|
-Mavzu: Tijorat bankining mijozga koʼrsatilayotgan yangi bank xizmat turlari
|
bet | 11/11 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 345,78 Kb. | | #148696 |
Bog'liq Azizbek amaliyot ishi.4 kurs agro bank7-Mavzu: Tijorat bankining mijozga koʼrsatilayotgan yangi bank xizmat turlari
Bank tizimida innovatsion axborot texnologiyalarini keng ko'lamda tadbiq etish mamlakatimizda qisqa muddatda milliy to'lov tizimini shakllantirishga imkoniyat yaratdi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasida hisob-kitoblarni aniq vaqt rejimida amalga oshiruvchi bu tizim mamlakatimiz moliya bozori barqarorligini ta'minlamoqda. Bundan tashqari u davlatimiz pul-kredit siyosatini samarali yuritish, milliy va xalqaro to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirish, pul oqimlarini boshqarishga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda milliy to'lov tizimi negizida Markaziy bankning yagona banklararo to'lov tizimi, 29 ta tijorat bankining ichki to'lov tizimlari, shuningdek, bank kartalari bo'yicha barcha tijorat banklarini qamrab olgan “Uz-Kart” banklararo chakana to'lov tizimi, aholidan uyali aloqa xizmati, kommunal va boshqa to'lovlarni qabul qilish bo'yicha “Uz-Paynet” to'lov agentlik tarmog'i hamda “SMS-TO’LOV” chakana to'lov tizimlari faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklari kuchli, ishonchli va yuqori samaradorlikka ega bo'lgan platformalar asosida axborot texnologiyalari yutuqlarini bank faoliyatiga dadillik bilan tadbiq qilib, ular asosida mukammal dasturlar yaratib, axborot tizimlari infrastrukturasini rivojlantirmoqda. Bu o'z navbatida, mamlakatimiz banklari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini kuchaytirish, an'anaviy bank xizmatlari sifatini oshirish, yangi xizmatlarni joriy etishga yo'naltirilgan ishlarni muttasil davom ettirishga da'vat etmoqda. Mijozlar safini kengaytirish uchun taqdim etayotgan xizmatlari ro'yxati muntazam ravishda kengaytirilib, tijorat banklari turli moliyaviy xizmatlarni ko'rsatuvchi, ta'bir joiz bo'lsa, o'ziga xos “supermarket”larga aylanib bormoqda. Masofaviy bank xizmatlari ko'rsatishni bankomat va infokiosklarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Foydalanishi sodda bo'lgan ushbu uskunalar bugungi kunda mijoz va kassir o'rtasidagi an'anaviy muomalaga chek qo'yib, o'ziga xos minibank-ofis vazifasini o'tamoqda. Hozirgi paytda bankomatlardan nafaqat naqd pul echib olish, balki ular orqali tovar va xizmatlar bo'yicha turli to'lovlarni amalga oshirish mumkin. Shuni qayd etish o'rinliki, mijozlar istalgan bank bankomat va infokiosklaridan foydalana oladilar. Ayni paytda respublikamiz bo'yicha “Smart-Vista” on-line va “DUET” tizimidagi kartochkalarga xizmat ko'rsatadigan bankomat va infokiosklar soni 1466 tani tashkil etib, ular yagona tarmoqqa ulangan. Bugungi kunda respublikamizda muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 9,7 mln. donani tashkil etmoqda. Plastik kartochkalar soni ko'payishiga mos ravishda terminallar soni ham oshib bormoqda. Aholi gavjum bo'lgan joylar va savdo do'konlari, xizmat ko'rsatish ob'ektlariga o'rnatilgan terminallar soni shu yil boshiga kelib salkam 116 mingtani tashkil etdi.
Plastik kartochkalar yordamida amalga oshirilayotgan operatsiyalar turi va soni ham sezilarli darajada o'sib bormoqda. O'tgan yili plastik kartochkalar vositasida salkam 8,7 trln. so'm hajmida har xil naqd pulsiz to'lovlar o'tkazildi yoki ushbu ko'rsatkichning yil davomida 50 foiz o'sishi ta'minlandi.
Xozirgi kunda Agrobanki ATBda o’z mijozlari manfaatlari uchun ko’plab interaktiv xizmat yo’lga qo’ygan bulardan:
Agro mobile
Agro bank Bussines
QR-kod
Telegram-bot
Bank kartalariga online ariza berish
Elektron navbat
SMS Banking
Internet Banking
Bunday online tizimlar bank mijozlariga masofadan turib banbk xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Interaktiv xizmatlar boʼlimida mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida interfaol xizmat turlari jamlangan. Bu yerda siz bankka taaluqli odatiy savol-javoblar va oʼzingizni qiziqtirgan savolingizni ham yoʼllash imkoniga yegasiz. Bundan tashqari onlayn Forum savol-javoblar maydonchasi ham yaratilgan.
Shuningdek, bank qonunchiligiga oid meʼyyoriy hujjatlar, bankga tegishli ariza va shartnoma blankalari, bank tarifi, internet-banking, onlayn kalkulyator, bank bilan bogʼlanish hamda turli Onlayn arizalar yoʼllash imkoniyati mavjud.
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bank yelektron navbat tizimi bilan jihozlangan bank filiallariga tashrif buyurish uchun kerakli vaqtga oldindan navbat olishga moʼljallangan onlayn bron qilish tizimini joriy qildi. Bu mijozlarga navbatda kutib oʼtib oʼtirmay, vaqtini tejab qolish imkonini beradi. Navbatni bron qilish uchun mijoz oddiy roʼyxatdan oʼtishi kerak boʼladi. Roʼyxatdan oʼtish paytida siz kerakli bank filialni va tashrif buyurishda foydalanmoqchi boʼlgan xizmatni tanlashingiz mumkin. Bron qilish tasdiqlanganidan soʼng mobil telefon raqamiga bronlash maʼlumotlari, jumladan, maxsus kod yozilgan xabar keladi. Ushbu kod yelektron navbat terminaliga toʼgʼridan-toʼgʼri filialning oʼzida, biroq Siz belgilagan vaqtdan 15 daqiqadan kechiktirmagan holda kiritilishi kerak. Kodni bankdagi terminalga kiritganingizda, sizga belgilangan vaqtda xizmat koʼrsatishga imkon beradigan raqamni olasiz.
Internet Banking tizimida "Korporativ Mobil banking" xizmat turiga ulanish juda sodda bo'lib, buning uchun faqat bizning bankda hisob raqamingiz bo'lishi va shu tizimda xizmat ko'rsatish shartnomasini imzolashingiz kerak. Tizim hujjatlar to'g'ri to'ldirilishini nazorat qilib, xatolarni ko'rsatib boradi. To'lov xabarnomalarini rasmiylashtirishda xatolikka yo'l qo'yib, hujjatni jo'natgan holatingizda ham Siz uni zudlik bilan to'xtatishingiz mumkin va bunda hisob raqami bo'yicha operatsiya amalga oshirilmaydi.
Xulosa
Men malakaviy amaliyotni Agrobank ATB Bekobod filialida o’tadim. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam Agrobankning ichki siyosat va qoidalariga ko’ra, Bank jamoasida o’zaro hamkorlik, hurmat va majburiy mehnatdan holi muhit joriy qilingan. Bank o’z ishchi xodimlari va mijozlarini ijtimoiy sohada qo’llab quvvatlash maqsadida quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Agrobank professionalismning yuqori standartlariga muvofiq bo’lish, yangiliklarni qo’llash, yangi g’oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir.
Mijozlarga keng ko’lamdagi bank xizmatlrini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodini ko’tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko’maklashishga intiladi.
Bankning mijozlari bilan o’zaro munosabatlarni uzoq muddatli va mustahkam bo’lishi uchun Agrobank bundan keyin ham sifatli xizmat ko’rsatishni davom ettirish niyatida.
Shu bilan birga men bank mamlakatimiz iqtisodiyotiga sezilarli darajada ta’sir etishi xususiy ta’dbirkorliknu qollab quvvatlashi maxalliy byujed tashkillotlarni oylik maoshlarini nafaqadagi keksa fuqarolarni nogironligi bo’lgan fuqarolarning mablag’larini o’z vaqtida brishlarishini guvoxi bo’ldim. Ayniqsa Agrobankda masofaviy xizmatlar internet banking SMS banking xizmatlari ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Agrobankning mijozlari ham juda ko’p va ular ham Agrobank xizmatlaridan juda mamnun. Agrobank doim xalq uchun xizmat qilishi kelgusi yillarda nafaqat Respublikamiz balki dunyo hamjamiyatida ham o’z mavqeiga ega bo’ladi.
ILOVA
1 Ilova
2 Ilova
3 Ilova
4 Ilova
5 ilova
6 ilova
|
| |