• Zamonaviy AKT
  • Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/29
    Sana31.05.2022
    Hajmi1.06 Mb.
    #22474
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
    Bog'liq
    54718 (1)
    Begis Joldasbaev, contractuz-latn-uz-1, nbr45KQ9bEyph5hdHmnq7J4yqU73pBdrpzMgiYJ1 (2), saidmurod, 4-Laboratoriya Ismoilov.M 5-semestr., 5-lab, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida oʻrta Osiyo xalqlari madaniyati. Jadidlar harakati12, tat javobi. super, 1-14, 1labElbek Ro‘ziyev, Ustoz To\'ychiyev Domla Foydali formulalar, IJTIMOIY FALSAFA, iqt.naz.amal-5 — копия, 1. Umumiy tushunchalar. Transformatorning tuzilishi va ishlash p
    Raqamli televideniya 
    Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyaga texnik va 
    texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 
    televideniye sohasiga zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
    bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Dastur doirasida mamlakatimizda teleuzatishlarni 
    raqamli formatga o‘tkazish ikki bosqichda: birinchisi 2013–2015 yillarni qamrab 
    olsa, ikkinchisi — 2016–2017 yillarda amalga oshiriladi.Davlat dasturining 
    birinchi bosqichida 84ta yuqori kuchlanishdagi uzatgichlar o‘rnatiladi. Natijada 
    mamlakatimiz yirik aholi maskanlarining 90 foizini raqamli televideniye bilan 
    qamrab olish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 54 
    foizi raqamli televideniye bilan qamrab olingan. Hozirda Toshkent shahridan 
    tashqari, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, 
    Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasining ko‘plab 
    tumanlarida raqamli televideniye dasturlarini yuqori sifatda tomosha qilishlari 
    mumkin. 
    Zamonaviy AKT 
    Ushbu yo‘nalishdagi asosiy e’tibor “Elektron hukumat” tizimini rivojlantrishga 
    qaratiladi. Hozirgi paytda mazkur tizimning alohida elementlari muvaffaqiyatli 
    faoliyat ko‘rsatmoqda, jumladan: 
    • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (32,6 
    mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z ichiga olgan). 
    • Soliq to‘lovchining portali (soliq hisobotlarini elektron shaklda qabul qilish va 
    qayta ishlash imkonini berib, bugungi kunda tizimdan tadbirkorlarning 99 foizi 
    foydalanishmoqda). 


    21 
    • Litsenziatning yagona portali (unda litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun zarur 
    bo‘ladigan hujjatlar, litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-
    taomilllari haqidagi ma’lumotlar to‘liq taqdim qilingan). 
    • Deklarantlarning yagona portali (tizim orqali yil boshidan buyon barcha bojxona 
    yuk deklaratsiyalarning 99 foizi elektron shaklda ro‘yxatga olingan). 
    • “eStat” avtomatlashtirilgan elektron statistika hisoboti tizimining joriy qilinishi 
    natijasida firma nomlarini elektron tartibda zaxiralash ulushi 97 foizga yetdi. 
    • Kommunal xo‘jaligi va uy-joy fondi portali murojaat va shikoyatlarni qabul 
    qilish va qayta ishlash, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, 
    shuningdek, tariflar haqidagi ma’lumotlar kabi keng turdagi xizmatlarni ko‘rsatib 
    kelmoqda. 
    • E-Visa axborot tizimining joriy qilinishi evaziga xorijliklarning O‘zbekistonga 
    vizani elektron shaklda rasmiylashtirilishi ulushi 90 foizdan oshdi. 
    • Xo‘jalik sudlariga 35 mingdan ortiq da’vo arizasi va iltimosnoma e-Sud tizimi 
    orqali elektron shaklda taqdim qilingan. 
    “Elektron hukumat” tizimini kelgusida yanada rivojlantirish maqsadida Axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni 
    amalga oshirish uchun davlat buyurtmasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra elektron 
    hukumat sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, “Tadbirkor” 
    axborot tizimi majmuasini yaratish, jismoniy va yuridik shaxslar ma’lumotlar 
    bazasini shakllantirish, Milliy geografik axborotlar tizimi va boshqalarni yaratish 
    kabi ishlar olib borilmoqda.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yuqori 
    sur’atlarda rivojlanib bormoqda. O‘tgan vaqt mobaynida fuqarolar va 
    tadbirkorlarga umumiy holatda 96 mingdan ortiq elektron xizmatlar ko‘rsatildi. 
    Yagona portalning ma’lumotlar markazi 40 mingdan ortiq chaqiruvlarni qabul 
    qildi. Bugungi kunda portal orqali 230ta interaktiv xizmatlar ko‘rsatilyapti. 


    22 
    2014 yili Yagona portal orqali tadbirkorlik sub’ektlariga 45,6 ming elektron xizmat 
    ko‘rsatildi. 7 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari portal orqali elektron shaklda 
    ro‘yxatdan o‘tkazildi, 400 bor fuqarolar davlat organlari rahbarlari qabuliga 
    internet orqali yozilishdi.2014 yilning yanvaridan Yagona portalda yangi interaktiv 
    xizmat yo‘lga qo‘yilib, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziriga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lishdi. 
    Bugungi kunga kelib portal foydalanuvchilari mazkur xizmatdan 2,2 ming bora 
    foydalanishdi.Mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari ZiyoNET ta’lim 
    tarmog‘iga ulangan. 2014 yilda yangilangan portal kutubxonasida o‘quv 
    qo‘llanmalari, dissertatsiya ishlari, ilmiy maqolalar va boshqa turdagi materiallarni 
    jamlagan 75 mingdan ortiq axborot-ta’lim resursi jamlangan. Xorijiy tillarni 
    o‘rgatish uchun tashkil etilgan interaktiv bo‘lim 4 mingdan ortiq materiallar va 
    ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha 400 axborot resursini o‘z ichiga 
    olgan.Respublikamizdagi axborot-kutubxona markazlarini texnik jihozlash davom 
    etmoqda. 2014 yili Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent 
    shahri axborot-kutubxona markazlari yangi zamonaviy uskunalar bilan 
    jihozlandi.Mahalliy dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishga alohida e’tibor 
    qaratilmoqda. Mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish 
    chora-tadbirlarini amalga oirish doirasida dasturchilarning Milliy reyestri tuzilib, 
    69 mahalliy kompaniya unga kiritildi. Software.uz katalogiga 1600 mahalliy 
    dasturiy mahsulotlar kiritildi.Dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlarini ishlab 
    chiqish sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida axborot 
    texnologiyalari yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma 
    korxonalar tuzish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada Koreyaning LG CNS 
    kompaniyasi bilan hamkorlikni misol keltirish mumkin.Bugun axborot 
    texnologiyalari jadal rivojlanmoqda, ushbu sohada professional kadrlarga talab 
    ortmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari 
    yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash vazifasiga katta e’tibor qaratilmoqda. 


    23 

    Download 1.06 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish