I. Mavzuni texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash




Download 156.06 Kb.
bet2/24
Sana22.11.2022
Hajmi156.06 Kb.
#31273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
150тсутка uz-assistant.uz
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
I. Mavzuni texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash.
Mavzuning dolzarbligi.Bugungi kunning asosiy talablaridan biri-eng zamonaviy ilvor texnologiya va jixozlardan foydalanib, korxonaga kelayotgan turli-tuman xom ashyolarni (oziq-ovqat, qand, kraxmal, patoka, spirt, pivo, go‘sht va baliq sanoatining chiqindilarini) oqilona qayta ishlash orqali belgilangan retseplar asosida sifatli omixta em mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Omixta em mahsulotini oziqaviyligini oshiruvchi oqsil-vitaminli qo‘shimchalar va mineral moddalar jonivorlarning mahsuldorligini keskin oshishiga hizmat qiladi. (5)
Chorvachilikni sanoat negizida yanada rivojlantirish xo‘jaliklarda vujudga keltirilayotgan ozuqa bazasining faqat miqdorini emas, balki sifat tarkibini ham yaxshilashni talab qilmoqda.(6)
Ozuqa bazasi tarkibida barcha kerakli biologik aktiv va oziq moddalar bo‘lgan, mollarni to‘ydirib boqishni ta’minlaydigan yuqori sifatli em-xashakdan iborat bo‘lishi kerak. Mollarni to‘yimli va sifatli emlar bilan boqishni va em-xashakdan foydalanish samaradorligini oshirishni tashkil etish chorva mollari mahsuldorligini oshirishning eng yaxshi natija beradigan omilidir. Chunki mahsulot etishtirish uchun qilingan sarflar tarkibining 60% ini va undan ham ko‘proq qismini em-xashak tashkil etadi.
Turli ozuqalardan to‘vri tanlab olingan omixta emlar to‘la qimmatli bo‘ladi, chunki bir xil ozuqada bo‘lmagan moddalar ikkinchi xil ozuqada bo‘ladi va shunday qilib, bir-birining o‘rnini to‘lvizib, to‘la qimmatli ozuqa hosil qiladi va bu aralash emning oziqlik qiymati ayrim ozuqadan yoki bir xil aradashma ozuqadan yuqori bo‘ladi.
Omixta em aniq ko‘rsatma asosida tayyorlanadi. Barcha omixta emlar ikki guruhga bo‘linadi: to‘la rayionli va konsentrat omixta emlar.(9)
Konsentrat omixta emlar daval, shirador (sersuv) va boshqa mahalliy ozuqalarga qo‘shishga mo‘ljallangan, ular bir xil sochiluvchan massa, briket va granula (dona-dona qilib maydalangan) shaklda tayyorlanadi. (9)
To‘la rayionli omixta emlar o‘zlashtirilishi (oziqligi) jihatidan to‘la qimmatli bo‘ladi, mollarga boshqa narsa qo‘shmasdan beriladi hamda ko‘pincha briket va granula shaklda tayyorlanadi.
To‘la rayionli omixta emlar bo‘yi 160-170 mm, eni 70-80 mm va qalinligi (balandligi) 30-60 mm bo‘lgan odatdagi visht shaklida tayyorlanadi.(11)
Mavzuning amaliy axamiyati.Respublikamiz don mahsulotlari ishlab chiqarish tarmovi korxonalarida yillik ishlab chiqarish quvvati 3,0 million tonnadan yuqori bo‘lgan 36 dan ortiq omixta-em zavodlari faoliyat yurgizmoqda. Ular barcha turdagi hayvonlar, parrandalar va baliqlarni yoshiga mos xolda to‘la ratsionli omixta-em bilan ta’minlashga qodirdir. Omixta-em zavodlari barcha turdagi iste’molchilarni, ayniqsa sanoat asosidagi chorvachilik va parrandachilikni sifatli em bilan uzluksiz ta’minlash uchun respublikamizning barcha regionlariga joylashtirilgan.
Omixta-em ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida don va uning chiqindi mahsulotlari (kepak) asosiy o‘rinni egallaydi.(10)
Binobarin, ularning omixta-em tarkibidagi miqdori keyingi yillarda don taxchilligi oqibatida ancha kamaydi.
Soya kunjarasi, baliq uni, don va premiks kabi mahsulotlarni keltirish keskin qisqardi.
Omixta-em tarmoqlarining asosiy ish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishni takomillashtirish, ishlab chiqariladigan omixta-emlar assortimentini kengaytirish va sifatini oshirish hamda oziqaviyligi jihatidan yuqori samarali mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish.(7)
Omixta-em ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida respublikamizda yiliga 40 ming tonnaga yaqin mahsulotlar chiqaradigan vitamin-o‘t uni liniyasi barpo etildi. Vitaminli o‘t unining qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalari ratsionga kiritilishi faqatgina emni boyitib qolmasdan balki uning oziqaviylik qiymatini oshiradi, bir vaqtning o‘zida u mahalliy xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi.(10)
Omixta-em ishlab chiqarishda izlanishlarni davom ettirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining noan’anaviy resurslari: “Nou Xou” texnologiyasi bo‘yicha olingan oqsil konsentrati, tut ipak qurti vumbanlari, oziq-ovqat va konserva sanoati chiqindilari (olma va pomidor turpi, quriq barda) ni jalb etish lozim.Doimo dehqon xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari va xususiy korxonalarda qo‘shimcha don sotib olish mexanizmini
takomillashtirish lozim.
Ko‘pkina viloyatlarda sutkalik ishlab chiqarish quvvati 300-650 tonna bo‘lgan omixta-em zavodlari iste’molchilardan uzoq 150-300 km gacha masofada joylashgan. Pirovardida, yoqilvi va moylovchi materiallarning taxchilligi natijasida trasportning barcha turlarida tashish ularga qimmatga tushayapti.(5)
Katta va yosh qoramollar uchun oddiy em ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida asosan kepak, un zavodlari chiqindilari, shuningdek yuqoridagi tumanlarda tayyorlangan donlardan foydalaniladi.

Download 156.06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 156.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. Mavzuni texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash

Download 156.06 Kb.