Energetika resurslaridan foydalanish




Download 2.57 Mb.
bet8/29
Sana12.05.2023
Hajmi2.57 Mb.
#59009
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
3.2.ЭЭ
toga, qadimgi dunyo tarixi 6 uzb, 797 23.09.2019 (1), 8 жадвал, ttr, ишчи дастур, 1, Кўчирма , бетлик Amaliyot
1.2. Energetika resurslaridan foydalanish
Energetika yoki energetika sistemasi deyilganda barcha turdagi energiya resurslarini olish, o‘zgartirish, taqsimlash va foydalanish uchun xizmat qiluvchi katta tabiiy va sun’iy (inson tomonidan vujudga keltirilgan) sistemalar majmuyi tushuniladi.
Energiya - tabiat hodisalari, madaniyat va insoniyat hayotining umumiy aso-sidir. Shu bilan bir qatorda energiya materiya harakati turli ko‘rinishlarining miqdoriy ko‘rsatkichidir. Turi bo‘yicha energiya ximiyaviy, mexanik, elektrik, yad-ro va h.k. larga bo‘linadi. Inson tomonidan foydalanish mumkin bo‘lgan energiya energiya resurslari deb ataluvchi moddiy ob’ektlarda mavjuddir.
Barcha turdagi energiya resurslaridan amaliy ehtiyojlarda juda ko‘p miqdorda foydalanuvchilari asosiy energiya resurslari deb yuritiladi. Ularga ko‘mir, neft, gaz kabi organik yoqilgilar, shuningdek daryolar, dengizlar va oke-anlar, quyosh, shamol, yer tubining issiqlik (geotermal) energiyalari kiradi.
Qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalaridan foydalanish re-surslari qayta tiklanuvchi va qayta tiklanmaydigan turlarga bo‘linadi. Yangi-lanuvchi energiya resurslariga uzluksiz ravishda tabiat tomonidan tiklanib tu-ruvchi energiya resurslari (suv, shamol va h.k.) kiradi. Yangilanmas energiya resur-slariga oldindan tabiatda jamlangan, ammo hozirgi geologik sharoitlarda pay-do bo‘lmaydigan energiya resurslari (masalan, ko‘mir) kiradi.
Tabiatda bevosita olinuvchi energiya (yoqilgi, suv, shamol, yerning issiqlik energiyasi, yadro energiyasi va h.k.) birlamchi energiya, uni inson tomonidan maxsus qurilmalarda o‘zgartirish natijasida paydo bo‘lgan energiya ikkilamchi energiya deyiladi.
O‘z nomlanishida elektr stansiyalari foydalanuvchi birlamchi energiya tu-rini ifodalaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyasi (IES) issiqlik energi-yasini (birlamchi energiya) elektr energiyasiga (ikkilamchi energiya) aylantiradi, shuningdek, gidroelektr stansiyasi (GES) suv energiyasini elektr energiyasigi, atom elektr stansiyasi (AES) atom energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi.
Lozim bo‘lgan turdagi energiyani olish va u bilan iste’molchilarni ta’min-lash energetik ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayonni besh bosqichga ajratish mumkin.
1. Energiya resurslarini olish va konsentratsiyalash: yoqilg‘ini qazib olish va tayerlash, gidrotexnik inshoatlar yerdamida naporni vujudga keltirish va h.k.
2. Energiya resurslarini ularni o‘zgartiruvchi qurilmalarga uzatish: bu quraqlikda va suvda tashish orqali yoki suv, gaz va h.k.larni trubalarda haydash orqali amalga oshiriladi.
3. Birlamchi energiyani ikkilamchi – mavjud sharoitlarda taqsimlash va is-te’mol qilish uchun qulay bo‘lgan energiya turiga (odatda elektr va issiqlik ener-giyalariga) o‘zgartirish.
4. O‘zgartirilgan energiyani uzatish va taqsimlash.
5. Energiyani u uzatilgan va o‘zgartirilgan ko‘rinishlarda iste’mol qilish.
Energiya isrofi xozirgi davrda mavjud bo‘lgan energetik mashinalarning texnik xarakteristikalari bilan belgilanadi.
Turli energiya resurslari Yer sharining rayonlari, davlatlar va davlatlar ichida nojinsli joylashgan. Ularning ko‘p mavjud bo‘lgan joylari odatda ko‘p iste’mol qilish joylari bilan mos kelmaydi. Jahonda mavjud neft zahirala-rining yarmidan ko‘pi Yaqin va o‘rta Sharq rayonlarida joylashgan bo‘lib, is-te’mol bu rayonlarda jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 4-5 baravar past-dir.

2-rasm. Jahonda energiya resurslarini iste’mol qilish xarakteristikasi


Konsentratsiyalanishi jahonning 30% aholisi ishlab chiqariluvchi energiya-ning 90% ni, qolgan 70% aholi esa 10% energiyani iste’mol qilishiga olib keldi (2-rasm).

3-rasm. Jahonda energiya resurslar tarkibi strukturasi



Smart-grid texnologiyasi

Download 2.57 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Download 2.57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energetika resurslaridan foydalanish

Download 2.57 Mb.