Detallarning o‘z qarshiligi




Download 0.63 Mb.
bet5/19
Sana13.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#34511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Aytbaev Jasur
10. MOODLE NIMA, Savollarga javob yozing, Alpisbaev Sultan, doklat alibek, Usinis PQJ 2023, ПЕДАГОГИКАЛЫҚ ТЕРМИНЛЕР, file 484703 (1), Toplamlar, informatika fan oylik], IXTA 8, CSS da forma va Inspect yordamida sahifa yaratish, Idioms53WithMeanings, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, 4-amaliy mashg\'ulot axborotni kodlash

1.3. Detallarning o‘z qarshiligi


O‘zining qarshiligi deganda, detalning hajmida muayyan tarzda taqsimlangan qarshilik tushuniladi. Ushbu qarshilik orqali tok o‘tganda unda issiqlikning asosiy miqdori ajralib chiqadi. Tok ulanguna qadar (tegish joyining sovuq holati) SH, dK va mos ravishda RD aniq bo‘lmaydi, chunki SH, dK ning F pay ga va yuzining holatiga umumiy bog‘liqligi mavjud bo‘lmaydi. Issiqlik jarayonlarini hisoblashda detallarning qarshiligini detallarni qizdirishning oxirida (tegish joyining issiq holati) qarab chiqish qulayroqdir. Hisoblashni soddalashtirish uchun, elektroddetal tegish joyida dK = dE , detal-detal tegish joyida esa dK = db ekanini va dE ning db dan kam farq qilishini hisobiga olib shartli ravishda dE = db deb qabul qilinadi. RDD va RED nolga teng hamda SF = SK deb ham qabul qilinadi. Ko‘rib chiqilayotgan qarshilik har biri qandaydir T1 va T2 haroratgacha qizdirilgan bir xil qalinlikdagi ikkita shartli plastina 1 va 2 ning qarshiliklari yig‘indisidan iborat deb tasavvur qilinadi. U holda izlanayotgan qarshilik ushbu formuladan aniqlanadi:

Detallarning solishtirma elektr qarshiliklari r 1 va r 2 metallning turiga, unga termomexanik ishlov berish turi hamda haroratga bog‘liq. r 1 va r 2 ning qiymatlari ishlov berishda T1 va T2 haroratlar uchun aniqlanadi. Kam uglerodli po‘latdan tayyorlangan detallarni payvandlashda T1 = 1200°C va T2 = 1500°C, qilib aluminiy qotishmalari uchun esa T1 = 450°C hamda T2 = 630°C qilib olinadi. kp koeffitsiyent detallarning notekis qizishini hisobga oladi. Po‘latlar uchun kp= 0,85, aluminiy va magniy qotishmalari uchun esa kp = 0,9. AD koeffitsiyent RD/RS nisbatga teng /RS — metallning uzunligi va diametri dE bo‘lgan silindrsimon ustunchasi elektr qarshiligi/. Bundan tashqari, AD koeffitsiyent dE /S nisbatga ham bog‘liq. Bu nisbat qancha kichik bo‘lsa, AD shuncha kichik, RD bilan RS orasidagi farq shuncha katta bo‘ladi. 0,8—3 mm qalinlikdagi detallarni payvandlashda AD = 0,8 bo‘ladi. Uchma-uch payvandlashda har qaysi uchastkada elektr qarshilik quyidagi umumiy formula yordamida taxminan aniqlanadi:





bu yerda: m — sirtqi effekt koeffitsiyenti bo‘lib, u ferromagnit o‘zgarish haroratigacha (po‘lat uchun 768°C) uglerodli po‘latdan ishlangan 20 mm dan qalin detallar uchun ortib boradi; r i — qizish haroratidagi solishtirma elektr qarshilik; l — harorati teng taqsimlangan uchastkaning uzunligi.



Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 0.63 Mb.