• 5.10 Natijalar to‘g‘risida xisobot berish 5.10.1 Umumiy qoidalar
  • Sinov va kilibrlashlar natijalari sifatini ta’minlash




    Download 0,78 Mb.
    bet24/29
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #245737
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Bog'liq
    17025-узб (3)

    5.9 Sinov va kilibrlashlar natijalari sifatini ta’minlash
    5.9.1 O‘tkazilgan sinashlar va kalibrlashlar ishonchliligini tekshirish uchun laboratoriya sifatni boshqarish protseduralariga ega bulishi lozim. Natijalar shunday ro‘yxatga olinsinki, tendensiyalarni aniklash, xamda imkoniyat bo‘lganda natijalarni taxlil qilish uchun statistik usullarni qo‘llash mumkin bo‘lsin. Ushbu tekshiruv quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
    a) sertifikatlashtirilgan standart namunalaridan doimiy foydalanish va/yoki sifatni ichki boshqarish va shaxsiy standart namunalaridan foydalanish;
    b) laboratoriyalararo solishtirishlarda yoki sinovlar sifatini tekshirish dasturlarida ishtirok etish;
    c) xuddi shu yoki boshqa usullardan foydalanish bilan sinovlar yoki kalibrlashlarni takrorlash;
    d) saqlanayotgan ob’ektlarni takroriy sinash yoki takroriy kalibrlash;
    e) buyumning turli tavsiflari uchun natijalarni munosabatdorligi.
    Izox – tanlab olingan usullar bajarilayotgan ishning ko‘rinishi va xajmiga muvofiq bo‘lishi lozim.
    5.9.2 sifat bo‘yicha ma’lumotlar taxlil qilinishi kerak va agar ular oldindan belgilangan qiymatlar chegarasidan chiqsa, u xolda tuzatuvchi xarakatlarni rejalashtirish xamda o‘tkazish zarur.


    5.10 Natijalar to‘g‘risida xisobot berish
    5.10.1 Umumiy qoidalar
    Laboratoriya tomonidan o‘tkazilgan xar bir sinov, kalibrlash yoki sinovlar va kalibrlashlar seriyalarining natijalari sinovlar yoki kalibrlashlar o‘tkazish usullari tarkibida mavjud bo‘lgan barcha maxsus yo‘riqnomalarga muvofiq xolda aniq, ravshan, bir ma’noli va ob’ektiv ravishda bildirilishi lozim.
    Natijalar sinovlar bayonnomasi va kalibrlash sertifikatiga kiritilishi kerak (1 izoxga k.) va iste’molchi tomonidan talab qilinayotgan xamda sinovlar yoki kalibrlashlar natijalarini sharxlash uchun zarur bo‘lgan axborotni, shuningdek qo‘llanilayotgan usul uchun talab qilinayotgan axborotni o‘z ichiga olishim kerak. Odatda bu 5.10.2 va 5.10.3 yoki 5.10.4 da keltirilgan axborotdir.
    Sinovlar yoki kalibrlashlar ichki iste’molchilar yoki iste’molchit bilan yozma kelishuv mavjudligida o‘tkazilgan xolda, natijalar osonlashtirilgan ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin. 5.10.2 – 5.10.4 da sanab o‘tilgan, iste’molchiga uzatilmagan xar qanday axborot ushbu sinovlar va/yoki kalibrlashlarni bajargan laboratoriyada xar doim tushunarli bo‘lishi kerak.
    Izoxlar
    1 Sinovlar bayonnomalari va kalibrlash sertifikatlari ba’zida «sinovlar sertifikatlari» va «kalibrlash bayonnomalari» deb ataladi.
    2 Sinovlar bayonnomalari va kalibrlash sertifikatlari mazkur standart talablariga muvofiq xolda qattiq yoki elektron tashuvchilarda berilishi mumkin.

    Download 0,78 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 0,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinov va kilibrlashlar natijalari sifatini ta’minlash

    Download 0,78 Mb.