Axborot texnologiyalarining qo'llanish sohalari




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana31.05.2022
Hajmi1.06 Mb.
#22474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
54718 (1)
Begis Joldasbaev, contractuz-latn-uz-1, nbr45KQ9bEyph5hdHmnq7J4yqU73pBdrpzMgiYJ1 (2), saidmurod, 4-Laboratoriya Ismoilov.M 5-semestr., 5-lab, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida oʻrta Osiyo xalqlari madaniyati. Jadidlar harakati12, tat javobi. super, 1-14, 1labElbek Ro‘ziyev, Ustoz To\'ychiyev Domla Foydali formulalar, IJTIMOIY FALSAFA, iqt.naz.amal-5 — копия, 1. Umumiy tushunchalar. Transformatorning tuzilishi va ishlash p
Axborot texnologiyalarining qo'llanish sohalari. 
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo'lmasdan, iqtisodiy 
rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan 
biror muhim xo'jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, 
savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida 
axborotni to'plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot 
texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish 
mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq xo'jaligini 
axborotlashtirish kelgusiga yorib o'tish demakdir.
Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo'llanilib 
kelayotgan ayrim sohalarni ko'rib chiqamiz. 
Biznes sohasi 
Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan 
faoliyat ko'rsatishida katta rol o'ynashi mumkin. 


15 
Masalan: 
- biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;
- kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli hujjatlarini tartibga 
keltirishda; 
- kompaniya yoki firmaning taqdimot marosimini o'tkazishda; 
- reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, hisobotlar
shartnomalarni tayyorlashda; 
- mijozlar haqidagi ma'lumotlar ro'yxatini saqlash va u bilan ishlashda; 
- boshqa firmalar, potentsial ta'minotchi, ulgurji xaridorlar bilan bog'lanishda; 
- mijozlar va ta'minotchilar bilan muzokara olib borish va hokazolarda. 
Bank sohasi 
Bank tizimi o'zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish 
imkoniyatiga ega. Masalan: 
- yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma'lumotlarni 
olish, balansni tekshirish, hisobni to'lash imkoniyatini yaratish; 
- mijozlarga xizmat ko'rsatish madaniyatini oshirish; 
- kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo'lga 
qo'yish va boshqalar. 
Robototexnika sohasi 
Ma'lumki, "robot" so'zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi 
bor bu so'zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek 
ishlatgan. Ammo "mexanik odamlar" undan oldinrok ham ma'lum edi. O'rta 
asrlarda inson iste'dodlariga ega bo'lgan musiqachi-qo'g'irchoq yoki rassom-
qo'g'irchoqlar paydo bo'lganligi ma'lum.Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni 
og'ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo'ldi.
Ular garchi odam qiyofasida bo'lmasa-da, ko'plab funktsiyalarni (ishlarni) 
bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto O'zbekiston - Koreya qo'shma 
avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo'llanilmokda. 
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po'lat quyish sexlarida, 
ximiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo'llanilmoqda. Robotlarni yaratish 


16 
bilan shug'ullanadigan texnikaning mahsus shohobchasi - robototexnika paydo 
bo'ldi. 
Robotlar 
orasida 
keng 
tarqalgani 
bu 
robot 
manipulyatorlardir. 
Manipulyatorlar - o'ta sezgir va kuchli mexanik qo'ldir. 
Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya'ni kompyuter robotning 
"miyasi"dir, ular telekameralar orqali "ko'rib", mikrofonlar yordamida 
"eshitadilar", ya'ni axborot qabul qiladilar. Mahsus datchiqlar "sezgi" organi 
vazifasini o'taydi. 
Marketing sohasi. 
Marketing inglizcha "market" (bozor) so'zidan olingan bo'lib, bozor, savdo 
sohasidagi faoliyatni anglatadi.Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab 
va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o'rganish va ishlab chiqarishni shuning 
asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol 
ta'sir 
qo'rsatish, 
xaridorlarning 
muayyan 
mollarga 
bo'lgan 
talablarini 
shaqllantirishdan iborat.Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz 
tasavvur etib bo'lmaydi. 
Ishlab chiqarish sohasi. 
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo'llanilib kelmoqda. 
Kompyuterlar ko'pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida 
yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo'lib chiqqunga 
qadar bo'lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.Mahsulot shaklini 
konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o'zgartirishlar yasab, qog'ozga 
chop etishi mumkin.
Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning 
imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob kilishda va boshka 
ishlarni bajarishda ham kompyuter beg'araz yordamchidir. Mahsulotni ishlab 
chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga etkaziladi. 
U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur 
asosida mahsulotni yig'a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida 
tekshirilib, omborlarga jo'natiladi. 


17 
Tibbiyot sohasi 
Ma'lumki, shifokorga borishni ko'pchiligingiz xush ko'rmaysiz. Birinchidan, siz 
bemorsiz. Sog'lom odam u erga bormaydi. Ikkinchidan, u erda hamma joyda 
navbatda turishga tug'ri keladi. Masalan, registraturada kasallik varaqasi uchun, 
shifokorlar qabuliga kirish uchun va hokazo. Uchinchidan, shifokor yozib bergan 
dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo'ladi.Kompyuterlarning shifohonalarda va 
poliklinikalarda paydo bo'lishi ko'p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni 
ham tubdan o'zgartirib yuboradi. Endi siz tug'ridan-tug'ri shifokor huzuriga yul 
olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter 
ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib 
qo'yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo'lsangiz, sizniki ham bo'ladi. 
Birinchi bor murojaat etayotgan bo'lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu 
erning o'zida shifokor kompyuterga kiritib qo'yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha 
ma'lumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashxis qo'yiladi 
va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. 
Retseptni olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bo'lgan 
qaysi 
aptekalardan 
topish 
mumkinligi 
haqida 
axborot 
olishingiz 
mumkin.Kompyuter meditsinada boshqa ishlarga ham qodir. Masalan, tomograf - 
ya'ni siljib harakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi haqida 
to'liq ma'lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jinslar (masalan, 
buyrakdagi tosh) haqida ma'lumot berishi mumkin. Tomograf uzatgan axborotni 
tezda qayta ishlash va ekranda ko'rsatish uchun albatta u kompyuter bilan 
bog'langan bo'lishi shart. 

Download 1.06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalarining qo'llanish sohalari

Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish