• I.TEXNOLOGIK QISMI
  • Payvandlash joyidagi umumiy qarshilik




    Download 0.63 Mb.
    bet6/19
    Sana13.12.2022
    Hajmi0.63 Mb.
    #34511
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Aytbaev Jasur
    10. MOODLE NIMA, Savollarga javob yozing, Alpisbaev Sultan, doklat alibek, Usinis PQJ 2023, ПЕДАГОГИКАЛЫҚ ТЕРМИНЛЕР, file 484703 (1), Toplamlar, informatika fan oylik], IXTA 8, CSS da forma va Inspect yordamida sahifa yaratish, Idioms53WithMeanings, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor, 4-amaliy mashg\'ulot axborotni kodlash

    1.4. Payvandlash joyidagi umumiy qarshilik


    Qizdirish mobaynida payvandlash joyida issiqlik ajralib chiqishi elektrodlar orasidagi qism REE qarshiligida yuz beradi. Nuqtali payvandlash uchun bu qarshilik birinchi davrda tegish qarshiliklari kamayishi oqibatida tez pasayadi. Pasayish darajasi siqish kuchiga bog‘liq bo‘lib, u kattalashishi bilan ozayadi. Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda qizdirish mobaynida REE ning o‘zgarish sxemasi ana shu qarshilikning nuqtali payvandlashdagi o‘zgarish sxemasiga o‘xshaydi. Eritib uchma-uch payvandlashda jami REE qarshilik boshqa qonunga muvofiq o‘zgaradi. Tegish qarshiligi Rerish butun erish jarayoni mobaynida mavjud bo‘ladi, ammo davrning oxirlariga kelib biroz kamayadi, bunga ulagichlar (ïåðåìè÷êàlar) ning tegishlar soni va ularning kesimi oritishi oqibatida erish tezligi oshishi sabab bo‘ladi. Cho‘ktirish vaqtida bu qarshilik yo‘qoladi va REE endi 2RD ga yaqin bo‘lib qoladi. Uchma-uch payvandlashda tegish qarshiligi yo‘qolgandan so‘ng umumiy qarshilik detallarning qisuvchi jag‘lardan chiqib turuvchi uzunligi bilan aniqlanadi, bunda ularning notekis qizishi inobatga olinadi. Eritib payvandlashda ushbu notekislik eritishdan oldin biroz qizdirib olishga ham bog‘liq bo‘ladi.

    I.TEXNOLOGIK QISMI

    2.1. Kontaktli payvandlashdagi elektr va harorat maydonlari haqida tushuncha

    Kontaktli payvandlashda qizish natijada ikkita o‘zaro bog‘langan maydon: elektr maydoni va harorat maydoni yuzaga keladi. Harorat maydoni vaqtning turli paytlarida payvandlanayotgan detallarning turli nuqtalaridagi haroratlar majmuyidir. Elektr maydoni vaqtning turli paytlarida payvandlanayotgan detallarning turli nuqtalaridagi tok potensiallari yoki tok zichliklari majmuyidir.




    Payvandlash sikli oxiridagi elektr qarshilikni (REE = 2RD) hisoblash sxemasi


    Kontaktli payvandlash uchun notekis elektr maydoni xos bo‘lib, bu notekislik tokning keltirilish usuliga, geometrik, harorat va magnitoelektr omillarga bog‘liq. Geometrik omil elektr kontaktlar o‘lchamlari, odatda detallar o‘lchamlaridan ancha kichik bo‘lishi bilan, shuningdek tokning shuntlanish hodisasi bilan bog‘liq. Harorat omili turli haroratlargacha qizigan metallning har xil qarshiliklarida namoyon bo‘ladi. O‘tayotgan tok o‘tkazuvchanligi kam bo‘lgan ko‘proq, qizigan joylarni chetlab o‘tadi. Sirtqi effekt va yaqinlik effekti namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan magnitoelektr omil elektr maydonining turiga kam tasir qiladi, ammo yuqori chastotali toklar bilan payvandlash bundan mustasnodir. Qizish davomida elektr maydonining shakli uzluksiz o‘zgarib turadi. Quyma o‘zak paydo bo‘lishi bilan uning erish joyida tokning zichligi kamayadi, chunki bu joyda qarshilik eng katta bo‘ladi. Detallardagi elektr maydoni quyidagi differensial tenglama bilan ifodalanadi

    Bu tenglamada detalning har bir nuqtasidagi r ning haqiqiy qiymati hisobga olinadi. Harorat maydoni odatda z o‘q orqali o‘tuvchi kesimda joylashgan izotermalar bilan ifodalanadi. Maydonning z o‘qqa nisbatan simmetrikligi tufayli detallarning yuzalariga parallel kesimlarda izotermalar aylana shaklida bo‘ladi. Dastlab maydon qattiq metallda paydo bo‘ladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng (0,3—0,5)t pay detaldetal tegish joyi atrofida quyma o‘zak yuzaga kela boshlaydi, bu yerda tokning zichligi eng yuqori darajaga yetadi va elektrodlar bilan issiqlik almashinuvi kam ta’sir qiladi. Tok o‘tgani sayin o‘zak z va r o‘qlar yo‘nalishida kattalashib boradi.





    Download 0.63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvandlash joyidagi umumiy qarshilik

    Download 0.63 Mb.