III.Mehnatni muxofaza qilish




Download 156.06 Kb.
bet22/24
Sana22.11.2022
Hajmi156.06 Kb.
#31273
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
150тсутка uz-assistant.uz
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
III.Mehnatni muxofaza qilish
Omixta yem ishlab chiqarish korxonalarida boshqa korxonalardagi kabi mehnatni muxofaza qilish katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatni muxofaza qilish bu korxonada uzluksiz jarayoni ketayotgan bir paytda ishchilarning sog‘liqlari va mehnat qilish qobilyatlarini saqlashga, shuningdek ishchilarni taʼminlashga qaratilgan. Korxonada boshqa omixta yem korxonalardagi singari mehnatni muxofaza qilish bo‘limi ish olib boradi. Bu bo‘lim korxonadagi ishchi xodimlarning sog‘lom tarzda ish olib borishlarini, xavfsiz joylarda mehnat qilish sharoitini taʼminlab beradi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi korxonada asosan quyidagi ishlarni amalga oshirish ustida ish olib boradi.

  • korxona xududida va ishlab chiqarish jarayonida ish olib boradigan ishchilarga xavsizlik chora tadbirlari bo‘yicha maʼruza o‘qish;

  • ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun uskuna qurilma va bino xavfsizligini taʼminlash;

  • ishchilarning shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishlari, sanitar – gigiyenik chora – tadbirlarini qo‘llash, shu bilan barcha ishchilar mehnat qilish vaqtida normadagi olish bilan taʼminlash va boshqarish.

Korxonada un ishlab chiqarish jarayonida xuddi un ishlab chiqaruvchi korxonalaridagi kabi atmosferaga maʼlum miqdorda chang ajralib chiqadi. Bu esa ishchi xodimlar sog‘liqlariga salbiy taʼsir ko‘rsatish mumkin. Masalan, natijasida turli xil nafas yo‘li kasalliklari, allergik kasalliklar yuzaga kelishi mumkin.
Shuning uchun ishlab chiqarish korxonalarida YQBCHK sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan va SN 245 71 va SN 40 88 86ga kiritilgan. Bunga ko‘ra YQBCHK bug‘doy changi uchun 4 mg/m3 va omixta yem changi uchun 5 mg/m3 dan oshmasligi kerak.
Bularning oldini olish uchun korxonada asperatsiya, yaʼni havo tozalovchi uskunalari o‘rnatiladi.. Korxonadan chiqayotgan changlar avval tozalanib, keyin atmosferaga chiqariladi.
Korxonada atmosferaga chiqindi chiqarish bo‘yicha SN – 245 – 71 ga asosan IV sinfga mansub va sanitar himoya zonasi 100 metr hisoblanadi. Korxonada suv ichmlik sifatida va yuvinish uchun ishlatiladi.
Omixta yem ishlab chiqarish korxonasida yuqorida aytilganidek asosan changlar ajralib chiqadi va ular inson salomatligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
Korxonada bosh loyixasini tuzishda hosil bo‘layotgan ishlab chiqarish changi aholi yashaydigan joylarga bormaydigan qilib loyxalanadi.
Avtomatik boshqaruv – bu masofadan turib boshqaruv bo‘lib, talab darajadagi xavfsizlikni taʼminlab beradi.
Avtomatik boshqaruvning vazifasi uskuna yoki jixozlarni ishga tushirish, to‘xtatish yo‘nalishini o‘zgartirish va jarayonning ketma – ketligini taʼminlab berishdan iborat.
Korxonada yaxshi sifatli omixta yem uchun havo jarayoni to‘g‘ri borish uchun bir necha turdagi asosiy va qo‘shimcha uskunalar va moslamalardan foydalaniladi.
Omixta yem ishlab chiqarish korxonalarida ishlab turgan uskuna va jixozlar o‘zidan chiqarayotgan shovqin va tebranishlarning oldini olish uchun quyidagiishlar amalga oshiriladi: sexlarning eshik va derazalari o‘zidan shovqin o‘tkazmaydigan germetik materialdan tayyorlangan shovqinni pasaytirish uchun har bir asbob – uskunaning xarakatlantiruvchi qismlari, yaʼni podshipniklari holati tekshirib moylanib turiladi. Tebranuvchi va xarakatlanuvchi uskunalarnining atrofiga to‘siqlar qo‘yilmaydi. Aylanuvchi jixozlarning usti qobiq bilan o‘raladi va mahkam berkitiladi. Korxonada SanPin – 0120 – 01, SanPin – 01 – 22 – 01 talablariga rioya qilinadi.
Korxonadagi barcha ishlab chiqarish sexlarining xonalari yaxshi yoritiladi, to‘g‘ri yoritilgan xonalarda ishlayotgan ishchilarning ish faoliyati yaxshi, ko‘zi toliqishi kamayadi, ish unumi oshadi, korxona xavfsizligi taʼminlanadi va albatta sahsulot sifati ham yaxshi bo‘ladi.
Korxonadagi binolar, maydonlar o‘z tabiy yoritishinig normalari tabiy yoritishning koeffitsiyentlariga asoslanib SNiP 2 – 01 – 05 – 98 bilan
quriladi. Korxonadagi omborlar yer osti yo‘llari, xonalari sunʼiy yoritiladi.
Asosan sunʼiy yoritishda, lyumenitsent lampalardan foydalaniladi.
Korxonaning binolari va xonalarini normadagi sanitar va gigiyenik sharoitlar bilan taʼminlashda isitish va shamollatish tizimlari katta axamiyatga ega. Chunki shamollatish va isitish orqali ishchilarning mehnat sharoitlarini yanada sog‘lomlashtirishga erishadi va SanPiN – 0038 – 96 talablariga amal qilinadi. Korxona binolari, xonalari ventilyasiya tarmoqlari bilan taʼminlangan bo‘ladi.
Shamollatish esa GOST 12 – 028 – 81 talablariga javob beradi.
Un mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonamizda ishchilarni elektr toki taʼsirida xavo bor joylarda mexanik to‘siqlar ogohlantiruvchi belgilar va neytrallovchi himoya tizimlari mavjud. Bu korxonadagi barcha asbob –uskunalar elektr toki bilan ishlaganligi sababli ularni to‘g‘ri tanlash, o‘rnatish va ishlatishda mavjud bo‘lgan qonun – qoida normalariga GOST 12.1.019 – 79 ga amal qilinadi.
Ishchilarning elektr toki taʼsirida jaroxatlanishlarini oldini olish maqsadida elektr qurilmalar, dastgohlarda himoya vositalardan foydalaniladi. Ishchilar elektr toki bilan ish olib borganlarida shaxsiy himoya vositalari tok o‘tkazmaydigan maxsus oq kiyim, qo‘lqoplar bilan taʼminlangan bo‘ladi.
Omixta yem ishlab chiqarish korxonasida barcha uskuna va jixozlar ishlashi davomida o‘zidan kuchli shovqin chiqarishi bilan birga chang ham chiqaradilar chang esa olib kelishi mumkin. Shuning uchun tegirmon va sexlarda ishlaydigan ishchilar shaxsiy himoya vositalariga og‘iz – bo‘shlig‘i va nafas olish yo‘llarini himoyalovchi vositalar, quloqlarni shovqindan asrovchi maxsus shapka va zaxga chidamli qurilish materiallardan olib ishlatish, zarur moslamalar bilan taʼminlab, qurilish norma va qoidalari SNiP 11 – 89 – 90 (SNiP – 2 02 . 04 – 87, SNiP – 2 – 90 – 81, SNiP 11 – 2– 80)larga asoslanib qurish lozim.
Barcha ishlab chiqarish sanoat korxonalarining binolari odatda o‘ta chidamli

bo‘lgan temir betondan quriladi.


Omixta yem ishlab chiqarish barcha sanoat korxonalarida yong‘in sodir bo‘lgan vaqtlarda ishchilarni bino va xona ichidan olib chiqib ketish uchun chiqish yo‘llari bo‘lishi binolarni loyixalashda hisobga olinadi. Bu yo‘llar evakuatsiya yo‘llari deb ataladi. Bu maxsus chiqish yo‘li alohida yonmaydigan materiallardan qurilgan zina va eshiklar bo‘ladi. Chiqish yo‘li orasidagi masofa SNiP – 2. 09. 02 – 85 ga asosan binoning xajmi, o‘tga chidamiyligi darajasi, yong‘in xavfsizligi kategoriyasiga ko‘ra metrda belgilanadi.
Agar korxona xududida yong‘in chiqadigan bo‘lsa, korxona xududida 2 ta yer osti suv xavzasi mavjud bo‘lib, bu suvlarni maxsus VS – rusumli nasos tortib chiqarib beradi.
Bu xovuzlardagi suv 500 m3.
Bu saqlanayotgan suv sig‘imi SNiP – 2 – 04. 02 – 85 ga binoan tashkil etilgan.
Bu suv tizimi KNSning tarmoqlariga ulangan bo‘lib, favqulotda vaziyatlarda tezda binolarning istalgan joyiga yetkazib boriladi. Bizning korxonamizda yong‘in chiqadigan bo‘lsa, yong‘inga qarshi asosan inert gazlar va ko‘pikli o‘t o‘chirish vositalaridan foydalaniladi. (OXP – 10 09 – 5 UN – 2 OP – 5).
Korxonada yong‘in qayerda boshlanganligini bilish kerak. Buning uchun esa biz texnologik uskunalarda, omborxonalarda, binolarda, xullas korxonaning har bir nuqtasida darakchi vositalar o‘rnatilgan. Bu vositalar yong‘indan ogohlantirish, yonayotgan joyi tezda topish, o‘t o‘chirish bo‘limini chiqarishda katta ahamiyatga ega. Yong‘in vaqtida aloqa avtomatik tarzda bajariladi. Bu boshqaruv vositasi yonish boshlanishi va uning qayerda ekanligi haqida aniq maʼlumot beradi.
“GALLA ALTEG” OAJning omixta yem ishlab chiqarish kompleksida 36 ta ishchilar ishlaydi va ular tarkibidan esa ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari tashkil etilgan bo‘lib, bu drujinalar yong‘in boshlangan vaqtda eng birinchi
yong‘inni o‘chirish uchun faoliyat yuritadilar. Ularning hammasi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanishni o‘rganadilar.
Korxonada SNiP – 2 01. 03 – 90 ga asosan yengil urinishning oldini olish chora – tadbirlari ko‘rilgan bo‘lib, bunda korxona qo‘lqoplar, maxsus ko‘zoynaklar, elektron himoyalovchi vositalar kiradi. Bu shaxsiy himoya vositalari O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmasi federatsiyasi va mehnat xavfsizligi qaroriga asoslangan holda taʼminlangan.
Korxonada ishlovchi ishchilar extiyojlari uchun SNiP 2.09. 04 – 87, SN – 245 – 71 normalariga asosan sanitariya maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari hisobiga olinadi. Har 3 – 15 kishiga mo‘ljallangan dush tarmog‘i ishlaydigan yuvinish xonalari bor. Bu xonalar yonida kiyimlarni saqlovchi shkaflari bo‘lgan kiyinish xonasi mavjud.
Korxonada sog‘liqni saqlash tibbiyot bo‘limi ham mavjud bo‘llib, u yerda bitta shifokor ish olib boradi. ONTP – 2486 ga asosan korxonada qo‘llaniladigan va olinadigan moddalarga qarab yong‘in, portlash xavsizligi bo‘yicha 5 kategoriyaga bo‘lingan. Omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonamiz shu kategoriyalaridan B – kategoriyaga mansubdir.
Korxona xonalari yong‘in xavfsizligi bo‘yicha V – P sinfga mansub korxona loyixasini tuzish, binolarini qurish uchun eng avvalo maydonni to‘g‘ri tanlash, olovga, yomg‘ir – qorga binolarning tomiga “antenali yashin qaytargichlar” o‘rnatilgan. Bu yashin qaytargichlar yashinni qabul qilib olgandan so‘ng tok uzatuvchi va maxsus yerga ulangan simlar o‘tkazib yuboradi.
Yashin urish odatda inshoatlarga ikki xil taʼsir ko‘rsatadi. Agar yashin inshoatga to‘g‘ri urilsa, inshoatlarning buzilishiga, yonuvchi moddalarning yonib ketishiga olib keladi.



Download 156.06 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 156.06 Kb.