• Bank hisobvaragʼi
  • Ssuda hisobvaragʼi
  • Muddatli depozit hisobvaragʼi
  • -Mavzu Tijorat bankida mijozlarga bank xisobvaraqalarni ochish va yuritish




    Download 345,78 Kb.
    bet4/11
    Sana30.01.2024
    Hajmi345,78 Kb.
    #148696
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Azizbek amaliyot ishi.4 kurs agro bank

    2-Mavzu Tijorat bankida mijozlarga bank xisobvaraqalarni ochish va yuritish.
    Tijorat banklarida schѐt ochish Oʼzbekiston Respublikasi Аdliyavazirligida 2009 yil 27 aprelda 1948-son bilan roʼyxatga olingan «Oʼzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʼgʼrisida»gi yoʼriqnomaga asosan amalga oshiriladi.
    Talab kilib olinguncha depozit xisobvaragʼi;
    Jamgʼarma depozit xisobvapragʼi;
    Muddatli depozit xisobvaragʼi;
    Ssuda xisobvaragʼi;
    Depozit xisobvaragʼi.
    Bank hisobvaragʼi - bank hisobvaragʼi shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (hisobvaraq egasi) hisobvaragʼiga kelib tushgan pul mablagʼlarini qabul qilish va kiritib qoʼyish, mijozning hisobvaragʼidagi tegishli mablagʼlarni oʼtkazish va berish hamda hisobvaraq boʼyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish toʼgʼrisidagi topshiriqlarni bajarish vazifasini oʼz zimmasiga olishi natijasida bank va mijoz oʼrtasida vujudga keladigan munosabatlarni amalga oshirish vositasi.
    Ssuda hisobvaragʼi - belgilangan tartibda mijozlarga berilgankreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq;
    Jamgʼarma depozit hisobvaragʼi-bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamgʼariladigan va shu maqsad uchun yoʼnaltiriladigan ѐxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablagʼlar hisobi yuritiladigan hisobvaraq;
    Muddatli depozit hisobvaragʼi - shartnomada qatʼiy kelishilganmuddatga qoʼyilgan mijozlarning mablagʼlari hisobi yuritiladigan hisobvaraq;
    Xoʼjalik yurituvchi subʼektning davlat roʼyxatidan oʼtganidan soʼng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼi uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼi (bundan keyingi oʼrinlarda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) hisoblanadi.
    Xoʼjalik yurituvchi subʼekt asosiy hisobvaragʼini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʼlovlarni toʼlash yuridik shaxsning asosiy hisobvaragʼidan Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar oʼzlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʼrsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir ѐki bir necha banklarda milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shuningdek, jamgʼarma, muddatli, ssuda va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish huquqiga egalar. Ulgurji savdo korxonalari - yagona soliq toʼlovi toʼlovchilari (ulgurji dorixona tashkilotlari, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-idoralar bundan mustasno) milliy valyutadagi asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarini ular yuridik shaxs sifatida davlat roʼyxatidan oʼtgan tuman (shahar)dagi tijorat banklari va (ѐki) ularning filiallarida ochadilar.
    Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochilaѐtganda, bank hisobvaragʼi shartnomasi (jismoniy shaxslarning omonati boʼyicha bank omonati shartnomasi) tuziladi. Bank hisobvaragʼi shartnomasi (jismoniy shaxslarning omonati boʼyicha bank omonati shartnomasi) boʼyicha yuzaga keladigan munosabatlar Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bank hisobvaragʼi shartnomasida bank mijozning hisobvaragʼiga kelib tushaѐtgan mablagʼlarni hisobvaraqqa kirim qilish va uni kiritib qoʼyish, mijozning hisobvaraqdagi mablagʼlarni tasarruf etish borasidagi topshiriqlarini ijro etish shartlari, bu boradagi mijoz hamda bank huquqlari va majburiyatlari, bank xizmatlari uchun toʼlanishi lozim boʼlgan komissiyalar hamda boshqa shartlar belgilab olinadi.
    Bank hisobvaragʼi shartnomasida mijozlarning bank hisobvaragʼiga kelib tushgan mablagʼlarni kiritib qoʼyganlik uchun (kredit aylanmasi uchun) vositachilik haqi undirish borasida shart belgilanishi taqiqlanadi. Kichik tadbirkorlik subʼektlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ularning hisobvaraqlaridan soliqlarni va boshqa majburiy toʼlovlarni toʼlashda banklar xizmatlari uchun toʼlovlar undirilmaydi. Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun hujjatlar taqdim kilingan kundan soʼng, banklar ikki ish kuni mobaynida, agar qonun hujjatlarida boshqacha hollar nazarda tutilmagan boʼlsa, ularga hisobvaraqlar ochishlari shart. Hisobvaraqlar ochish uchun hujjatlar mijozning imzo namunalari va muhr izi qoʼyilgan varaqchasida koʼrsatilgan ѐki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxslar tomonidan shaxsan taqdim qilinadi. Banklar tomonidan boshqa qoʼshimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Mijozlar hisobvaraq ochish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligi uchun javobgar boʼladilar.
    Tadbirkorlik faoliyati subʼektlari boʼlgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xoʼjaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
    1.Аriza.
    2.Statistika organlari tomonidan Berilgan korxona va tashkilotlarning yagona davlat ruyxatiga kiritilganli tugʼrisidagi guvoxnoma.
    3.Imzolar namunalari va muxr izi koʼyilgan ikki dona varakcha xamda notarial tasdiklagan ikki dona varakcha.
    4.Tadbirkorlik subʼekti boʼlmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan tasʼsis xujjatlari notarial tasdiklangan nusxalari.
    5.Yuridik shaxs nomidan pul xisob-kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsni tasdiklovchi xujjati.
    Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan asosiy hisobvaraqqa xizmat koʼrsatuvchi bankda jamgʼarma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun tegishli shakldagi ariza taqdim qilinadi.
    Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar boshqa banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha, muddatli, jamgʼarma depozit hisobvaraqlarini ochishda ham asosiy hisobvaraq ochish uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarni taqdim etishlari shart. Аsosiy hisobvaraq ochilgan bankda qoʼshimcha ravishda milliy valyutada ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼi ochilishiga yoʼl qoʼyilmaydi, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan maqsadli tadbirlar uchun hamda qonunchilik hujjatlari asosida ochiladigan ikkilamchi depozit hisobvaraqlar bundan mustasno.
    Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i - Mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Jamg‘arma depozit hisobvaraqda saqlanadigan mablag‘lar uchun bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanadi.
    Muddatli depozit hisobvarag‘i - Shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Bankda foiz evaziga pullar muddatli omonatga qo‘yilganda, mazkur hisobvaraq ochiladi.
    Ssuda hisobvarag‘i - Belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.
    Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i - Mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Odatda oylik ish haqi ko‘chirib beriladigan plastik kartochkalar uchun talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘i ochiladi.


    Download 345,78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 345,78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu Tijorat bankida mijozlarga bank xisobvaraqalarni ochish va yuritish

    Download 345,78 Kb.