• Xom-ashyoni to‘qmoqli drobilkada maydalash.
  • To‘qmoqli drobilkalar konstruksiyalari




    Download 156.06 Kb.
    bet7/24
    Sana22.11.2022
    Hajmi156.06 Kb.
    #31273
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
    Bog'liq
    150тсутка uz-assistant.uz
    rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
    To‘qmoqli drobilkalar konstruksiyalari. To‘qmoqli drobilkalarning konstruksiyalari boshqa yanchuvchi uskunalardan ko‘ra soddaroqdir. To‘qmoqli drobilkalarning asosiy ishchi organlari to‘qmoq, deka va g‘alvir hisoblanadi. Turli shakldagi to‘qmoqlar qo‘llaniladi, eng keng tarqalgani to‘rtburchak shaklli to‘qmoqlardir.
    To‘qmoq zinapoyali, yaʼni past-baland ishchi qirraga va osib qo‘yish uchun simmetrik joylashgan teshikka ega. To‘g‘riburchak shakldagi plastinkali to‘qmoqlarning asosiy afzalliklari-boshqa tipli to‘qmoqlar bilan taqqoslaganda, ularing oddiyligidir. Bu amaliy ahamiyatga ega, chunki to‘qmoqlarning ishlash jarayonida ularni almashtirish osonlashadi. Boshqa yana bir ahamiyatli afzalligi ishchi yuzasining imkoni boricha maksimal qo‘llanilishi, agar to‘qmoqning bir tomoni yeyilganda boshqa tomoni ishlashi mumkin. Ayniqsa, uchli qirrasi va burchaklari yeyiladi va buning natijasida drobilkaning unumdorligi keskin tushib ketadi. Yeyilish darajasi maydalanadigan mahsulotning fizik xossalariga, shuningdek, to‘qmoqlar tayyorlanadigan material sifatiga bog‘liq.(12)
    Xom-ashyoni to‘qmoqli drobilkada maydalash. To‘qmoqli drobilkada maydalash ishchi organ-to‘qmoq va dekaning ko‘p marotabali zarbi taʼsiri natijasida mahsulotning mahsulotga, deka hamda g‘alvir yuzasiga tegib ishqalanishi natijasida keladi.
    To‘qmoqli drobilkada mahsulotning maydalanishi jarayoni quyidagicha boradi: maydalanadigan mahsulot (komponent) qabul qilish qurilmasiga tushadi va u yerdan yetaklov qo‘zg‘almas deka tomon uchadi va unga urilib, maydalanish
    jarayoni takrorlanadi (maydalashning ikkinchi bosqichi). Dekadan qaytgan bo‘lakchalar yana aylanadigan to‘qmoq taʼsiriga tushadi. G‘alvir teshiklari o‘lchamidan kichik bo‘lgan maydalangan bo‘lakchalar g‘alvirdan o‘tib, drobilkadan chiqariladi. Maydalangan mahsulotni tashuvchi transport turiga bog‘liq holda bo‘lakchalar havo yordamida siklonga tortiladi yoki mexanik transport bilan tashiladi. (10)
    Maydalanish darajasi g‘alvir tanlash bilan tartibga solinadi. Shunday qilib donni yoki boshqa komponentlarni maydalash eng avval to‘qmoqning donga zarbi va donni dekaning qo‘zg‘almas ishchi yuzasiga urilishi bilan kechadi. So‘ngra maydalangan mahsulot rotor va ichki qo‘zg‘almas g‘alvirli obechayka orasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi. Mahsulot bu jarayonda to‘qmoq va g‘alvir yuzasi orasida sodir bo‘ladigan ishqalanish kuchi va taʼsirida maydalanadi. Bunda kichik o‘lchamli bo‘lakchalar g‘alvir orqali o‘tib, ancha yiriklari g‘alvirda qolgan xolda keyingi maydalanish uchun zarb va ishqalanishga uchraydi. Bu xol don (yoki boshqa mahsulot)ning maydalangan bo‘lakchalari uskunaning ishchi zonasidan chiqmaguncha davom etaveradi.

    Download 156.06 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




    Download 156.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘qmoqli drobilkalar konstruksiyalari

    Download 156.06 Kb.