I.NAZARIY QISMI 1.1. Kontaktli payvandlashda issiqlik manbalari




Download 0.63 Mb.
bet3/19
Sana13.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#34511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Aytbaev Jasur
10. MOODLE NIMA, Savollarga javob yozing, Alpisbaev Sultan, doklat alibek, Usinis PQJ 2023, ПЕДАГОГИКАЛЫҚ ТЕРМИНЛЕР, file 484703 (1), Toplamlar, informatika fan oylik], IXTA 8, CSS da forma va Inspect yordamida sahifa yaratish, Idioms53WithMeanings, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, 4-amaliy mashg\'ulot axborotni kodlash

I.NAZARIY QISMI

1.1. Kontaktli payvandlashda issiqlik manbalari


Kontaktli payvandlashda detallar payvandlash joyi orqali o‘tkaziladigan elektr toki bilan qizdiriladi. Joul—Lens qonuniga muvofiq, elektr zanjirining aktiv qarshilik REE li elektrodlar orasidagi qismida QEE issiqlik ajralib chiqadi, shu tufayli metall payvandlash joyida zarur haroratgacha qiziydi. Payvandlashda issiqlik ajralish sharoiti uzluksiz o‘zgarib turadi, chunki REE va I pay o‘zgaradi, shu bois Joul—Lens qonuni ushbu hol uchun differensial shaklda quyidagicha ifodalanadi:
.



Nuqtali va chokli payvandlash uchun REE qarshilik detal — detal RDD, elektrod — detal RED tegish qarshiliklari va detallar metallining o‘z qarshiligi RD dan iborat bo‘ladi:
Uchma-uch payvandlashda qiymati kichikligi va tegish joyidan ancha uzoqdaligi uchun RED qarshilik umumiy qarshilikda hisobga olinmaydi:

Kontaktli payvandlashda qizdirishning o‘ziga xos xususiyatlari: 1) aktiv qarshilik nisbatan uncha katta bo‘lmaydi; 2) tegish qarshiligi mavjud bo‘ladi; 3) qizish vaqtida issiqlik elektrodlar va atrofdagi metall orqali jadal chiqib ketadi; 4) tok o‘tadigan kesim ancha o‘zgarib turadi. Qizish sharoitiga harorat ko‘tirilishi, qattiq eritmalar hosil bo‘lishi yoki parchalanishi, plastik deformatsiya, sirtqi effekt va hokazolar oqibatida metallning solishtirma qarshiligi o‘zgarishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Kontaktli payvandlashda umumiy qizishga Pelte effekti ta’sir qiladi. Effektning mohiyati quyidagilardan iborat: metallarda elektronlarning o‘rtacha energiyasi har xil bo‘ladi va uning qizishda o‘zgarishi ham turlicha bo‘ladi. Bu energiya qattiq, toza erigan holatdagi metallarda har xil bo‘ladi. Agar har xil yoki qattiq yoxud erigan holatdagi metallarning tegish joyi (kontakt) orqali elektr toki o‘tkazilsa, u holda elektronlarning o‘rtacha energiyasiga qarab tegish joyida issiqlik yutiladi yoki ajralib chiqadi. Pelte issiqligi I pay va t pay ga mutanosib bo‘ladi. Bu issiqlikning energiyaning umumiy balansidagi ulushi odatda 5—10 % dan ortmaydi.



Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 0.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.NAZARIY QISMI 1.1. Kontaktli payvandlashda issiqlik manbalari

Download 0.63 Mb.