4.12 Oldini oluvchi xarakat
4.12.1 Texnik sifatdagi yoki menejment tizimi bilan bog‘liq nomuvofikliklar kerakli yaxshilanishi va notensial manbalari aniklanishi lozim. Agar oldini oluvchi xarakat kerak bo‘lsa, shunday nomuvofikliklar paydo bo‘lishini bartaraf etish va yaxshilashlar o‘tkazish imkoniyatidan foydalanish maqsadida xarakatlar rejasini ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirish kerak.
4.12.2 Tegishli protsedura oldini oluvchi xarakatlar tashabbusini va ularning samaraliligini ta’minlash maqsadida tekshiruv o‘tkazishni o‘z ichiga olishi lozim.
Izoxlar
1 Oldini oluvchi xarakat muammolarni va da’volarni identifikatlashtirishga qaratilgan reaksiya emas, balki yaxshilash imkonlarini aniqlashga qaratilgan jarayonidir.
2 Protseduralarni taxlil qilishdan tashqari oldini oluvchi xarakat ma’lumotlar taxlilini, jumladan yo‘nalishlar va xavf-xatarlar, shuningdek malakani tekshirish natijalari taxlilini o‘z ichiga olishi mumkin.
4.13 Ma’lumotlarni ro‘yxatga olishni boshqarish
4.13.1 Umumiy qoidalar
4.13.1.1 Laboratoriya sifat va texnik masalalar bo‘yicha ruyxat ma’lumotlarini identifikatlashtirish, yig‘ish, indekslash, saqlash, yuritish va chiqarib tashlash protseduralarini o‘rnatishi va qo‘llab-quvvatlashi lozim. Sifat bo‘yicha ma’lumotlar ichki tekshiruvlar, raxbariyat tomonidan o‘tkazilgan taxlil natijalari, shuningdek to‘g‘rilash va oldini oluvchi xarakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
4.13.1.2 Ro‘yxatga olish ma’lumotlari oson o‘qiladigan, tushunarli va kerakli atrof muxitni, shikastlanishdan, buzilishdan va yo‘qotishdan ximoya qilishni ta’minlaydigan joylarda mavjud bo‘lishi kerak. Bunday ma’lumotlarni saqlanish muddatlari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Izox - Ro‘yxatga olish ma’lumotlari xar qanday tashuvchida, masalan, qog‘oz yoki elektron tashvchilarida saqlanishi mumkin.
4.13.1.3 Barcha ro‘yxatga olish ma’lumotlari xavfsizlik va konfidensiallik sharoitlarida saqlanishi lozim.
4.13.1.4 Laboratoriya elektron tashuvchilardagi ma’lumotlarni ximoya qilish va qayta tiklash uchun, shuningdek ularga noo‘rin o‘zgartishlar kiritishni oldini olish uchun protseduralarga ega bo‘lishi kerak.
|