Sinalishi va kilibrlanishi lozim bo‘lgan buyumlarni ishlatish




Download 0,78 Mb.
bet23/29
Sana20.05.2024
Hajmi0,78 Mb.
#245737
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
17025-узб (3)

5.8 Sinalishi va kilibrlanishi lozim bo‘lgan buyumlarni ishlatish

5.8.1 Sinalayotgan va/yoki kalibrlanayotgan ob’ektlarni transportda tashish, qabul qilish, ishlatish, ximoya qilish, saqlash va/yoki yuq qilish protseduralari, shu jumladan, sinalayotgan va/yoki kalibrlanayotgan ob’ektlarning butunligini ximoya qilish va laboratoriya xamda iste’molchi manfaatlarini ximoya qilish uchun kerak bo‘lgan qoidalar laboratoriyada mavjud bo‘lishi lozim.


5.8.2 Sinalayotgan va/yoki kalibrlanayotgan ob’ektlarni identifikatlashtirish tizimi laboratoriyada mavjud bo‘lishi lozim. identifikatlashtirish ob’ekt laboratoriyada bo‘ladigan vaqti davomimida saklanilishi kerak. Agar kerak bo‘lsa, tizim ob’ektlarning guruxlarga bo‘linishi va ob’ektlar laboratoriya ichida yoki undan tashqariga joylashishini ko‘zda tutishi kerak.
5.8.3 Sinovlar yoki kalibrlashlar uchun ob’ektlar olinganda anomaliyalar va sinash yoki kalibrlash usulida ko‘rsatilgan normal yoki belgilangan sharoitlardan og‘ishlar ro‘yxatga olinishi kerak. Agar sinovlar yoki kalibrlashlar uchun ob’ektning yaroqliligiga nisbatan gumonlar mavjud bo‘lsa, yoki agar u taqdim etilgan ta’rifga muvofiq bo‘lmasa, yoki talab qilinayotgan sinovlar yoki kalibrlashlar yetarlicha batafsil ta’riflanmagan bo‘lsa, keyingi yo‘riqnomalarni sinovlar yoki kalibrlashlar boshlanishidan avval olish xamda masalani muxokama qilish jarayonini belgilash maqsadida laboratoriya iste’molchi bilan maslaxatlashishi kerak.
5.8.4 Tavsifnomalar yomonlashishi, sinovlar yoki kalibrlashlar uchun ob’ektlar saqlash, ishlatish va tayyorlash paytida shikastlanishi xamda yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun laboratoriyada protseduralar va tegishli imkoniyatlar ko‘zda tutilishi zarur. Ob’ektlarga ilova qilinadigan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar bajarilishi kerak. Agar ob’ektlar aniq atrof muxit sharoitlarida saqlanishi kerak bo‘lsa, u xolda bu sharoitlar qo‘llab-quvvatlanishi, tekshirilishi va ro‘yxatga olinishi lozim.
Izoxlar
1 Agar sinalayotgan ob’ektlar sinovlardan keyin ishlatishga qaytarilishi lozim bo‘lsa, ishlatishda, sinovlar o‘tkazishda yoki saqlash/kutish jarayonida ularni shikastlamaslik yoki buzmaslik uchn maxsus extiyotkorlik talab qilinadi.
2 Ob’ektlarni qabul qilish va transportda tashish uchun javobgar shaxslar ob’ektlarni tanlash protsedurasi va ularni saqlash xamda transportda tashish to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan sinovlar va kalibrlashlar natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan ob’ektlarni tanlash omillari xaqidagi axborot bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
3 Sinovlar va kalibrlash ob’ektlarini xavfsiz saqlash xar xil sabablarga binoan talab qilinishi mumkin: bular bayonnomalashtirish, xavfsizlikni ta’minlashga qo‘yiladigan talablar, ob’ekt muximligi, shuningdek kelgusi davrda qo‘shimcha sinovlar va/yoki kalibrlashlar o‘tkazish imkoniyatini yaratish.

Download 0,78 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Download 0,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinalishi va kilibrlanishi lozim bo‘lgan buyumlarni ishlatish

Download 0,78 Mb.