Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




Download 0.63 Mb.
bet4/19
Sana13.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#34511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Aytbaev Jasur
10. MOODLE NIMA, Savollarga javob yozing, Alpisbaev Sultan, doklat alibek, Usinis PQJ 2023, ПЕДАГОГИКАЛЫҚ ТЕРМИНЛЕР, file 484703 (1), Toplamlar, informatika fan oylik], IXTA 8, CSS da forma va Inspect yordamida sahifa yaratish, Idioms53WithMeanings, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, 4-amaliy mashg\'ulot axborotni kodlash

2. Tegish qarshiliklari


Tegish qarshiliklari detal-detal va elektrod-detal tegish joylarining tor sohasida to‘plangan qarshiliklardir. Tegish qarshiliklari mavjudligini P kuch bilan siqilgan metall detallar orqali kichik tok o‘tkazib va tegish joyi sohasida hamda detallarning o‘zida bir xil uzunlikdagi qismlarda kuchlanishning pasayishini o‘lchab aniqlash mumkin. Bunda DUDD > DUD ( DU = IR) bo‘ladi. Tegish qarshiliklarining mavjudligi detallar va elektrodlarning yuzalari notekisligi tufayli, shuningdek elektr tokini o‘tkazmaydigan har xil sirtqi hosilalar: oksid hamda gidrooksid pardalari, shimilgan namlik, moylar, korroziya mahsullari, chang va shu kabilar tufayli elektr kontakt yuzining cheklanganligi bilan bog‘liqdir. Shu sababli detallar qizigunga qadar tegish joyi (kontakt) ning haqiqiy yuzi (Sh ) tegish joyining kontur yuzi (Sk ) dan ancha kichik bo‘ladi. Tegish joyini kontur yuzi elektrodning diametri dE yoki plastik belbog‘ning diametri db ga bog‘liq bo‘ladi. Bunday sharoitda tok ayrim mikrotegish joylari orqali o‘tadi (Sh ), bu esa elektr toki chiziqlarining qiyshayishi va muayyan joyda zichlanishiga olib keladi. Detallar yuzasi holatining tegish qarshiligiga ta’siri juda katta bo‘ladi. Masalan, 3 mm qalinlikdagi kam uglerodli po‘latdan yasalib, turlicha ishlov berilgan, elektrodlar dE =10 mm yordamida 2kN kuch bilan siqilgan ikkita plastinaning tegish qarshiligi (o‘lchash natijalariga ko‘ra) quyidagilarni tashkil qilgan (mkW): xurushlangan plastinalarniki — 300; jilvirlash doirasi bilan tozalangan va silliqlangan plastinalarniki — 100; keskich bilan ishlangan plastinalarniki — 1200


1.2(1-rasm.) Payvandlash joyining umumiy qarshiligi: a — nuqtali payvandlashda; b — uchma-uch payvandlashda; d — payvandlash joyining ekvivalent elektr zanjiri.


qasmoq bilan qoplangan plastinalarniki — 80 000; zang va qasmoq bilan qoplangan plastinalarniki — 300 000. Siqish kuchi F pay ning ortishi plastik deformatsiyalarga, oksid pardalarning yemirilishi va REE ning kamayishiga olib keladi. Sovuq detallar tegish qarshiligining siqish kuchi F pay ga bog‘liqligi ayrim hollarda empirik formula yordamida baholanadi:
bu yerda: RDD — o‘zgarmas koeffitsiyent bo‘lib, u po‘lat uchun (5-6)·10-3 ga va aluminiy qotishmalari uchun (1-2)·10-3 ga teng; a—daraja ko‘rsatkichi bo‘lib, u po‘lat uchun 0,7 ga hamda aluminiy qotishmalari uchun 0,8 ga teng. Po‘lat namunalar uchun: RED»0,5RDD. Payvandlash joyi qizdirilganda mikrochiqiqlarning plastik deformatsiyalanishi avj oladi, oksid pardalari yemiriladi va tegish qarshiliklari tezda (bir necha millisekund ichida) deyarli nolgacha kamayadi. Po‘latlarni payvandlashda bu hodisa 600°C haroratdayoq, aluminiy qotishmalarini payvandlashda esa chamasi 350°C dayoq ro‘y beradi. Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda tegish qarshiligi RDD nuqtali va chokli payvandlashdagi tegish qarshiligiga o‘xshashdir. Uchma-uch payvandlashda tegish joyida ajralib chiqadigan issiqlik umumiy balansda 15 % dan oshmaydi. Ammo tegish qarshiligi tez yo‘qolgandan so‘ng bu joyda qizigan metall zonasi qoladi, u jadal ravishda issiqlik hosil qilishda davom etadi. Rejimning qattiqligi ortishi bilan payvandlash joyida tegish qarshiligining qizishga ta’siri ortadi, chunki tegish qarshiligining mavjud bo‘lish vaqti payvandlash tokining umumiy o‘tish vaqtiga nisbatan ancha ortadi. Eritib uchma-uch payvandlashda tegish qarshiligi RDD tirqishdagi Dtir ulagichlarning o‘lchami va soniga bog‘liq bo‘lib, bir vaqtda mavjud bo‘ladigan ulagichlar soni va kesimi ortish bilan kamayadi. Payvandlanayotgan detallarning uchlari orasida erigan metallning tegish ulagichlari hosil bo‘lib, aynan ular qarshilikni yuzaga keltiradi. Ularning o‘lchamlari payvandlanayotgan detallarning kesimi kattalashishi hamda erish tezligi ortishi bilan kattalashadi. Tegish qarshiligi ushbu empirik formula yordamida hisoblab topiladi:






    1. (2-rasm.). Tegish qarshiligi hosil bo‘lish sxemasi: a — sovuq detallar bir-biriga tegadigan joyda tokning taqsimlanishi; b — jismlar yuzasining tuzilishi: 1 — metall; 2 — oksid va gidroksid pardalari; 3 — korroziya mahsullari; 4 — shimilgan namlik; 5 — moy; 6 — singigan gazlar; 7 — chang. d — mikrotegish joylarining taqsimlanishi

bu yerda: k1 — po‘latning xossalarini hisobga oluvchi koeffitsiyent, u uglerodli va kam uglerodli po‘latlar uchun 1 ga, austenitli po‘latlar uchun 1,1 ga teng; S — payvandlanadigan detallar kesimi, sm2 ; Verish — erish tezligi, sm/s; j — hamma kesimlarga hisoblangan tok zichligi, A/mm2 . Bu tegish qarshiligining qiymati boshqa usullardagiga qaraganda kattaroq bo‘lib, 100 — 2500 mkW ni tashkil etadi va deyarli butun payvandlash jarayoni mobaynida mavjud bo‘ladi.

Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 0.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Download 0.63 Mb.