• Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi va boshqaruvi
  • -Mavzu: Tijorat bankining nizomi, ustav kapitali miqdori va uning tasischilar tarkibi va bank tarixi




    Download 345,78 Kb.
    bet2/11
    Sana30.01.2024
    Hajmi345,78 Kb.
    #148696
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Azizbek amaliyot ishi.4 kurs agro bank

    1-Mavzu: Tijorat bankining nizomi, ustav kapitali miqdori va uning tasischilar tarkibi va bank tarixi .
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrobank” aksi yadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorini bajarish yuzasidan va uning samarali faoliyati tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    Quyidagilar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashining asosiy vazifalari:

    • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga hamda iqtisodiyotning agrosanoat sektori korxonalariga kredit berish va ularni moliyalashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini va qulayligini oshirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli bank siyosatini shakllantirish, shuningdek aholiga hamda qishloq tadbirkorlariga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatish;

    • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga, shu jumladan “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimiga kiradigan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan korxonalarga yuqori sifatli, jahon bozorida raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etishga hamda ichki iste’mol bozorini yuqori sifatli oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishga ko‘maklashish maqsadida kredit berish va ularni moliyalashtirish mexanizmlarini izchil takomillashtirib borish;

    • bankda zamonaviy korporativ boshqaruvni shakllantirish va bank ijro etuvchi organining samarali faoliyatini ta’minlash;

    • bankning maqbul darajada kapitallashuvini, likvidliligini unga yuklangan vazifalarning bajarilishi va majburiyatlarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun yetarli darajada saqlab turish;

    • universal tijorat banki sifatida bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga kompleks xizmat ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;

    • qishloq joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan bank-moliya infratuzilmasini faollashtirish va kengaytirish.

    Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi va boshqaruvi:



    • bir oy muddatda bank ustavini ishlab chiqsin va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlasin, shuningdek bankni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarning zarur paketini tayyorlasin va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsin;

    • bankka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi zarurligidan kelib chiqqan holda bank hamda uning filiallari tuzilmasini va shtatlar jadvalini o‘n kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

    • bankning markaziy apparati va uning filiallarini banklarning bo‘linmalarida va fermer xo‘jaliklariga, paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoatining paxta va don mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan korxonalariga kredit berish sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlasin.


    Download 345,78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 345,78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Tijorat bankining nizomi, ustav kapitali miqdori va uning tasischilar tarkibi va bank tarixi

    Download 345,78 Kb.