Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




Download 156.06 Kb.
bet19/24
Sana22.11.2022
Hajmi156.06 Kb.
#31273
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
150тсутка uz-assistant.uz
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
2.6 Asosiy uskunaning yozuvi
Boshqa yanchuvchi uskunalardan ko‘ra soddaroq konstruksiyali uskuna to‘qmoqli drobilkalardir. Ularning asosiy ishchi organlari to‘qmoq, deka va g‘alvir hisoblanadi. Turli shakldagi to‘qmoqlar qo‘llaniladi, eng keng tarqalgani to‘rtburchak shaklli to‘qmoqlardir.
To‘qmoq zinapoyali, yaʼni past-baland ishchi qirraga va osib qo‘yish uchun simmetrik joylashgan teshikka ega. To‘g‘riburchak shakldagi plastinkali to‘qmoqlarning asosiy afzalliklari-boshqa tipli to‘qmoqlar bilan taqqoslaganda, ularing oddiyligidir. Bu amaliy ahamiyatga ega, chunki to‘qmoqlarning ishlash jarayonida ularni almashtirish osonlashadi. Boshqa yana bir ahamiyatli afzalligi ishchi yuzasining imkoni boricha maksimal qo‘llanilishi, agar to‘qmoqning bir tomoni yeyilganda boshqa tomoni ishlashi mumkin. Ayniqsa, uchli qirrasi va burchaklari yeyiladi va buning natijasida drobilkaning unumdorligi keskin tushib ketadi. Yeyilish darajasi maydalanadigan mahsulotning fizik xossalariga, shuningdek, to‘qmoqlar tayyorlanadigan material sifatiga bog‘liq.
Ularda dekalar rotorni o‘rab turgan qo‘zg‘almas ishchi yuzaning boshlanishiga o‘rnatiladi. Dekalar to‘qmoqli drobilkaning bu qismini yemirishdan saqlash uchun o‘rnatiladi. To‘qmoqli drobilkalarda ikki turdagi g‘alvirlar qo‘llaniladi: aylana teshikli va tangachasimon. G‘alvirning chidamliligi va qattiqligini taʼminlash uchun teshiklar shaxmat tartibida joylashtiriladi. G‘alvirli yuza maydalangan mahsulotni drobilka zonasidan chiqarishga, dekalar esa maydalash samaradorligini oshirishga imkon beradi. G‘alvirlar qalinligi 3-8 мм bo‘lgan metall listlardan tayyorlanadi. Teshik shakli va metall list qalinligiga bog‘liq holda g‘alvirlar tamg‘alangan teshilgan va parmalangan qilib tayyorlanadi. Tangachasimon g‘alvirlar bir tomondan silliq va boshqa tomondan esa teshikning turtib chiqqan qirralari mavjudligi tufayli o‘tkir dag‘al bo‘ladi. G‘alvirni drobilkaga o‘rnatishda teshikning qayrilgan qirrasi ichki bo‘shliqqa va rotor yo‘nalishiga qaratilgan. Bunday joylashuv drobilkani unumdorligini oshiradi,
kesuvchi qirralarning ko‘p miqdorda mavjudligi esa jadal maydalanishni yuzaga keltiradi va yanchilgan bo‘lakchalarni drobilkaning ishchi zonasidan chiqishga yordam beradi.
G‘alvir teshiklari o‘lchamining kattalashishi bilan mahsulotning maydalanish darajasi kamayadi, drobilka unumdorligi oshadi. Drobilka unumdorligi va maydalashga ketadigan elektrquvvati sarfi maydalangan mahsulotning drobilkaning ishchi zonasidan chiqarish tezligiga bog‘liq. Bunda mahsulot qancha tez chiqarilsa shuncha samarali ishlaydi.

Download 156.06 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 156.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Download 156.06 Kb.