Texnologik sxemani bayoni




Download 156.06 Kb.
bet13/24
Sana22.11.2022
Hajmi156.06 Kb.
#31273
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
150тсутка uz-assistant.uz
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
2.3 Texnologik sxemani bayoni
Omixta yemni rejalashtirilgan assortimentda ishlab chiqarish va korxona ishining uzluksizligini taʼminlash uchun xom ashyoning barcha turlari bo‘yicha maʼlum zahira tashkil qilinadi hamda sistematik ravishda to‘ldirilib boriladi. Ishlov beriladigan xomashyoning asosiy miqdori temiryo‘l transportida va faqat unchalik ko‘p bo‘lmagan qismi avtomobilda yetkazib beriladi.
Zamonaviy omixta yem zavodlari bir maromda ishlash uchun temiryo‘l transporti va avtomobil uchun yo‘llar, temir va avtomobil yo‘llaridan xomashyoni qabul qilish uchun mexanizatsiyalashgan qurilmalar va xomashyoni sochma hamda tara ko‘rinishida saqlashga mo‘ljallangan omborlar bo‘lishi kerak. Idishlardagi xomashyo oddiy omborlarda, sochiluvchan ko‘rinishli xomashyo, asosan, silos tipidagi omborlarda va zaruriyat tug‘ilganda oddiy omborlarda saqlanadi. Sunʼiy yo‘llarda xomashyoni idishsiz holda yetkazib berish ortib borayapti, buning natijasida idish uchun, shuningdek, ishlab chiqarish joyida xomashyoni idishlarga joylashtirish va isteʼmol joyida idishsizlantirish uchun ketadigan harajat kamayadi.
Zavodda mavjud bo‘lgan omborlarga xomashyoni to‘g‘ri joylashtirish uchun, yaʼni ishlab chiqarishga xomashyoning barcha turlarini uzatish imkonini yaratish, shuningdek, uni saqlashnitaʼminlash maqsadida xomashyoning joylashtirishning oylik tezkor rejasi tuziladi. Xom ashyoni joylashtirish sxemasi tuzilganda mavjud omborlar sig‘imidan ratsional foydalanish zaruriyati, xomashyoning sifatini (masalan, xo‘l proteinning turlicha miqdorga ega bo‘lgan baliq uni partiyalari alohida shtabellarga joylashtiriladi) eʼtiborga olgan holda joylashtirish, saqlash jarayonida xomashyoni minimal darajada tashish zaruriyati eʼtiborga olinadi. Xom ashyoni joylashtirish rejasini tuzishda ombor maydonining 10 % ombor yumushlari uchun saqlanadi, elevatorlarda esa har bir silos osti konveyeri uchun bitta silos zaxira uchun saqlanadi.
Saqlanayotgan xom ashyo uchun doimiy kuzatuv o‘rnatiladi. Saqlashga
chidamsizlari ishlab chiqarishga birinchi navbatda uzatiladi. Sifatining yomonlashuvi yoki saqlashda o‘z-o‘zidan qizish holati kuzatilganda, uning chidamliligini taʼminlovchi va xomashyoni omixta yem ishlab chiqarishga qo‘llash uchun zaruriy chora tadbirlar o‘tkaziladi.
Bo‘r, tuz va boshqa minerallar boshqa turdagi xomashyolardan ajratilgan holda alohida yopiq binolarda saqlanadi. Tuzlarni saqlashda shuni nazarda tutish kerakki, u namiqib, devor suvog‘i, beton devor va pollarni yemiradi. Shu sababli tuz uchun mo‘ljallangan omborlarning poli va devori yog‘och taxtalar bilan qoplanadi. So‘tali makkajo‘xori atmosfera namligi tushmaydigan ayvonga yoki omborlarga joylashtirilgan holda saqlanadi. So‘tali makkajo‘xorini bevosita yerda saqlab bo‘lmaydi.
Moy ishlab chiqarishda yuqori haroratli va past namli shrot olinadi. Bunday holda shrot saqlashga chidamsiz va hattoki, tashishda namlikni jadal yutishi o‘z-o‘zidan qizish jarayonining rivojlanishiga, haroratning ortishiga olib keladi, bu esa o‘z-o‘zidan yonishiga, maʼlum sharoitlarda, hattoki portlashga sabab bo‘lishi mumkin.
Xom ashyoni qayta ishlashga tayyorlash. Zaruriyat bo‘yicha omborda saqlanayotgan xom ashyo qayta ishlashga beriladi.
Xom ashyoni tozalash va ajratish
Omixta yem korxonalariga kelib tushadigan xom ashyolar tarkibida sezilarli darajada aralashmalarga ega. Shuning uchun ularni tarkibidan begona aralashmalarni tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Don massasi tarkibida asosiy ekin turi (bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, suli)dan tashqari organik va mineral kelib chiqishli, shu bilan birga metallmagnit aralashmalar xam mavjud. Omixta yem ishlab chiqarishda don massasini o‘lchamlari va aerodinamik xossalari bilan farq qiluvchi begona aralashmalardan tozalash uchun havo-elakli separatorlardan foydalaniladi. Yengil aralashmalar esa xavo yordamida tozalaniladi.
Yirikligi bo‘yicha bo‘r, tuz, ohak uni va fosfatni nazorat qilish uchun A1-
DSM markali elovchi uskunalar qo‘llanadi). Mahsulot g‘alvirga tushgandan keyin aylanma harakat bilan g‘alvir yuzasining butun kengligi bo‘yicha tarqaladi.
G‘alvirning qiya holati (3-40) mahsulotni uskunani bo‘shatish qismi tomon harakatlanishini taʼminlaydi. Bunda elanadigan mahsulotning yirik qismlari qatlam yuzasiga ko‘tarilgan holda mayda qismchalar esa g‘alvirga tushib, uning teshiklari orqali pastga ketadi.
Omixta yem sanoatida xomashyo sifatida ishlatiladigan po‘stloqli ekinlar orasida suli va arpa eng keng tarqalgan. Ular yuqori ozuqaviylik qiymatiga ega, ammo po‘sti ko‘p miqdorda kletchatka saqlaydi. Shu sababli jo‘ja, cho‘chqa bolalari va boshqa hayvonlar ratsioniga arpa va sulini po‘stsiz kiritish, po‘stloqli ekinlar po‘stini ajratish ko‘zda tutilgan. Po‘stloqni ajratishda donga taʼsir qilishning turli usullari bilan bir qatorda uskunalarning maʼlum konstruksiyalari qo‘llaniladi. Qobiq ajratuvchi uskunalar ishchi organlarining donga ko‘rsatadigan mexanik taʼsiri va ularning qobiqqa beradigan deformatsiyasi tavsifiga bog‘liq holda bu uskunalarni uch guruhga bo‘lishi mumkin. Zamonaviy chorvachilikda shunday omixta yem ishlab chiqarish talab qilinadiki, u tabiat va hayvonlarni birlashtiruvchi bo‘g‘inga aylansin. Bu hayvonlarning keyingi vaqtda atrof-muhitdan ajralgani, ko‘pligi yil davomida yopiq joylarda boqilishi bilan tushuntiriladi.
Oqsil vitaminli qo‘shimchalar ishlab chiqarish jarayoni 5 ta liniyadan iborat:

  1. Don kepaklari tayyorlash liniyasi.

  2. Oqsilli xomashyolarning tayyorlash liniyasi.

  3. Mineral xomashyolarni tayyorlash liniyasi.

  4. Mikroqo‘shimchalar bilan boyitish liniyasi.

5. Dozalash va aralashtirish liniyasi.
O‘simliklar va hayvonlardan kelib chiqqan ozuqalar chorvachilik uchun kerakli bo‘lgan ozuqa moddalarni to‘liq miqdorda qoplamaydi. Shuning uchun
omixta yem va ozuqa ratsionlariga biologik faol modda (BFM)larning kiritilishi yemlarning samaradorligini oshiradi. Natijada hayvonlarning mahsuldorligi oshadi, sog‘ligi yaxshilanadi.
Texnologik liniyalar barcha turdagi qishloq xo‘jaligi hayvonlari uchun premikslar ishlab chiqarishga imkon beradi. To‘ldiruvchini tayyorlash liniyasi uni qabul qilish, begona va metallomagnit aralashmalardan ajratish, quritish va maydalashga mo‘ljallangan. Metallomagnit aralashmalar elektromagnit separatorlarida yoki magnit kolonkalarda, begona aralashmalar esa elovchi uskunalarda ajratiladi.
To‘ldiruvchining namligi 8 % dan oshganda quritishda yuboriladi. Quritilgan to‘ldiruvchi teshik diametri 1,2 mm bo‘lgan elakda maydalanadi. Yog‘ bilan ishlov berilgan (kepak uchun 3 %, maydalangan don uchun 2 % va achitqi uchun 1 %) to‘ldiruvchi dozator osti bunkerlariga, so‘ng dastlabki aralashma tayyorlash liniyasiga uzatiladi.
Dozalash liniyasida ko‘p komponentli tarozili dozator o‘rnatilgan bo‘lib, dozalashning har bir davri 1000 kg, 17 minut davomida to‘ldiriladi. Mikrokomponentlar esa 9-12 minut davomida dozalanadi.
Aralashtirish liniyasi omilarxta yem ishlab chiqarish jarayonini tugatadi. Liniya dastlabki va oxirgi aralashtirishdan iborat. Bir porsiya (partiya) yem tayyorlash davri 17 minutga: aralashtirgichning to‘lishiga 3 minut, aralashtirishga 8 minut, yuklashga 3 minut va qo‘shimcha (zaxira) 3 minutga teng.

Download 156.06 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Download 156.06 Kb.