• Бажарди
  • Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Тошкент давлат иқтисодиёт университети




    Download 345,78 Kb.
    bet1/11
    Sana30.01.2024
    Hajmi345,78 Kb.
    #148696
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Azizbek amaliyot ishi.4 kurs agro bank



    Ўзбекистон Республикаси
    Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
    Тошкент давлат иқтисодиёт университети

    Корпоратив бошқарув” “Банк иши ва инвеститсиялар”


    факулътети кафедраси
    Рўйхатга олинди № Рўйхатга олинди
    «____» _______2022 й «____» ______2022 й

    Ўқув малакавий амалиёт


    Хисоботи
    ,,AGROBANK” АТБ
    ЯНГИАРИК филиали
    Бажарди: Бд-53 гурух талабаси Комилов Азизбек Толкин ўғли
    Амалиёт рахбари: Мамадияров Зокир Тоштемирович
    Хисобот ҳимояга тавсия этилади:
    Хисобот химояси
    бўйича бахоси: _______Сана«____» _______2022 й

    Тошкент-2022


    Mundarija





    Kirish
    Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Agrobankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Agrobank mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda. Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.
    Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida oʻzining muassasalariga ega boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Аgrobankning asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Аgrobanki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi.
    Agrobank oʻz faoliyati davomida asosiy urgʻuni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmogʻi, xizmat turlari hamda mijozlari sonini koʻpaytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
    Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
    Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki oʻrtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat boʻlgan „Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich“ loyihasi boʻyicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qoʻllab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit toʻgʻrisida kelishuv imzolangan.
    Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
    Shuningdek, Agrobank SWIFT jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga aʼzodir. Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xoʻjaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xoʻjaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli aʼzosi hisoblanadi. 2010-yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xoʻjaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yigʻilishi va Ijroiya qoʻmitasining 58-majlisi oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xoʻjaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010-2012-yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi
    Аgrobanki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.

    Download 345,78 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 345,78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Тошкент давлат иқтисодиёт университети

    Download 345,78 Kb.