Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




Download 156.06 Kb.
bet9/24
Sana22.11.2022
Hajmi156.06 Kb.
#31273
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
150тсутка uz-assistant.uz
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
Tarozili dozalash. Uni qo‘llash omixta yem komponetlarinig yanada aniqroq nisbatini taʼminlaydi. Tarozili dozalashni to‘la avtomatlashtirish va ular
bilan berilgan dastur bo‘yicha perfokarta yordamida boshqarish mumkin. Bundan tashqari tarozili dozalash tuguni butun zavod ishini avtomatik boshqarishning markazi bo‘ladi. Tarozili dozalashda xar bir komponent uchun batareyaga mahkamlangan avtomatik ratsion dozatorlar ishlatiladi. Bunda xar bir dozator talab qilingan og‘irlikka to‘g‘rilanib, dozatorning bo‘shashi avtomatik ravishda maʼlum vaqt oralig‘ida kechadi.
Eng ko‘p tarqalgani ko‘p komponentli tarazili dozatorlar-turlicha yuk ko‘taruvchanlikka ega tarozilar bo‘lib, komponentlar berilgan dozatorning maksimal yuk ko‘tarishiga erishguncha ketma - ket ravishda shnekli pitatellar yordamida uzatib turiladi. Dozalash jarayonini boshqarish qo‘lda, yarim avtomat va avtomatik holatida amalga oshiriladi. Dozatorlar, asosan perfokartaga joylashtirilgan dastur bo‘yicha avtomatik ishlashi kerak. Bunday ishlashda bir retseptdan boshqasiga o‘tish faqat perfokartani almashtirishga qarab qoladi. Bundan tashqari xizmat qiluvchi xodimining yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatosining taʼsiri bartaraf qilinadi, dozalashning zaruriy aniqligi (0,5 %)taʼminlanib, xizmat qiluvchi xodimlar soni qisqaradi, chunki dozalashning barcha tizimi avtomatik ravishda bir maromda ishlaydi. Omixta yem tarkibiga kiruvchi turli miqdordagi barcha komponentlarni dozalashning talab qilingan aniqligiga erishish uchun ikki yoki uch ko‘p komponentli dozator qo‘llaniladi: kichik yuk ko‘tarishlik dozatorlar omixta yem tarkibiga katta bo‘lmagan miqdorda kiritiladigan komponentlarning dozalaydi, katta yuk ko‘tarishlik dozatorlarda yesa qolganlari dozalanadi. Sanoatda bir, ikki, uch tarozili dozatorlardan tashkil topgan KDK - 1, KDK - 2, KDK - 3, avtomatik tarozili dozalash komplekslari ishlab chiqarilidi. Kompleksga dozatorlardan tashqari shnekli, pitatellar va boshqarish tizimlari - pultlar kiradi. (4)
Kompleksga sanoatda ishlab chiqariladigan beshta tarozili dozatorlaridan istalgani kiradi: 6DK-2500, 5DK-200, 5DK -500, 6DK-1000, 10DK-2500, yuk ko‘tarishligi mos ravishda 100, 200, 500, 1000, 2500 кг. 6DK-100 va 5DK-200 dozatorlari uchun eng yuqori ruxsat berilgan pitatellar soni 9, 5DK-500, 16DK-

1000 va 10DK-2500 uchun esa 12.


Dozator ikki asosiy qismdan tuzilgan: mexanik va boshqaruv shkafidan. Mexanik qism tarkibiga lentali konveyer, lentali konveyer ostiga qurilgan tenzimetrik massa o‘lchagich, doimiy tokli elektrodvigatel va chastotali signalda elektrodvigatel tezligi qayta hosil qiluvchi boshqariluvchi voronka va chegaralovchi g‘ilof kiradi. Elektr jihozlar komplekti dozator unumdorligini avtomatik boshqarishni lahzaviy unumdorligining qiymat ko‘rsatkichini va dozatordan berilgan material og‘irligining yig‘indisini taʼminlaydi.
Dozatorlar normal ishlashi uchun ularga mahsulot bir tekisda tushib turishi lozim. Dozator usti bunkerlarida mahsulotlarning jipslashib qolishiga ruxsat berilmaydi. Bunkerlarda sathni (yuqori va pastki) o‘lchovchi datchiklar o‘rnatiladi.

Download 156.06 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Download 156.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Download 156.06 Kb.