Ўзбекистон давлат стандарти




Download 0,78 Mb.
bet17/29
Sana20.05.2024
Hajmi0,78 Mb.
#245737
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
17025-узб (3)

5.4.5 Usullarni validatlash

5.4.5.1 Validatlash - bu o‘ziga xos maqsadli foydalanishning ma’lum talablari bajarilayotganligini tadqiqot qilish va ob’ektiv dalillar keltirish yo‘li bilan tasdiqlashdir.


5.4.5.2 Laboratoriya yangitdan nostandart usullarni, laboratoriya tomonidan yaratilgan/ishlab chiqilgan usullarni, standart usullarni maqsadli qo‘llash uchun to‘g‘ri kelishini tasdiqlash uchun ularni yaroqliligini validatlashi kerak. Ushbu qo‘llanishni yoki qo‘llanish doirasining talablarini qanoatlantirilishi qanchalik lozim bo‘lsa, bunday baxolash shunchalik xar taraflama bo‘lishi lozim. Laboratoriya olingan natijalarni, yaroqliligini validatlash uchun qo‘llanilgan protsedurani xamda usulni maqsadli qo‘llanishi uchun yaroqliligi xaqidagi qarorini rasmiylashtirishi lozim.
Izoxlar
1 Yaroqlilikni baxolash namunalarni tanlash, ishlatish va transportda tashish protseduralarini o‘z ichiga olishi mumkin.
2 qo‘llanilayotgan yo‘llar, usul samaradorligini aniqlashda, quyidagilarda biri yoki ularning birikmasi bo‘lishi kerak:
- dastlabki etalonlar yoki standart namunalardan foydalangan xolda kalibrlash;
- boshqa usullar yordamida erishilgan natijalarni taqqoslash;
- laboratoriyalararo solishtirishlar;
-natijalarga tasir ko‘rsatadigan omillarni sistematik baxolash;
-usul va amaliy tajribaning nazariy prinsiplarni ilmiy anglash asosida natijalar noaniqligini baxolash.*
3 Agar yaroqlilikga baxolangan nostandartlarga o‘zgartishlar kiritilsa, ushbu o‘zgartishlar ta’sirini xujjatlashtirish kerak, va agar o‘rinli bo‘lsa, baxolashni o‘tkazish kerak.
5.4.5.3 Maqsadli qo‘llanilishi uchun attestatlangan, validatlangan usullar yordamida olinayotgan qiymatlarning diapazoni va aniqligi (misol uchun, natijalar noaniqligi, aniqlash chegarasini, usulni tanlanganligi, chiziqliligi, takrorlanuvchanligi va/yoki qaytariluvchanligi, tashqi ta’sirlarga chidamliligi va/yoki sinash ob’ekti/namunasining matritsasi bir turligi sezgirligi) iste’molchilar extiyojlariga muvofiq kelishi kerak.
Izoxlar
1 Validatlash talablar ro‘yxati, usullar tavsiflarini aniqlash, talablar qo‘llanilayotgan usul yordami bilan qondirilishini tekshirish va yaroqlilikni tasdiqlashni o‘z ichiga oladi.
2 Usulni ishlab chiqish sari iste’molchining talablari qondirilishini tekshirish maqsadida muntazam taxlil o‘tkazish. Ishlab chiqish rejasiga o‘zgartishlar kiritishni talab qiladigan talablardagi o‘zgartish ma’qullanishi va tasdiqlanishi kerak.
3 Validatlash – bu xar doim sarflar, xavf-xatar va texnik imkoniyatlar o‘rtasidagi murosadir. Axborot kamchiligi sababli qiymatlar diapazoni va noaniqligi (masalan, aniqlik, topish chegarasi, tanlanishlilik, chiziqlilik, takroruvchanlik,
_____________________________________________________________
* O‘zbekiston Respublikasi xududida O‘zR. «Metrologiya to‘g‘risida» gi qonun va o‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimining me’yoriy xujjatlari talablariga muvofiq xolda validatlash maqsadlari uchun sinovlar va kalibrlashlarning qayta ishlab chiqilgan yoki nostandart usullari metrologik attestatlashdan o‘tadi.

qaytariluvchanlik, chidamlilik va sezgirlik) faqat osonlashtirilgan ko‘rinishda berilishi mumkin bo‘lgan xolatlar ko‘p uchraydi





Download 0,78 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Download 0,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон давлат стандарти

Download 0,78 Mb.