• 5.7 Namunalarni tanlab olish
  • Transportda tashishi va saqlash




    Download 0,78 Mb.
    bet22/29
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #245737
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
    Bog'liq
    17025-узб (3)

    5.6.3.4 Transportda tashishi va saqlash
    Dastlabki etalonlar va standart namunalar ifloslanishi yoki shikastlanishini oldini olish, shuningdek ularning butunligini saqlash uchun laboratoriyalarda ularni xavfsiz ishlatish, transportda tashish, saqlash va qo‘llash protseduralari mavjud bo‘lishi lozim.
    Izox – Agar dastlabki etalonlar va standart namunalar sinovlar, kalibrlashlar yoki tanlash uchun doimiy laboratoriyadan tashqarida qo‘llanilayotgan bo‘lsa, qo‘shimcha protseduralar zarur bo‘lib qolishi mumkin.


    5.7 Namunalarni tanlab olish

    5.7.1 Agar laboratoriya keyinchalik sinash yoki kalibrlash uchun moddalar, materiallar yoki maxsulotlar namunalarini tanlab olishni o‘tkazayotgan bo‘lsa, laboratoriyada namunalarni tanlash rejasi va protseduralari mavjud bo‘lishi kerak. Namunalarni tanlash rejasi va protsedurasi namunalarni tanlash joyida mavjud bo‘lishi lozim. Namunalarni tanlash rejalari, maqsadga muvofiq bo‘lganida, statistik usullarga asoslanishi kerak. Namunalarni tanlashni o‘tkazish jarayonida sinovlar va kalibrlashlar natijalarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida tekshirilishi lozim bo‘lgan omillarni xisobga olish kerakdir.


    Izoxlar
    1 Namunalarni tanlash zaruriyati modda, material yoki maxsulotni sinash yoki kalibrlash o‘tkazilishiga muvofiq tegishli me’yoriy-texnik xujjatlarda ko‘rsatilishi mumkin. Ba’zi xollarda (masalan, sud taxlilida) namuna taqdim etilmagan, ammo mavjudlik omili bilan aniqlangan bo‘lishi mumkin.
    2 Talab qilinayotgan axborotni olish uchun namunalarni tanlash protseduralarida modda, material yoki boshqa maxsulotdan namuna yoki namunalar tanlash, tanlash rejasi, chiqarib olish va tayyorlashni tavsiflash kerak.
    5.7.2 Agar iste’molchi namunalarni tanlash xujjatlashtirilgan protsedurasiga nisbatan og‘ishlar, qo‘shimchalar yoki istisnolar talab qilsa, ular namunalarni tanlash tegishli ma’lumotlari bilan birga ro‘yxatga olinishi va sinovlar va/yoki kalibrlashlar natijalarini o‘z ichiga oluvchi barcha xujjatlarga kiritilishi kerak, shuningdek muvofiq xodimlarga ma’lum qilinishi lozim.
    5.7.3 O‘tkazilayotgan sinovlar yoki kalibrlashlar qismi xisoblanadigan, namunalarni tanlashga tegishli bo‘lgan tegishli ma’lumotlar va operatsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish protseduralari laboratoriyada mavjud bo‘lishi kerak. Ushbu ro‘yxatdan o‘tgan ma’lumotlar namunalarni tanlash qo‘llanilayotgan protsedurasini, namunalarni tanlashni amalga oshiruvchi mutaxassisni identifikatlashtirish, atrof muxit sharoitlari (kerak bo‘lganida), shuningdek namunalarni tanlash joyini zaruriy identifikatlashtirish uchun diagrammalar yoki boshka ekvivalent vositalarni, va agar kerak bo‘lsa, namunalarni tanlash protseduralariga asos bo‘ladigan stantistik ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim.



    Download 0,78 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




    Download 0,78 Mb.