• Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mohiyati va jamiyatdagi orni.
  • Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/29
    Sana31.05.2022
    Hajmi1.06 Mb.
    #22474
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    54718 (1)
    Begis Joldasbaev, contractuz-latn-uz-1, nbr45KQ9bEyph5hdHmnq7J4yqU73pBdrpzMgiYJ1 (2), saidmurod, 4-Laboratoriya Ismoilov.M 5-semestr., 5-lab, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida oʻrta Osiyo xalqlari madaniyati. Jadidlar harakati12, tat javobi. super, 1-14, 1labElbek Ro‘ziyev, Ustoz To\'ychiyev Domla Foydali formulalar, IJTIMOIY FALSAFA, iqt.naz.amal-5 — копия, 1. Umumiy tushunchalar. Transformatorning tuzilishi va ishlash p
     
     



    Tadqiqotning ilmiyligi: 
    1.Boshqaruv faoliyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini davlat 
    taraqqiyotining muhim bir bo‘g‘ini sifatida ilmiy jihatdan asoslanadi. 
    2.Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash xalqning 
    madaniy va ma’rifiy hayotini yaxshilashda muhim omil ekanligi aniqlanadi. 
    3.O‘sib kelayotgan yosh avlodni intelektual salohiyatini oshirishda asos bo‘lib 
    kasb etishini nazariy jihatdan pedagogik-psixologik imkoniyatlari aniqlanadi. 
    4.Ta’lim mazmuni, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish yo‘llarini 
    ko‘rsatib berildi. 
    Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida”Axborot 
    kommunikatsiya texnologiyalar” davlat boshqaruv tizimida,aholining turmush 
    tarzini ijobiy tomonga o‘zgartirishda shu bilan birga yosh avlodni bilim olishida va
    jahon hamjamiyatida yuqori o’rinlarni egallashida qanot bo‘lishi isbotlandi. Ilmiy 
    ish yakuni bo‘yicha aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab-chiqilgan tavsiyalardan 
    pedagogik kurslardagi ma’ruzalar yaratishda o‘quv rejalarni yangi avlodini 
    yaratishda, pedagog xodimlarni bilimlarini boyitishda foydalanish mumkin. BMI
    taraqqiy tuzilishi: Kirish, 3 bob, 7 paragrf, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    10 
    I BOB . Anolitik qismi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining 
    mohiyati va nazariy jihatlari 
    1.1 
    Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mohiyati va jamiyatdagi 
    o'rni. 
    Jahon bozorida barcha mamlakatlar XXI asrda bevosita “industrial jamiyatdan” 
    “axborotlashgan jamiyatga” o’tishni boshladi. Muqarrarki, jahon iqtisodiyotining 
    kelajagini, tabiiy boyliklar bilan bir qatorda (neft, gaz, ko’mir, metallar va h.k.), 
    axborot omillari belgilaydi, axborot sohasini rivojlanish birinchiligida esa jahon 
    doirasida kuchlarni joylashtirilishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Axborotlashgan 
    jamiyatda axborot borgan sari strategik manbaaga aylanmoqda. Axborot 
    texnologiyalarining takomillashtirilishi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil 
    hisoblnadi. Ma’lumki, axborot texnologiyalari informatika qonun – qoidalari 
    asosida takomillashtiriladi.
    Axborot texnologiyalariga qisqacha to’xtaladigan bo’lsak quyidagi fikrlar kelib 
    chiqadi. 
    Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka 
    ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material 
    mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan 
    foydalanadigan 
    jarayon 
    tushuniladi. 
    Texnologiya 
    ob'ektining 
    dastlabki, 
    boshlang'ich holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob 
    beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, 
    tvorog, smetana, yog' va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar 
    boshlang'ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish 
    natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" 
    tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so'zini qo'shish 
    mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, 
    balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi. 
    Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin. Texnologiya - bu sun'iy 
    ob'ektlarni 
    yaratishga 
    yo'naltirilgan 
    jarayonlarni 
    boshqarishdir. 
    Kerakli 
    jarayonlarni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-


    11 
    sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini 
    bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini 
    o'zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish 
    maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha 
    ta'riflash mumkin.
    Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat 
    jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning 
    usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
    Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini 
    qondiradigan 
    yangi 
    mahsulot 
    ishlab 
    chiqarishdan 
    iborat. 
    Axborot 
    texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur 
    bo'lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo'lgan yangi 
    axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo'llab, bitta moddiy 
    resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot 
    texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat 
    ishini bajarganda har bir o'quvchi boshlang'ich axborotni qayta ishlash uchun 
    o'zining bilimini qo'llaydi. Masalaning echimi bo'lgan yangi axborot mahsuloti
    o'quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi, usuliga bog'liq. 
    Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar 
    ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o'zining "uskunalari", vositalari 
    mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshka vositalardir. Bu vositalar 
    orkali axborotga ishlov berilib, o'zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov 
    berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo'llanilmoqda. Axborot 
    texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo'llanishiga urg'u 
    berish maqsadida ko'pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida 
    gapirishadi. 
    Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan 
    bevosita bog'liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud 
    bo'lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, 
    amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo'lgan tartiblashtirilgan jarayondir. 


    12 
    Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki 
    va tashqi omillar mavjud. 
    Ichki omillar – bu axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, 
    axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k. 
    Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar 
    orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. 
    Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan 
    tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat, 
    (respublika, qit’a)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fakir almashmoqchsiz. Buni turli 
    yo’llar orqali etkazishingiz mumkin: 1) aloqa bo’limi orqali (yozma); 
    2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki); 
    3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
    O’zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon va sifati yuqori bo’lgan usulni belgilab 
    olasiz.
    Bu misoldagi ichki omil qaysi??? 
    Tashqi omilchi??? 
    Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng 
    muhim usullaridan biri bo'lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion 
    bosqichlarni bosib o'tdi.
    Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib o'tamiz.
    1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bo' bosqichda "Qo'llik" 
    axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. 
    Kommunikatsiya, ya'ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida 
    amalga oshirilgan. 
    2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" texnologiya rivoj topgan. Uning 
    asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 
    3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo'lib, "Elektromexanik" texnologiyalar 
    bilan farq qiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan 
    foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o'zgardi. 


    13 
    Unda 
    asosiy 
    urg'u 
    axborotni 
    tasvirlash 
    shaklidan, 
    uning 
    mazmunini 
    shaqllantirishga ko'chirildi. 
    4-bosqich. XX asr o'rtalariga to'g'ri qelib, "Elektron" texnologiyalar qo'llanilishi 
    bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida 
    tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash 
    tizimlaridir. 
    5-bosqich. XX asr oxiriga to'g'ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter" 
    texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga 
    mo'ljallangan dasturiy vositalarga ega bo'lgan shaxsiy kompyuterlardir. 
    Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo'ljallangan 
    texnik vositalarning o'zgarishi ro'y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari 
    ishlatila boshlandi. 
    Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo'linadi: 
    1. Ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma'lum 
    algoritmlar bo'yicha boshlang'ich ma'lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni 
    echishga mo'ljallangan. Masalan, har bir firmada o'zining xodimlari haqidagi 
    axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo'lishi kerak. 
    2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati 
    qaror qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan insonlarning axborotga bo'lgan talabini 
    qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o'tmishi, 
    hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham o'z ichiga oladi. 
    3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi. 
    Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot 
    ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari 
    va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va 
    qo'llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab 
    chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Offise dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word 
    matn muharriri, Excel elektron jadvali, Power point taqdimot uchun grafikani 
    tayyorlash dasturi, Microsoft Access ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari 
    kiradi. 


    14 
    Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko'plab dasturiy vositalar mavjudki, ular 
    barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta'minlay oladi. Ularning ayrimlari bilan 
    qisqacha tanishib chiqamiz.
    Ma'lumotlar ombori. Har qanday axborot texnologiyasining majburiy 
    komponenti ma'lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan ofisda MO 
    firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma'lumotlarni o'zida saqlaydi. 
    MO, uni tashkil kilish va boshqarish haqida batafsil 10- bobda tanishib chiqamiz. 
    Matn protsessori. Bu matnli hujjatlarni tashkil etish va ularga ishlov berishga 
    mo'ljallangan dasturiy vosita turidir. Masalan, matn muharririda tayyorlangan xat 
    va hujjatlarni doimiy ravishda qabul qilish menedjerga firmadagi holatni doimo 
    nazorati ostida tutishga yordam beradi. 
    Elektron pochta (E-mail) - kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga 
    asoslangan bo'lib, hamkor (partnyor)larga ma'lumotlar jo'natish yoki ulardan 
    ma'lumot olish imkoniyatini yaratadi. 
    Audiopochta - bu ma'lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orkali 
    uzatuvchi pochtadir. 

    Download 1.06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish