• Asosiy adabiyotlar
  • 2-mavzu: Qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalari va ularning xususiyatlari. Reja
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридагиолий таълим тизими педагог ва раҳбар кадрларини қайта тайёрлаш вауларнинг малакасини оширишни ташкил этиш




    Download 2.57 Mb.
    bet9/29
    Sana12.05.2023
    Hajmi2.57 Mb.
    #59009
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
    Bog'liq
    3.2.ЭЭ
    toga, qadimgi dunyo tarixi 6 uzb, 797 23.09.2019 (1), 8 жадвал, ttr, ишчи дастур, 1, Кўчирма , бетлик Amaliyot
    Nazorat savollar:
    1. Qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalaridan foydalanish yangi texnologiya va usullar.
    2. O‘zbekistonda qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalaridan foydalanish huquqiy-meyoriy bazasi.
    3. O‘zbekistonda qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalaridan foydalanish potensial va texnologiyalari.
    4. O‘zbekistonda yoqilg‘i iste’moli strukturasi.
    Asosiy adabiyotlar
    1. Сытдиков Р.А. и др. Альтернативная энергетика Узбекистана. –Т.: Фан ва технология. 2016. -224 c.
    2. Юнусов Т.Ю. Источники энергии – современност и будушее. –Ташкент: Фан ва теҳнологийлар. 2012.
    3. Стен Гиблиско. Альтернативная энергетика без таин. (пер. с англ. А.В. Соловьёва). –М.: Эксмо, 2010. – 368 с.
    4. Германович В.Дурилин А. Альтернативные источники энергии и энергосбережение. Практические конструкции по использованию энергии ветра, солнца, води, земли, биомассы. — СПб.: Наука и Техника, 2014. - 320 с.
    5. В.Г.Лабейш. Нетрадиционние и возобновляемие источники энергии: Учеб. пособие. - СПб.: СЗТУ, 2003.-79 с.
    6. Олешкевич, М.М. Нетрадиционние источники энергии: учебно-методическое пособие для студентов высщих учебных заведений в 2 частях /М.М. Олешкевич (Част 2). – Минск: БНТУ, 2007. – 45 с.
    7. Нетрадиционние и возобновляемие источники энергии: пособие для проведения лабораторного практикума /сост. Хахалева Л.В. – Уляновск: Изд-во УлГТУ, 2007. – 21 с.
    2-mavzu: Qayta tiklanuvchan va mukobil energiya manbalari va ularning xususiyatlari.
    Reja:
    1. Shamol energiyasi
    2. Bioyoqilg‘i energetikasi
    3. Quyosh issiqlik elektr markazlari (QIEM)
    4. Kichik gidroelektr stansiyalar


    2.1. Shamol energiyasi.
    Shamol energetikasi “muqobil” toifasidan allaqachon chiqib jahondagi energetika rivojlanishining asosiy yo‘nalishiga aylandi.
    Garvard universitetining tadqiqotida qayd etilishicha, nazariy jihatdan barcha insoniyatni butunlay faqat shamol asosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin, chunki uning resursi deyarli cheklanmagan va elektrni global iste’molidan taxminan 40 marta ko‘proq.
    Jahon shamol energetikasi quvvatlarini o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 2009 yildan boshlab yiliga 21,4%ni, so‘nggi o‘n yillikda esa uning o‘rnatilgan quvvati sakkiz marta o‘sdi, va 2014 yil oxiriga 370 GVtni tashkil etdi, 2020 yilga kelib esa 1000 GVtga yetadi.
    Turli energetik tashkilotlarni bashoratlariga ko‘rsatadiki, 2050 yilga kelib shamol energetikasi elektr ishlab chiqarish ulushini 30 %igacha ta’minlab berishi mumkin. Daniya allaqachon 40% atrofidagi elektrni shamol energiyasi vositasida ishlab chiqarmoqda. Bu yerda, xuddi tiklanuvchan energetikaning boshqa segmentlaridagi kabi ko‘p narsa texnologiyalarni takomillashtirish va taqqoslama iqtisodiy afzalliklarni rivojlantirishga bog‘liq bo‘ladi.
    Ispaniya va Daniyada shamol generatorlari 20% iste’mol qilinayotgan elektr energiyasini ishlab chiqarmoqda, Germaniyada – 10%, 2020 yilga kelib esa bu ko‘rsatkich bashoratga ko‘ra GFRda 20-25%ga ortadi.
    Yevropada shamol parraklardan foydalanish bo‘yicha yetakchi o‘rinni Germaniya egallaydi (64 ming foydalanuvchilar), pul aylanmasi yiliga ~ 5 milliard yevro. Dunyodagi barcha shamol parraklarning yarmi atrofidagisi Germaniyada jalb etilgan, bunda energiya ishlab chiqarishni ushbu turini tannarxi ana’naviylarniki bilan solishtirishli (elektr stansiyalarni har xil turlari).
    Masalan, shamol energetikasi quyidagilarda birinchi o‘rinni egallaydi:
    - 2000 – 2014 yillar davrida YEIdagi yangi elektr energetika quvvatlarini toza o‘sishi bo‘yicha (116,7 GVt). So‘z o‘rnida, uchinchi o‘rinni, ikkinchi o‘ringa tabiiy gazni o‘tkazib yuborgan holda quyosh energetikasi egallaydi.
    - 2015 yilda AQSHdagi yangi quvvatlarni rejadagi toza o‘sishi bo‘yicha (9,811 GVt), tabiiy gazdan ikki barobardan ziyod ilgarilab ketgan holda.
    YEIda 2014 yili quvvatlarni toza o‘sishi TEMlarga to‘g‘ri keldi, ular orasida esa shamol energetikasi yetakchilik qilmoqda (o‘sish - 11 GVtdan ziyod) .

    2.3-rasm. Jahondagi SHEQlarni o‘rnatilgan quvvati.
    Daniyada 2014 yilda elektr ishlab chiqarishdagi shamol energetikasining ulushi dekyarli 40%ni tashkil etdi, Ispaniya va Portugaliyada – 20%dan yuqori, Irlandiyada – 20% atrofida, Buyuk Britaniyada - 9%, Germaniyada - 8,6 %, Xitoyda - 2,8%.
    Xitoyda – dunyoda yetakchi, ham o‘sish sur’atlari bo‘yicha, ham o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha shamol energetikasi – bir necha yildan beriyoq atom elektr stansiyalaridan ko‘proq elektr ishlab chiqaradi, 2014 yilda shamol elektr stansiyalarining 23,2 GVt quvatlari o‘rantilgan edi – bu mutlaq jaxon rekordi. 2015 yilda yangi quvvatlarni kiritish 21,5 GVtni tashkil etdi. Rasmiy maqsad – 2020 yilga 200 GVt shamol energetikasining quvvati.
    Jahondagi 24 ta mamlakatda milliy shamol energetikasini o‘rnatilgan quvvati 1 GVtdan ortiq.
    Braziliya 2014 yilda 2,5 GVt kiritdi – bu ushbu yil uchun jahondagi to‘rtinchi ko‘rsatkich, Xindiston – 2,3 GVt, va o‘rnatilgan quvvat bo‘yicha (22,5GVt) jahon tabelida beshinchi o‘rinni egallaydi. Janubiy Afrika faqat birgina 2014 yil uchun quvatni 10 dan 570 MVtgacha o‘stirdi.
    Keltirilgan raqamlar isbotlaydiki, shamol eneregtikasi nafaqat sanoati rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham elektr energiya ishlab chiqarishning muhim usuliga aylandi.
    O‘tgan asrnig 80-yillarida o‘rtacha shamol turbinasi 17 m diametrli rotorga ega bo‘lib 75 kVt quvvat chiqarar edi. Yevropa shamol energetika asotsiatsiyasining ma’lumotiga ko‘ra Yevropadagi zamonaviy materik shamol parraklarining o‘rtacha quvvati – 2,2 MVt. U yiliga o‘rtacha 4702 MVt∙s elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi (bu taxminan 1200 uy xo‘jaligini yillik energiya iste’moliga muvofiq keladi). Bunda quvvatdan foydalanish koeffitsiyenti (O‘QFK) 24 %ga teng. Dengizga o‘rnatiladigan SHESlari agregatlari 3,6 MVt birlik quvvatga ega va yiliga 12961 MVt∙s ishlab chiqaradi. O‘QFK bu yerda ana’naviy energetikaga solishtirishli va 41%ga teng (bugungi energetika tizimlarida quvvatdan foydalanish 50%dan ortmaydi).
    O‘lchamlarning o‘sishi, texnologiyalarni rivojlanishi bilan va albatta iqtisodiy sabablarga ko‘ra – solishtirma kapital harajatlarni qisqartirish istagi bilan shartlangan.
    Shamol generatorlarining o‘lchamlari kelgusida ham o‘sib boradi. Bugunda quvvati 7,5 MVt, minorasining balandligi va rotor diametri 100 metrdan oshiq bo‘lgan turbinalar seriyali ishlab chiqarilmoqda. 8 va xatto 10 MVtli shamol qurilmalarining amaldagi prototiplari mavjud.
    Yaqin yillarda shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilayotgan elektr sayyoramizning deyarli barcha mintaqalarida uglevodorod generatsiyasi mahsulotidan barqaror arzon bo‘ladi.
    Issiqxona gazlarining solishtirma chiqarishlari tiklanuvchan energetikada uglevodorodliga qaraganda bir tartibga kamroq. OON qoshidagi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hukumatlararo guruh ekspertlarining 50 dan ortiq ilmiy ishlarning umumlashtirilgan tahlili asosida olingan ma’lumotlari bo‘yicha SO2ekv.chiqarish gramm/kVt.sda: ko‘mir -1001, neft – 840, tabiiy gaz – 469, quyosh (fotoelektrika) – 48, quyosh (geliotermal) – 22, shamol-12. Shunday qilib, ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha gaz shamol energetikasidan 39 marta “zararliroq”, ko‘mir – 83 marta.
    Xalqaro energetika agentligi baholashi bo‘yicha 2013 yilda qazilma yoqilg‘i iste’moliga subsidiyalar dunyo bo‘yicha 548 mlrd.doll.ni tashkil etdi, bu tiklanuvchan energiya manbalariga subidiyalar hajmidan to‘rt barobardan ziyodroq ko‘p.
    Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlariga (XVJ) ko‘ra 2015 yilda ko‘mir, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va elektr energiyani qamrab oluvchi energetikaga bo‘lgan subsidiyalar avval baholangandan anchagina yuqoriroq bo‘lgan: 2013 yilda - 4,9 trln.doll.(dunyo YAIMining 6,5 foizi) va 2015 yilda 5,3 trln.dollarga (dunyo YAIMining 6,5 foizi) yetgan.
    Shamol va quyosh energetikasining asosiy kamchiliklaridan biri bo‘lib generatsiyaning barqaror bo‘lmagan, ob-havoga bog‘liq xarakteri hisoblanadi, bu asoslangan texnologik yechimga ega. TEMlar generatsiyasini yetarlicha sezilarli hajmlarini akkumulatorlari sifatida mavjud elektr tarmoqlari xizmat qilishi mumkin. TEM generatsiyalari ulushi uzluksiz ortib boryotgan mamlakatlarning tajribasi ko‘rsatadiki (masalan, Daniya, Irlandiya, Germaniya, Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya), tarmoq bunday miqdordagi toza energiyani hech qanday muammolarsiz “yutib” yuboradi. Qo‘shimchasiga Xalqaro energetika agentligi o‘tkazgan tadqiqot qayd etishicha TEMning o‘zgarib turuvchi energiyasining katta ulushi (45%gacha), harajatlarni sezilarli oshirmagan holda energetika tizimiga integratsiya qilinishi mumkin. Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tarmoqlarini kengaytirish, ularni modernizatsiyalash, energetika tizimini TEMni o‘sib borayotgan ulushiga moslashtirishning eng iqtisodiy samarali usuli sifatida ko‘rib chiqilmoqda – tarmoq akkumulatorlarga nisbatan sezilarli arzonroq. Bunda qayd etilmoqdaki, saqlashning yangi texnologiyalari tiklanuvchan energiya manbalarining ulushi 70%dan oshganda zarur bo‘ladi.
    Qayd etish lozimki, bugunda GAES kabi energiya akkumulyatsiyasini tarqalgan tizimlari qatorida boshqa usullar faol ishlab chiqarilmoqda va qo‘llaniloqda, masalan, akkumulator tizimlari yoki Power-to-Gas («energiya – gaz»), tarmoqlarni boshqarishni yangi tamoyillari qo‘llanmoqda, “aqlli tarmoqlar” (Smart Grids) texnologiyalari tadbiq etilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, TEM generatsiyasiga ega EET rejimlarini oqilona boshqarishni texnologik qobiliyati rivojlanib boradi.
    Zamonaviy shamol generatorlari bilan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi narxi ma’lumotlari bo‘yicha (5-9) sent/kVt∙s ni tashkil etadi, ko‘mirli elektr stansiyalar ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi esa Yevropada taxminan 7 sent/kVt∙s turadi. Kuchsiz shamollar esadigan mintaqalarda odatda shamol salohiyatidan yaxshiroq foydalanish imkonini beruvchi, baland machtalarga o‘rnatiladigan alohida katta parrakli generatorlardan foydalaniladi, bu ulardagi ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxini (18-20) sent/kVt∙s gacha oshiradi.
    Yoqilg‘ining tejalishi juda katta. 1 MVt quvvatli generatorni 20 yillik ish vaqtida 29 ming tonna ko‘mir yoki 92000 barrel neft tejaladi. Shamol parrak quvvatini 2 barobarga oshib borishi bilan tannarx 15%ga kamayadi.
    AQSHning shamol energetikasi korxonalarida mo‘ljallanayotgan bandlik 10 ming odamni tashkil etadi. Global Wind Energy Council ning axborotiga ko‘ra 2050 yilda butun dunyoda shamol energetikasini rivojlanishi tufayli atmosferaga is gazini chiqarish 1,5 mlrd.tonnaga kamayadi.
    Shamol energetik qurilmasi uzatayotgan energiya miqdori, havo oqimi hosil qiladigan energiya miqdoridan tubdan farq qiladi. Chunki havo oqimi energiyasining bir qismi shamol g‘ildiragi parraklarida, reduktor va generatorlarda isrof bo‘ladi. Isrof bo‘lgan energiya miqdori, shamol energiya-sidan foydalanish koeffitsiyenti bilan hisobga olinadi. Shamolga perpendikulyar joylashgan maydon yuzasini shamol g‘ildiragi diametri bilan belgilab, shamol energetik qurilmasining quvvatini quyidagi formulada hisoblash mumkin.
    N sham.ener.quril. = 0,00386 × q × V × D2×ξpar.×ηred.×ηgen.
    Bu yerda: D-ish g‘ildiragi diametri, m;
    ηred.vaηgen.-reduktor va generatorning foydali ish koeffitsiyentlari;
    ξpar.-parraklarda isrof bo‘lgan havo oqimi energiyasi.
    Hisoblarga ko‘ra, parrakli shamol dvigatellaring shamol energiyasidan foydalanish koeffitsiyenti 48 % gacha bo‘lishi mumkin, shamol qurilma-larining umumiy ishfoydali ish koeffitsiyenti undan ham kichikroq bo‘ladi.
    Shamolga perpendikulyar bo‘lib asosan,shamol qurilmalarinig parrak-lari joylashadi. Shamol qurilmasi quvvatini parraklar soni emas balki, ish g‘ildiragi diametri belgilaydi. Shamol agregatining quvvati, shamol tezligiga to‘g‘ri, ish g‘ildiragi parraklari soniga teskari proporsionaldir.

    Havo oqimi hosil qiladigan mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirish, shamol elektrostansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bir necha shamol qurilmalarining yig‘indisi shamol elektrostansiyasini tashkil qiladi. Shamol qurilmalarining asosiy ishchi qismi, shamol g‘ildiragi hisoblanadi.
    Shamol g‘ildiraklarinig qanotli, karuselli va barabanli turlari mav-jud. Shamol elektrostansiyalarida eng samarali bo‘lgan qanotli shamol g‘ildiraklari qo‘llaniladi (4.5-rasm).
    a) b) v)







    4.5-rasm. Qanotli shamol g‘ildiraklarinig ko‘rinishi:
    a-ikki g‘ildirakli; b-uch g‘ildirakli; v-to‘rt g‘ildirakli

    Shuni esda tutish lozimki, shamol g‘ildiragi tomonidan qabul qilinayotgan shamol oqimi, shamol g‘ildiragining diametri bilan aniqalana-di, undagi parraklar soni hech qanday ahamiyatga ega emas. Hozirgi kunda ish g‘ildiragi diametri 1,0÷64 m bo‘lgan shamol qurilmalari mavjud.


    Ko‘pgina shamol generatorlari sekundiga 3-4 m/s dan yuqori tezlik bilan esadigan shamol yordamida ishlaydi. Shamol generatorlari 8-25 m/s tezlikda esadigan shamol yordamida maksimall quvvatga ega bo‘ladi.Odatda shamol generatorlarining maksimal ishlash tezligi 25-30 m/s ni tashkilqiladi.
    Shamol energetikasi ekalogik toza energiya manbaidir. Ammo shamol elektrostansiyalari uchun juda katta hududlar zarur (shamol energetik qurilmalarining bir – biridan uzoqda joylashishi va ular orasidagi masofa ish g‘ildiragi diametrining 6-18 barobariga teng bo‘lishi kerak). Masalan, ish g‘ildiragi D = 100 m bo‘lgan shamol energetik qurilmasi uchun 5-7 km2hudud kerak. Butun boshli shamol elektr stansiyasi uchun esa o‘nlab km2hudud zarur, Boshqa bir noqulay tarafi – ish g‘ildiragi shovqin chiqarib va xavoni tebratib ishlashi. Buning natijasida tele- va radio eshitirishlarga xalaqit beriladi.
    Shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha Germaniya birinchi o‘rnini egallab kelmoqda. Bu mamlakatda shamol energiyasini ishlab chiqarish yiliga 500 – 1500 MVt ga ko‘paymoqda, hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan energiya miqdori 2 mln.kVt/soatdan oshib ketdi.
    Shamol energiyasi kadastri.
    Ma’lum vaqt oralig‘i (kun, oy, yil) bilan bog‘liq shamol energetikasi hisoblarini amalga oshirish uchunshamol energiyasi kadastri to‘g‘risida ma’lu-motga ega bo‘lish lozim.
    Shamol energiyasi kadastri shamolning miqdor xarakteristikalari bo‘lib, ular asosida shamol agregatining ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan ener-giyasi hamda uning ishlash davriyligi to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi.
    Shamol energiyasi kadastriga shamolning quyidagi tavsiflari kiradi.
    1. Uzoq vaqt oralig‘ida shamolning o‘rtacha tezligi.
    2. Shamol o‘rtacha tezligining takrorlanishi.
    3. Shamol tezligining kunlik va yillik silijish xarakteristikalari.
    4. Shamolli va shamolsiz davrlarning davomiyligi.
    Shamolning o‘rtacha tezligi, ma’lum vaqt oralig‘idagi teng vaqtlar ichi-da o‘lchangan shamol oniy tezliklarining o‘rta arifmetik miqdor sifatida aniqlanadi, ya’ni

    Bu yerda:Vo‘rt.–shamolning o‘rtacha tezligi, m/s; Voniy – shamolning oniy tezligi miqdoraliri, m/s; n– o‘lchanganoniytezliklarning soni.
    Vaqtning uzoq davri (oy, yil) uchunshamolning tezligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, joylardagi meteostansiyalarning kuzatuvlari asosida olinadi. Bir kunda bir necha bor o‘lchangan shamolning tezligiga asosan o‘rtacha bir kunlik, o‘rtacha oylik hamda ko‘p yillik davr uchun shamolning o‘rtacha yillik tezliklari jadvallari tuziladi. Bundan tashqari shamolning kuchayishi, susayishi va ko‘tarilishi kabi xarakteristikalari ham mavjud.

    4.6-rasm. Shamol elektrostansiyasining ishlash grafigi:
    A-shamolning tezligi; b- ishlab chiqarilayotgan elektroenergiya miqdori.

    Download 2.57 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




    Download 2.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридагиолий таълим тизими педагог ва раҳбар кадрларини қайта тайёрлаш вауларнинг малакасини оширишни ташкил этиш

    Download 2.57 Mb.