o‘tgan ob’ekt(lar) ta’rifi, xolati va bir ma’noli identifikatlashtirilishi;
g) sinovlar yoki kalibrlashdan o‘tishi lozim bo‘lgan ob’ekt(lar)ni olish sanasi, agar bu natijalarning ishonchliligi va qo‘llanilishi uchun jiddiy bo‘lsa, shuningdek sinovlar yoki kalibrlashlarni o‘tkazish sanasi(lari);
h) laboratoriya yoki boshqa idoralar tomonidan qo‘llanilayotgan ob’ektlarni tanlash rejasi va usullariga qilinadigan xavola, agar ular natijalarning ishonchliligi va qo‘llanilishiga tegishli bo‘lsa;
i) o‘lchashlar birliklarini (kerak bo‘lganida) ko‘rsatish bilan sinovlar yoki kalibrlashlar natijalari;
j) sinovlar bayonnomasi yoki kalibrlash sertifikatini tasdiqlagan shaxs(lar) ismi, lavozimi va imzosi yoki ekvivalent identifikatlashtirish;
k) kerak bo‘lganida, natijalar faqat sinovlar yoki kalibrlashdan o‘tgan ob’ektlarga tegishli ekanligini ko‘rsatish.
Izoxlar
1 qog‘ozda bajarilgan sinovlar bayonnomalari va kalibrlash sertifikatlari nusxalari betlar raqamlari xamda betlar umumiy soni ko‘rsatmasiga ega bo‘lishi lozim.
2 Laboratoriyalarga sinovlar bayonnomalari va kalibrlash sertifikatlari laboratoriyaning yozma ruxsatnomasisiz to‘liq yoki qisman qayta ishlab chiqilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi bayonotni ilova qilish tavsiya etiladi.
|
| |