Xom ashyo va tayyor mahsulot tavsifi




Download 156.06 Kb.
bet14/24
Sana22.11.2022
Hajmi156.06 Kb.
#31273
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
150тсутка uz-assistant.uz
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
2.4 Xom ashyo va tayyor mahsulot tavsifi
Omixta-em ishlab chiqarish xom ashyolarning quyidagi asosiy turlari mavjud. Don omixta-emning asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Omixta-em tarkibida donning ulushi 65-70 % gacha boradi. Donlar xususiyatiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: boshoqli donlar, dukkakli donlar va moyli donlar.
Boshoqli donlarga bug‘doy, arpa, suli, javdar, jo‘xori, makkajo‘xori, tariq va boshqalar kiradi. Bu turli donlar tarkibida ko‘p miqdorda uglevod (kraxmal) va oz miqdorda oqsil mavjud bo‘ladi. Boshoqli donlar V guruh vitaminlariga boy hisoblanadi. Boshoqli donlar maydalangan holida, baʼzan butunligicha (parrandalar uchun) ishlatiladi.
Omixta-em ishlab chiqarishda mazkur donlarning ishlab chiqarish chiqindilaridan ham foydalaniladi. Don chiqindilariga donli aralashmalar va kepak kiradi. Donli aralashma va kepak to‘yimliligi jihatidan past tursada, ammo vitaminlar va minerallarga boyligi bilan dondan yuqori turadi.
Dukkakli donlarga no‘xot, soya, lyupin va boshqalar kiradi. Bu donlar oqsilga (protein) boyligi bilan ajralib turadi. Omixta-em ishlab chiqarishda dukkakli donlardan mahsulotni oqsilga boyitish maqsadida foydalaniladi.
Moyli donlarga kungaboqar, paxta, zig‘ir va boshqalar kiradi.Ular omuxta-emga yaxlit xolida qo‘shilmaydi, balki yog‘-moy sanoati chiqindilari kunjara va shrot holida ishlatiladi.
Moyli ekin donlari yog‘ va oqsilga boy hisoblanadi. Shu bilan birga baʼzi turlarida zaharli moddalar (gossipol, sinil kislotasi) ham mavjud. Omuxta-em tarkibida bu moddalar miqdori belgilangan ko‘rsatgichdan ortib ketmasligi kerak.
O‘t uni omixta-emning qimmatli xom ashyosi hisoblanadi. O‘t uni o‘rib quritilgan o‘tni maydalash orqali hosil qilinadi. O‘t uni oqsil, karotin, A va boshqa vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi.
Omixta-em ishlab chiqarishda oziq-ovqat qand, kraxmal, patoka, spirt va pivo sanoati chiqindilaridan keng foydalaniladi. Qand sanoati chiqindisiga
qand lavlagi turpi (jom) va ozuqaviy patoka (melassa) kiradi. Quritilgan lavlagi turpi tarkibida ko‘p miqdorda uglevod mavjud bo‘lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlar uchun qimmatli ozuqa hisoblanadi. Melassa suyuq ko‘rinishga ega, uning tarkibida 50 % gacha eruvchan uglevodlar mavjud. Melassa hayvonlar organizmida juda yaxshi xazm bo‘ladi.
Spirt va pivo chiqindilariga maydalangan don qoldiqlari va quritilgan barda kiradi. Bu mahsulotlar to‘yimliligi jihatidan donga yaqin turadi.
Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan ozuqalarga baliq uni, go‘sht uni, suyak uni, qon va quritilgan suyak misol bo‘la oladi. Bular hayvon oqsiliga boy qimmatli mahsulot hisoblanadi. Omixta-em tarkibiga yuqori energiya manbai bo‘lgan hayvon yog‘lari ham oz miqdorda qo‘shiladi (odatda 2-5 %).
Omixta-emlarni minerallar bilan boyitish maqsadida ko‘pgina moddalar-bo‘r, fosfatlar, osh tuzi va boshqalardan foydalaniladi. Shuningdek yem tarkibiga xilma-xil biologik faol moddalar qo‘shiladi. Ularga vitaminlar, mikroelementlar, antibiotiklar va boshqalar kiradi. Bu moddalar hayvonlar sog‘lig‘i uchun muhim hisoblanadi. Biologik faol moddalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

Download 156.06 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Download 156.06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xom ashyo va tayyor mahsulot tavsifi

Download 156.06 Kb.