• 2.4.Texnik-iqdisodiy ko‘rsatkichlar
  • Energiya Q1 o‘zak hajmidan katta metall hajmini Terish gacha qizdirishga sarflanadi, bu esa yashirin metallning erish issiqligini hisobga olish imkonini beradi




    Download 0.63 Mb.
    bet9/19
    Sana13.12.2022
    Hajmi0.63 Mb.
    #34511
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
    Bog'liq
    Aytbaev Jasur
    10. MOODLE NIMA, Savollarga javob yozing, Alpisbaev Sultan, doklat alibek, Usinis PQJ 2023, ПЕДАГОГИКАЛЫҚ ТЕРМИНЛЕР, file 484703 (1), Toplamlar, informatika fan oylik], IXTA 8, CSS da forma va Inspect yordamida sahifa yaratish, Idioms53WithMeanings, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, 4-amaliy mashg\'ulot axborotni kodlash

    Energiya Q1 o‘zak hajmidan katta metall hajmini Terish gacha qizdirishga sarflanadi, bu esa yashirin metallning erish issiqligini hisobga olish imkonini beradi.




    Q2 ni hisoblashda haroratning sezilarli darajada ko‘tarilishi o‘zak chegarasidan x2 oraliqda kuzatiladi, deb faraz qilamiz, bu ko‘tarilish payvandlash vaqtida metallning harorat o‘tkazuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi.


    Kam uglerodli po‘latni nuqtali payvandlashda payvandlash toki ulangan paytdagi elektr maydoni

    2.4.Texnik-iqdisodiy ko‘rsatkichlar


    Kontaktli payvandlashning turli usullaridan foydalanish samaradorligini ifodalovchi asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga:
    -mehnat sarfi (unumdorlik),
    -payvand uzellarining tannarxi,
    -metall sig‘imi, elektr energiyasi,
    -elektrodlar va boshqa yordamchi materiallar sarfi kiradi.
    Mehnat sarfi payvandlash operatsiyasiga sarflanadigan vaqt — donabay vaqt bilan aniqlanadi: t don = t m + tyord + t qo‘sh + t tan, bu yerda: tm — payvandlash rejimiga bog‘liq bo‘lgan mashina vaqti yoki asosiy texnologik vaqt; tyord= (0,7-0,8)t don — detalni o‘rnatish, qisish va olishga, siljitishga, elektrodlarni tozalashga sarfalanadigan vaqt bo‘lib, yordamchi operatsiyalarning mexanizatsiyalashtirilish darajasiga, buyumga yaqinlashish qulayligi va hokazolarga bog‘liq; t qo‘sh = (0,1-0,15) (t m+t yord)—uskunalarga texnik xizmat (mashinalarni ishga tushirish hamda sozlash, yig‘ishtirish va b.) uchun sarflanadigan qo‘shimcha vaqt; t tan=0,3t m — dam olish va ishdagi boshqa tanaffuslarning davomliligi.
    Kontaktli payvandlash uchun t don va ayniqsa t m ning qiymati kichikligi xosdir, bu esa mazkur jarayonning unumdorligi yuqori bo‘lishini belgilab beradi. Po‘latlar va yengil qotishmalarni parchinlashga nisbatan, nuqtali va chokli payvandlash ish unumi 3—10 % yordamchi operatsiyalarning mexanizatsiyalashtirilish darajasiga, buyumga yaqinlashish qulayligi oshishini ta’minaydi. Donabay vaqt, bir vaqtda ishlaydigan ishchilar soni ma’lum bo‘lsa, mehnat sarfining puldagi ifodasini topish mumkin.
    Butun payvand uzelini tayyorlash tannarxi elektr energiyasi, yordamchi materiallarga, uskunalarning eskirishiga va hokazolarga qilinadigan xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi. Kontaktli payvandlash jarayoniga mehnat sarfining nisbatan kamligi uning past tannarxini ham belgilab beradi. Kontaktli payvandlashning sanoatning turli sohalarida joriy etilishi metallar ancha tejalishini ta’minlaydi.
    Donabay vaqt, bir vaqtda ishlaydigan ishchilar soni ma’lum bo‘lsa, mehnat sarfining puldagi ifodasini topish mumkin. Butun payvand uzelini tayyorlash tannarxi elektr energiyasi, yordamchi materiallarga, uskunalarning eskirishiga va hokazolarga qilinadigan xarajatlarni ham o‘z ichiga oladi.



    Download 0.63 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




    Download 0.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Energiya Q1 o‘zak hajmidan katta metall hajmini Terish gacha qizdirishga sarflanadi, bu esa yashirin metallning erish issiqligini hisobga olish imkonini beradi

    Download 0.63 Mb.