• Xom-ashyoni maydalash.
  • Maydalash jarayonining tavsiloti.
  • Maydalash jarayonining asosiy vazifalari




    Download 156.06 Kb.
    bet5/24
    Sana22.11.2022
    Hajmi156.06 Kb.
    #31273
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    150тсутка uz-assistant.uz
    rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
    Maydalash jarayonining asosiy vazifalari. Don va omixta yem komponentlarini maydalash omixta ishlab chiqarishning asosiy jarayonlaridan biridir. Ishlab-chiqaradigan ozuqalarning sifati ko‘p jihatdan maydalash jarayoni bilan belgilanadi. Maydalangan mahsulotlar yaxshi o‘zlashtiriladi, shuningdek bir tekis maydalangan mahsulotlar zichlab, qumaloqlangan omixta yem ishlab chiqarish jarayoni samaradorligi ortadi. Yaxshilab maydalangan mahsulot omixta yem tarkibiga qo‘shilganda (ayniqsa oz miqdorda qo‘shiladigan moddalar) uning butun hajmi bo‘ylab yaxshi tarqaladi. (11)
    Maydalash donning qattiq tanasini tashqi kuchli zarba yoki yemiruvchi zarba taʼsirida parchalash bo‘lib, maydalashning ikki turi mavjud:
    -oddiy maydalash, bunda don yoki maydalanayotgan omixta yem komponenti bir tekis parchalanib, bir turdagi aralashma hosil bo‘ladi;
    -saralovchi maydalash, bunda don va omixta yem komponentlari maʼlum qismlari bo‘yicha saralanib maydalanadi. Bu jarayon maʼlum qismlardan mahsulot chiqqancha bir-necha marotaba davom etadi.
    Omixta yem ishlab chiqarishda makkajo‘xori so‘tasi, bo‘laklangan xomashyolar, minerallar va boshqa xomashyolar odatda yirik hajmda maydalanadi. Yirik hajmda maydalash uchun sanoatda ko‘pincha kunjara maydalagichlar, toshli maydalagichlar, juda kichik hajmda maydalash uchun esa jo‘vali (valli) dastgohlar, bolg‘ali maydalagichlar va dizintegratorlardan foydalaniladi.(9)
    Xom-ashyoni maydalash. Omixta yem OVQ, premiks, karbamid konsyentrati va ozuqa aralashmalarning komponentlari omixta yem zavodlariga don, granula, chaqmoq ko‘rinishida tushadi va maydalanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning maʼlum turi uchun yirikligi bo‘yicha talablarga javob beradigan bir xildagi aralashmani maydalamay olishning iloji yo‘q. Maydalangan komponentlar bir xilda aralashadi. Bundan tashqari maydalash jarayoni hayvon va parrandalarda ozuqaning tez xazm bo‘lishida muhimdir, chunki maydalangan ozuqa yaxshi o‘zlashtiriladi.(12)
    Maydalash jarayonining tavsiloti. Maydalash-mahsulot ishlab chtqaradigan eng murakkab va ko‘p energiya talab qiladigan jarayonlardan biri hisoblanadi. Komponentlarni maydalashda ularning baʼzi qismlari orasidagi kuchlarning bir-biriga to‘g‘ri kelishi buziladi, buni bartaraf qilish uchun elektroenergiyasini ko‘p sarflagan holda maydalashning turli usullarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bu, ayniqsa omixta yemga katta miqdorda kiritiladigan donli komponentlarni maydalashga taʼluqlidir.(12)
    Qattiq qismni bo‘laklarga ajratish jarayoni maydalash deyiladi. Buning natijasida jism bo‘lakchalari orasidagi kuchlarning bir-biriga to‘g‘ri kelishi zabt etilib yangi yuza hosil bo‘ladi.
    Omixta yem ishlab chiqarishda quyidagi komponentlar maydalanadi: don, donli aralashmalar, kunjara, shrot, so‘tali makkajo‘xori, mineral kelib chiqishli xomashyolar (bo‘r, tuz, chig‘anoq uni), oziq ovqat sanoatining yirik
    fraksiyali ozuqa mahsulotlari. Baʼzi komponentlar uskunadan bir bor o‘tgandayoq maydalanadi, baʼzilari esa ikki marta o‘tkazilishi talab qiladi. Donli komponentlar uskunadan bir marta o‘tkazilganda maydalanadi, chaqmoq xomashyolar esa oldin ezilib so‘ngra yanchiladi.(6)
    Maydalash darajasi yoki maydalangandan keyin bo‘lakchalar o‘lchamlari hayvon turi va yoshiga bog‘liq, yaʼni maydalash darajasi yanchishning yirikligini tavsiflaydi. Maydalangandan keyin bo‘lakchalar o‘lchami 5 мм yoki undan yirik bo‘lsa, maydalash shartli ravishda qo‘pol deyiladi. Agar 5 мм dan kichik bo‘lsa, bunda maydalash mayin hisoblanadi. Qattiq bo‘lakli komponentlarni nisbatan yirik bo‘laklarga bo‘lish (5 мм. dan yirik) ham, shuningdek, maydalash deyiladi.
    Mahsulotning maydalanish darajasi deb maydalanadigan bo‘laklar chiziqli o‘lchamlari kattaligini maydalashdan keyingi bo‘lakchalar o‘lchami nisbatiga aytiladi. Maydalanish darajasi i mahsulotni maydalangandan keyingi bo‘lakcha yuzasi yig‘indisining boshlang‘ich yuza yig‘indisi nisbati aniqlanadi:
    S0
    I = ----
    S

    Download 156.06 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 156.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maydalash jarayonining asosiy vazifalari

    Download 156.06 Kb.