Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




Download 156.06 Kb.
bet21/24
Sana22.11.2022
Hajmi156.06 Kb.
#31273
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
150тсутка uz-assistant.uz
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
2.7 Texno-kimyoviy nazorat
TKN boshlig‘i berilgan omixta yem zavodini texnologik sxemasi bo‘yicha texno-kimyoviy nazorat sxemasi va jadvali tuzadi. Texnologik liniyalarni barcha uskunalari davriy ravishda TKN boshlig‘i tuzgan grafik asosida nazorat qilinadi. Har smenada 2 soat oralig‘ida xom-ashyomaydalanishi, tozalanishi, tariq va javdarni qobig‘ini ajralishdarajasi, xom-ashyodagi metallmagnit aralashmalar miqdori melassalash, boyitish aralashmalarni tayyorlash, tortish, aralashtirish, granula va briketlash jarayoni nazorat kilinadi. Bundan tashqari xar oyda turli yem-xashak xom ashyosi xam nazorat qilinadi. Yem - xashak xom ashyosi, omixta yem xar 2 soat ichida olingani bilan nazorat qilinadi. Xom-ashyoni nazorat tortmalarida: rangi, taʼmi, tashqi ko‘rinishi, ifloslanganlik va metallmagnit aralashmalar nazorat qilinadi. Donli aralashma xom-ashyoni namligi va ifloslangashshgi o‘rtacha tortma asosida hisoblanadi. Pahta shroti va shulxa tarkibidagi erkin gossipolni borligini, ular unidagi karotin mikdori, baliq va go‘sht unidagi protein va (boshka ko‘rsatkichlar xaqida olingan taxlil xulosalari orqali izohlanadi. Sochma omixta-emni nazorat tortmalarida: rangi, taʼmi, tashqi ko‘rinishi, maydalash yirikligi, metallmagnit aralashmalar mikdori, zararkunandalar bilan ifloslanganligi, butun donlarni borligi nazorat qilinadi. Granulalangan omixta-emlarda qo‘shimcha granulalar, briketlanganda briketlar sifati nazorat etiladi. O‘rtacha smena tortmalarda aniklanadiganidan (namligi, qum, tuz, ho‘l kletchatka va ayrim omixta - yem tarkibidagi hom proteinni miqdori xam aniklanadi.
Tyexnologik jarayon va uskunalarni nazorati. Tozalash uskunalari. Bu uskunalarni ishini nazorat qilishda tozalangan don va chiqindilar taxlil qilinadi. Tozalangan dondan yirik va mayda iflosliklar to‘liq tozalanish, mineral aralashmalar miqdori 0,25% dan ko‘p bo‘lmasligi, metall aralashmalarni qoldiq izlari bo‘lishi mumkin. Tozalangandan keyin olingan chiqindilarda donlarni miqdori aniqlanadi. Uning miqdori 2% dan oshmasligi kerak. Don tozalash uskunalarni texnologik samaradorligini aniqlashda uskunagacha va uskunadan keyingi tortmalar taxlil qilinadi va aralashmalarni pasayish % o‘rnatiladi.
Unli xom-ashyo, xayvonlardan olinadigan maxsulot va shrotlardagi yirik aralashmalarni to‘la ajralganligi yani xas-cho‘plar, shpagat, iplar va boshqalar tortmalarmi nazorat qilish uchun kamida smenada 1 marotaba nazorat qilinadi.
Maydalash uskunalari. Barcha turdagi xashaki xom-ashyo, tuzdan tashqari, disperssimonlikgacha maydalanadi, ular sochma omixta-em uchun mo‘ljallangan meʼyorga javob berishi kerak.
Kobiq ajratuvchi uskunalar.Qobiq ajratuvchi uskunalar ishini nazorat qilishda to‘la yadroni chikishi va kletchatka miqdori aniqlanadi. Texnologik jarayonlarni qonunlariga asosan suli qobig‘ini ajratish 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. Olingan maxsulotdagi ho‘l kletchatka miqdori 5,3%' dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Magnit uskunalar.Magnit uskunalar ishi kamida oyda 1 marta nazorat qilinadi. Bunda har bir ushlagichni yuk ko‘tarish darajasi nazorat qilinadi. Magnit ushlagichlarni meʼyor bo‘yicha o‘rnatilishga eʼtibor beriladi.
Tuz va bo‘rni quritish. Labarotoriya tuz va bo‘rni quritishdan keyingi namligini quritish agentni haroratini nazorat qiladi. Bo‘r uchun quritish agenti harorati 250-300°S, tuz uchun 80-200°S. bo‘r uchun namlikni tushirish 11-15%, tuz uchun 4,5-7,5 %.Quritish davri 20 minut.
Myelassalash. Melassani yoki boshqa suyuq qushimchalarni isitish
temperaturasi texno-kimyoviy nazorat bilan olib boriladi. Asosan
omixta-emga melassa ko‘proq qo‘shiladi. Melassani isitish
harorati 60°S dan oshmasligi kerak. Yuqori haroratda
melassa sifati buziladi. Haroratni nazorat qilish uchun
gazli termometrlar o‘rnatiladi (TG-270). Bir vaqtni o‘zida melassa tarkibidan yod chiqindilar mikdori, nazorat kilinadi, bu chikindilar elakli filtar-ushlagichlarda ushlanib qolgan mikdor bo‘lib, ulardagi teshiklar ulchami 0,8 x 0,8 мм dir.
Meʼyorlash( dozalash.) Meʼyorlash miqdorini to‘g‘riligini melassani sarf bo‘lishini ko‘rsatuvi uskuna orkali yoki forsunkani ishlab chiqarish miqdori bilan nazorat etish mumkin. Buning uchun laborant forsunkadan melassa olib, uni mikdorini va belgilangan mikdordan farqini maʼlum bir vaqt mobaynida tekshiradi va meʼyorlashni to‘g‘riligini aniqlaydi. Dozatorlarni ishini laboratoriya va ishlab chiqarish ishchilari nazorat qiladi. Dozatorlarni to‘g‘ri ishlashi turli hil turdagn xom-ashyoni qo‘shilishi va olinayotgan mahsulotni sifati bilan aniqlash mumkin. Xar bir dozator ustida jadval osilib unda uskunani ishlab chiqarish quvvati, va kaysi turdagn xom-ashyoni meʼyorlash uchun muljallanganligi ko‘rsatiladi. Shu bilan birga 1 soatda va minutda o‘tkazish mumkin bo‘lgan miqdor ko‘rsatiladi.
Tarozli dozatorlarni ishini nazorag qilishda ularni markasini bilgan holda tarozilarni sinfi bo‘yicha aniqlikligi va xatoligi kursatiladi. Oxirda kovshdagi maxsulot mikdori aniqlanadi.Kovshdagi massani 10 marta aniqlab tarozilarni darajasi topiladi, Dozatorlarni ishi nazorati ularni ish va nazorat daftariga yoziladi . Jurnalda vaqt, smena, retsept pomeri, taqib va xar bir xom ashyopi retseptga kiritilishi belgilanadi .
Aralashtirilish. Omuxta – yemga kuyiladigan asosiy talab uning bir xiligidir. Bunda barcha turdagi xom ashyoni to‘la aralashtirish orqali erishiladi. Aralashtirish samaradorligi ayrim xom ashyolarni fizik xususiyati, dispersligi va aralashtirgich konstruksiyasiga bog‘liq. Aralashtirish samaradorligini baholashda aralashmani bir xillik koeffitsiyenti ishlatiladi.
Mikrodozatorlar ishini dozalash kerak bo‘lgan boyitilgan aralashmani xatoligiga qarab nazorat qilinadi. Mikrodozator ishini nazorati mahsus jurnalda yozib boriladi. Shu bilan birga mikroqo‘shimchalar miqdori, uning sifati, ko‘rsatkichlari zavodga kelganida va uning smena bo‘yicha sarfi yozib boriladigan jurnal ham yuritiladi. Shu jurnal asosida barcha hujjatlarda boyitilgan omixta yem maʼlumotlari yoziladi. Uning jo‘natayotganda sifat belgilari bilan ko‘rsatiladi. Bu nazoratni to‘la olib borish kerak, chunki omixta yemga qo‘shiladigan turli mikroqo‘shimchalar aniqlanmaydi. Boyitishni to‘g‘riligini nazorat qilish uchun laboratoriya o‘rta smena tortmasidagi mikroelementlarni miqdorini aniqlaydi.
Sochma omixta-emlar. Omixta -yemni har partiyasi oldin uni holatini ko‘rib chiqiladi, keyin tortma olinadi va oxirgi tortma tuzilib undan o‘rtacha tortma ajratiladi. O‘rtacha tortma miqdori 2 кг bo‘lishi kerak. Taxlildan oldidan u ikki qismga bo‘linadi. Bir qismini bankaga yoki boshqa idishga solib muhrlanadi va bir oy mobaynida arbitrajli taxlil bo‘lib qolsa tekshiriladi. Ikkinchi qismidan esa tortma olinib undan hidi, rangi, turi, namligi, metall magnit aralashmalar mikdori, maydalash darajasi va to‘la urug‘ mevalarni tashkil etish hisoblanadi. Ikkinchi qismni qolgani laboratoriya tegirmonchasida maydalanadi va olingan shrot 0 1 mmli o‘lchamli elakdan o‘tish kerak bo‘lib, elakda umumiy massasi 3-4% dan ko‘p bo‘lmagan qism i qolishi yo‘l quyiladi. Agar omixta em yuqori namlik uchun yaxshi maydalanmasa, uni 40-50 °С haroratda quritiladi. Lekin namligi quritishdan oldin aniqlanadi. Maydalangan va yaxshilab aralashtirilgan tortmani bankaga solib undan namlikni, xo‘l kletchatka miqdori, xom kleykovina, yog‘, kul, tuz va qum miqdori ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Omixta yemlarni rangi, hidi, tashqi ko‘rinishi olingan xom-ashyoga xos bo‘lishi kerak. Chirigan va mog‘or hidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar omixta - yemga antibiotiklar qo‘shilsa, shunga mos bo‘lgan hid bo‘lishi mumkin. Hidi 20 gr tortma olinib u toza qog‘ozga solinadi va aniqlanadi. Hidni kuchaytirish uchun farfor idish qaynab turgan suv hammomida 5 minut isitiladi.
Zararkunandalar bilan zararlanganligi. Qishlok xo‘jaligi hayvonlari, qushlar, quyonlar va nutriyalar uchun 1 кг yemda 5 ta hashorat bo‘lishi, baliqlar uchun 10 ta bo‘lishi yul qo‘yiladi. Omixta yemni zarakunandalar bilan zararlanganligini aniqlash uchun 1 кг tortma, diametri 2 mmli elakda yoki simli 08 nomerli elakda elash orqali aniklanadi. Elakda qolgan qismdagi zararkunandalar solinadi. Zararkunandalar bilan zararlanganligini mahsulotdagi teshiklarga qarab GOST 3496.0-70 asosida baholanadi.
Metall magnit aralashmalar miqdori 1 кг tortmani magnit orqali o‘tkazib
aniqlanadi. Uni o‘lchash elagida 0,5 mmli kvadrat
orqali o‘lchanadi va 0,5 mmgacha, 0,5 dan - 2 мм gacha bo‘lgan qismchalar
miqdori hisoblanadi. Omixta yemni namligi quritish yoki Chijovani nam o‘lchagichi organi GOST 13496.3-70 orqali aniqlanadi. Namligi 14,5%dan oshmasligi kerak. Maydalash yirikligi va maydalanmagan urug‘ va mevalarni miqdori GOST 13496.8 72 da ko‘rsatilgan elaklarda elash orqali aniqlanadi.
Qum. Uni borligini F.A.Pusepa uskunasida yoki kletchatka miqdori aniqlanayotganda tekshirish mumkin.
Tuz. Uning miqdori Ag NOz yoki Hg NOz orqali GOST 13496.1-60 orqali aniqlanadi.
YOg‘. Uning miqdori Sokslet asbobida aniqlanadi. Uning ish jarayoni mahsulotdan S li efir orqali yog‘ni ekstraksiya qilish orqali taxlil kilinadi. Yuqoridagi maʼlumotlarni o‘rganib shunday xulosaga kelish mumkinki. Bu omixta-em davlat standarta talabiga to‘la javob beradi. Agar barcha sifatlar standartga mos bo‘lsa, shu omixta yemlarni omborxonalarga yoki istʼyemolchilarga jo‘natish mumkin. Agar bu sifatlar javob bermasa omixta - yem sifatsiz deyiladi va tegishli jurnalda yozilib qayta ishlashga yuboriladi.
Omixta - yem chiqishi nazorati. TKNB boshlig‘i omixta yem chiqish meʼyorlariga rioya qilishni nazorat qiladi. Omixta yem ishlab chiqarishda oldindan xisob kitob qilinmaydi. Xom ashyoni to‘g‘ri ishlatish bo‘yicha rejali meʼyor mavjud. Laboratoriya barcha xom ashyolarni nazorat etadi. Aloxida eʼtibor III kategoriya chiqindilariga beriladi va ularga donni tushib qolish miqdori 2 % oshmasligi kerak. Ishlab chiqarish binosini tozalash aktida ishlatiladigan xom ashyo va tayyor mahsulot miqdori ishlov berilgan xom-ashyoni turi va sifati bo‘yicha ko‘rsatiladi. 2 chi bo‘limda barcha ishlab chiqarilgan retseptlar va ularning sifatlari ko‘rsatiladi. 3 chi bo‘limda ishlab chikarish xom ashyo balansi, uni sarflangan mahsulot, ozuqa va noozuqaviy chiqindilar, mexanik yo‘qotish ko‘rsatiladi



Download 156.06 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 156.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Download 156.06 Kb.