• Rivojlanish strategiyasi
  • Telekommunikatsiyalar
  • O'zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish




    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/29
    Sana31.05.2022
    Hajmi1.06 Mb.
    #22474
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
    Bog'liq
    54718 (1)
    Begis Joldasbaev, contractuz-latn-uz-1, nbr45KQ9bEyph5hdHmnq7J4yqU73pBdrpzMgiYJ1 (2), saidmurod, 4-Laboratoriya Ismoilov.M 5-semestr., 5-lab, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida oʻrta Osiyo xalqlari madaniyati. Jadidlar harakati12, tat javobi. super, 1-14, 1labElbek Ro‘ziyev, Ustoz To\'ychiyev Domla Foydali formulalar, IJTIMOIY FALSAFA, iqt.naz.amal-5 — копия, 1. Umumiy tushunchalar. Transformatorning tuzilishi va ishlash p
    1.2. O'zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish 
    bosqichlari 
    Ma’lumki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy 
    qilish – istalgan davlat taraqqiyotining zaruriy sharti hasoblanadi. Bozor 
    iqtisodiyoti va demokratik islohotlar yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston ham bundan 
    mustasno emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari yo‘nalishida erishilgan yutuqlar


    18 
    natijalarga bugun barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz. O‘tagan yillar davomida – 
    nafaqat AKT sohasi, balki shu yo‘nalishda mehnat qilayotgan har bir inson 
    hayotida yodda qolarli voqealarga boy bo‘lgani, shubhasiz. 
    Rivojlanish strategiyasi 
    Yurtimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish strategiyasi 
    2013-2020 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-
    kommunikatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturi asosida amalga 
    oshirilmoqda. Mazkur dastur Prezidentimizning 2013 yilning 27 iyunidagi qarori 
    bilan tasdiqlangan. 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda mamlakatni 
    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy 
    dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida Aloqa, 
    axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi oldiga 
    Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturida 
    belgilangan loyiha va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish vazifasi qo‘yilgandi. 
    Telekommunikatsiyalar 
    Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi AKTni rivojlantirishning asosi hisoblanadi. 
    Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bu yo‘nalishda qator natijalarga 
    erishildi.Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 2014 yil 
    davomida 42,3 foizga o‘sdi va 15,5 Gbit/s.ga yetdi.Operator va provayderlar uchun 
    internet-xizmatlari (tashqi kanal) tarifi 1 Mbit/s. uchun 276,27 AQSh dollarigacha 
    tushirildi. Narxlarning pasayishi 2014 yilda 11,6 foizni tashkil etdi.“Bo‘zatau–
    Qo‘ng‘irot”, 
    “G‘uzor–Boysun”, 
    “Denov–Uzun–Sharg‘un”, 
    “Jaslik–
    Qoraqalpog‘iston”, “Mo‘ynoq–Qibla Ustyurt”, “Uzun–Tojikiston chegarasi” 
    uchastkalarida 
    zamonaviy 
    texnologiyalar 
    asosida 
    kengpolosali 
    aloqani 
    ta’minlovchi 2000 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyasi qurildi. Natijada ushbu 
    tarmoq orqali mijozlarga videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi 
    internet, HDTV-kanallar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi. 


    19 
    Internetga kengpolosali ulanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan portlar 
    soni 640 mingga oshirildi, foydalanilayotgan portlar soni esa 135,1 foizga o‘sdi. 
    Yirik loyihalarning amalga oshirilishi simsiz aloqaning taraqqiy etishiga ham 
    xizmat qilmoqda. Bugungi kunda mobil aloqa operatorlari to‘rtinchi avlod 
    tarmog‘i – 4G (LTE)ni joriy qilishmoqda. Ushbu texnologiyalar internet-
    foydalanuvchilarning AKTdan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshiradi. 
    “O‘zbektelekom” AK chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi Yagona markaz loyihasini 
    joriy etish doirasida respublikamizning barcha hududlarida 13ta mintaqaviy 
    markazlar tashkil etildi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi telekommunikatsiya 
    va internet-xizmatlar ko‘rsatish sifatining yanada yuqori bosqichga chiqishini 
    ta’minlaydi.Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini yangi avlod texnologiyalari 
    asosida modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Joriy yil davomida 
    respublikamiz 
    bo‘ylab 
    26ta 
    zamonaviy 
    kommutatsiya 
    uskunalarining 
    ekspluatatsiya qilinishi telefon raqamlari sig‘imini sezilarli miqdorda oshirishga 
    imkon berdi. 
    Mamlakatimiz rahbarining “Xitoy Xalq Respublikasi Davlat taraqqiyot banki 
    ishtirokida 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    telekommunikatsiyalar 
    tarmog‘ini 
    modernizatsiya qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish 
    bo‘yicha 117,6 mln. AQSh dollariga teng (shu jumladan, Xitoy Davlat taraqqiyot 
    banki tomonidan ajratilgan 100 mln. AQSh dollaridagi kredit vositalari hisobiga) 
    loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu yirik loyihalar magistral ma’lumotlar 
    uzatish tarmoqlari imkoniyatini kengaytirishga qaratiladi: xalqaro yo‘nalishda — 
    10 barobarga (100 Gbit/s.gacha), viloyatlar markazlarida — 4 barobar (40 
    Gbit/s.gacha) va tumanlar markazlarida — 10 barobar (10 Gbit/s.gacha). 
    O‘zbekiston Respublikasida 2014–2015 yillar davomida Wi-Fi texnologiyasi 
    bo‘yicha kengpolosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish dasturi ham amalga 
    oshirilyapti. Mazkur dasturdan ko‘zlangan maqsad – barcha viloyatlarda, jumladan 


    20 
    aeroportlarda, vokzallarda, sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylarda, istirohat 
    bog‘lari, savdo markazlari va boshqa jamoatchilik joylarida simsiz kengpolosali 
    ulanishni tashkil qilishdan iborat. 

    Download 1.06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish

    Download 1.06 Mb.
    Pdf ko'rish