• Chiqim kassasi
  • Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Тошкент давлат иқтисодиёт университети




    Download 345,78 Kb.
    bet9/11
    Sana30.01.2024
    Hajmi345,78 Kb.
    #148696
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Azizbek amaliyot ishi.4 kurs agro bank

    Chakana amaliyotlar kassasi — bank ish kuni davomida jismoniy shaxslardan kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish yoki chiqim qilish, shuningdek ularning bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish hamda valyuta ayirboshlash shoxobchasi va chakana kassa xizmatlarining boshqa turlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan kassa;
    Chiqim kassasi — bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bank ish kuni davomida chiqim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni chiqim qiluvchi kassa.
    Kassa operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha kassa hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi (tegishli hisobvaraqlarni to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishi, hujjatdagi mijoz imzosining bankka taqdim etilgan imzo namunasiga mos kelishi, mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarni kassa hujjatida to‘g‘ri qayd etilishi) hamda ularning hisobini yuritilishi (mijozga chiqim kassa operatsiyalarini uning hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida bajarilishi) uchun bank buxgalteriyasining tegishli xodimlari mas’ul hisoblanadi.
    Bank binosida yoki binosidan tashqarida tashkil etgan kassalarda bajarilgan kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1602, 2006-yil 24-iyul) muvofiq yuritiladi.
    Bankning buxgalteriya bo‘limidagi mas’ul xodim har kuni har bir kassa hujjatini qayd etish va ularga tartib raqamlarini ketma-ket qo‘yib borish hamda kassa hujjatlarini kassirlarga topshirishda mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan kirim kassasi jurnalidan va chiqim kassasi jurnalidan foydalanadi.
    Haqiqatda bajarilmagan kassa operatsiyalari bo‘yicha kassa hujjatlarini rasmiylashtirib qo‘yishga, xususan mijoz tomonidan bank kirim kassasiga naqd pullarni topshirmasdan va chiqim kassasidan naqd pullarni olmasdan, kirim va chiqim kassa hujjatlarini bir vaqtda rasmiylashtirish taqiqlanadi.
    Bank Boshqaruvi hamda bank filiali rahbarlari kassa xodimlarining ishini samarali va sifatli tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarning daxlsizligini ta’minlangan holda saqlash uchun zarur bo‘lgan seyflar (metall shkaflar) va ularni tashish uchun temir aravachalar, mebel va jihozlar, muhr, to‘rtburchak muhr, texnik vositalar (pul sanash, saralash, o‘rab-bog‘lash uchun zarur uskunalar va boshqa zaruriy ashyolar) bilan ta’minlashlari shart.
    Kassa xodimlariga o‘zlarining shaxsiy naqd pullari va boshqa qimmatliklarini, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan birga saqlanishi taqiqlanadi.

    Bank kassalariga naqd pullarni qabul qilish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:


    a) bank mijozlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasidagi naqd pullarni topshirish e’loni bo‘yicha;
    b) bank xodimlari tomonidan bankka yetkazilgan zararni qoplash uchun, xizmat safariga olingan bo‘nakning sarflanmagan qismini qaytarish va boshqa shu kabi holatlarda bank xodimlaridan mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasidagi kirim kassa orderi (bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan naqd puldagi kirim operatsiyalarini, xususan bankning bir hisobvarag‘idagi naqd pullarini ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim qilishda, shuningdek olib kelingan madad pullarini bank kassasiga kirim qilishda foydalaniladi) bo‘yicha;
    v) jismoniy shaxslardan kommunal to‘lovlarni qabul qilish, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus blanklar bo‘yicha;
    g) jismoniy shaxslardan bir martalik (soliq to‘lovlaridan tashqari) to‘lovlarni mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi aholidan bir martalik to‘lovlarni qabul qilish blanki bo‘yicha;
    Banklarda kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritishda “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi” (ro‘yxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust), hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”dagi quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi:
    10101 — Aylanma kassadagi naqd pullar
    10102 — Naqd pullar zaxirasi
    10103 — Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
    10107 — Bankomatlardagi naqd pullar
    10109 — Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari
    10198 — Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi
    10307 — Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
    10311 — Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
    10507 — Boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
    10511 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
    16101 — Bosh bank/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Naqd pullar
    16103 — Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar
    16103 — Markaziy bank/filial/agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lari (Markaziy bank)
    16111 — Bosh bank/filialdan jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha olish
    17301 — Tranzit hisobvaraqlari
    17401 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
    19903 — Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar
    19935 — Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo‘yicha kamomadlar
    21008 — Boshqa banklarga berilishi lozim bo‘lgan — Naqd pullar
    21012 — Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
    21307 — Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar (Markaziy bank)
    21314 — Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (Markaziy bank)
    22202 — Bosh bank/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Naqd pullar
    22212 — Bosh bank/filiallarga jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘lar
    23116 — Naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
    23122 — Xorijiy valyuta sotib olish uchun bank kassalariga naqd pullarni topshirgan jismoniy shaxsning plastik kartalaridan foydalangan holda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
    23504 — Plastik kartalardan berilgan naqd pullar, jismoniy shaxslarning plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
    29804 — Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
    29816 — Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar
    29824 — Naqd pul mablag‘lari bo‘yicha jismoniy shaxslarning maqsadli hisob-kitoblari

    Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish uchun 001-shakldagi naqd pul qoʼyish yeʼlonlari boʼyicha boshqa turdagi bir martalik toʼlovlarni qabul qilish yesa 008-shakldagi kirim kassa orderi orqali 004-shakldagi kvitantsiyani berish bilan amalga oshiriladi 001-shakldagi naqd pul qoʼyish yeʼloni 3 qismdan - naqd pul qoʼyish yeʼloni, kvitantsiya va orderdan iborat. Naqd pul qoʼyish yeʼloni kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, kvitantsiya naqd pulni topshirgan mijozlarga, orderlar yesa - buxgalteriya xodimlariga beriladi.


    Bank xodimlaridan naqd pul qabul qilib olinganda, kvitantsiya oʼrniga kirim kassa orderlarining kassir tomonidan imzolangan va kirim kassasi kassirining muhri qoʼyilgan nusxalari beriladi. Аgar mijoz pulni bank kassasiga bir necha hisobvaraqlar boʼyicha bir necha kirim hujjatlari asosida topshirsa, bu holda kassir pulni har bir hujjat boʼyicha alohida qabul qilib oladi.
    Kassirning stoli ustida pul qoʼyuvchidan qabul qilib olinayotgan puldan boshqa hech qanday pul boʼlmasligi kerak. Kassir tomonidan ilgari qabul qilib olingan barcha pullar stol tortmalarida, metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi shart.
    Kirim kassasi kassirining ish joyi shunday jihozlanishi kerakki, unda mijozga pulning qayta sanalayotganligini kuzatib turish imkoni yaratilgan boʼlsin. Bunday hollarda kassa jurnallaridagi yozuvlar oʼchirilib, kirim hujjatlari yoʼq qilinadi va 004-shakldagi kvitantsiya buxgalteriya xodimlariga qaytarilib, ular tomonidan kvitantsiya daftarchalarining muqovasiga yopishtirib qoʼyiladi.
    Pensiyani belgilagan organning topshiriqnomasiga asosan pensiya va nafaqalarni berish amalga oshiriladigan hollarda chiqim kassa orderi yozib beriladi va u topshiriqnoma bilan birga kunlik kassa hujjatlariga tikiladi.
    Bankning pul saqlash ombori ochilganidan soʼng, kassa mudiri, filial boshqaruvchisi va bosh buxgalter ishtirokida aylanma kassadagi naqd pul qoldiqlari qayta sanaladi.
    Xoʼjalik yurituvchi subʼekt vakili naqd pul olish uchun bank buxgalteriyasi (front ofisi)ning ushbu mijozga xizmat koʼrsatuvchi xodimiga pul cheklari va boshqa hujjatlarni taqdim yetadi. Ular ushbu hujjatlarni tekshirib boʼlgach, mijozlarga kassaga taqdim yetishlari uchun pul chekining nazorat markasini yoki chiqim orderining yirtma talonini beradilar.
    Chiqim hujjatlari alohida hollarda buxgalteriya (front ofis) xodimlari tomonidan maʼlumotlarni kiritish varagʼi (kassa jurnali)ga imzo qoʼydirilgan holda kassaga topshiriladi. Chiqim hujjatlarini pul olayotgan shaxs tomonidan kassaga topshirilishi qatʼiyan taqiqlanadi.



    Download 345,78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 345,78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Тошкент давлат иқтисодиёт университети

    Download 345,78 Kb.