|
-Mavzu: Bankning kassa operatsiyalari va naqd pul tushumlari xisobi
|
bet | 7/11 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 345,78 Kb. | | #148696 |
Bog'liq Azizbek amaliyot ishi.4 kurs agro bank5-Mavzu: Bankning kassa operatsiyalari va naqd pul tushumlari xisobi.
Bankda naqd pullar va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlash hamda ularni tashish, bank kassa tarmog‘ini hamda bank binosi va binodan tashqarida kassalarni qurish, jihozlash va qo‘riqlash ishlarini mazkur Yo‘riqnoma hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi lozim.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Aylanma kassa — bank ish kuni davomida kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, sanab-saralash, o‘rab-bog‘lash hamda ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash va chiqim qilish uchun bank kassa tarmog‘ida tashkil etilgan kirim va chiqim kassalari yoki kirim-chiqim kassasi;
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar — mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi, maxsus kassa va boshqa barcha turdagi kassalar;
Bankomat — bank plastik kartasi saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida naqd puldagi va bajarilgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha sliplarni olish, shuningdek bank plastik kartasi orqali asosiy va qo‘shimcha operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan mablag‘larni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, bank plastik kartasining balansi va bankdagi hisobvaraq qoldig‘i holati to‘g‘risida axborot olish va parollarni o‘zgartirish imkonini beruvchi elektron-mexanik moslama;
|
| |