• 2.2 Texnologik sxemani tanlash va asoslash
  • Ozuqa hayvon yog‘ini kiritish




    Download 156.06 Kb.
    bet12/24
    Sana22.11.2022
    Hajmi156.06 Kb.
    #31273
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
    Bog'liq
    150тсутка uz-assistant.uz
    rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
    Ozuqa hayvon yog‘ini kiritish. Ozuqa yog‘ini yetkazib beruvchilar go‘sht kombinatlari hisoblanadi. Omixta yem zavodlariga yog‘lar avtosisternalarda erigan yoki qotgan holda yog‘och bo‘chkalarga (og‘irligi 100 кг), metall bochka larga
    (og‘irligi 100 кг), shuningdek, maxsus krnteynerlarga (og‘irligi 1t) joylashgan holda yetkaziladi. Omixta yemga yog‘larni kiritishning texnologik sxemasi zavodlarga yog‘lar yog‘och bochkalarga joylangan holda yoki avtosisternalarda kelib tushishini ko‘zda tutadi.
    Bochkadan yuqorigi temir halqasi bo‘shatilib, tubi chiqariladi. So‘ngra mahsus ag‘daruvchi qurilmaga mahkamlanadi. Bochka elektrotelfer bilan ko‘tarilib, monorels bo‘yicha burama trubalardan biriga harakatlanadi. Bochka bu yerda ag‘dargich yordamida ochiq tubi bilan pastga burilgan holda burama trubkaga kiygiziladi. Yog‘ni eritishda bo‘chka o‘z og‘irligi taʼsirida ag‘darilmaguncha tushiriladi. Erigan yog‘ quyma voronkadan bakka issiqlik ko‘ylagidan quyiladi. Bakning ikki qavatli devori orasida bug‘li burama trubka bilan qizdiriladigan suv ko‘ylagi mavjud. So‘ngra shisternali nasos yog‘ filtr orqali sarflovchi bak aralashtirgichga ham issiqlik ko‘ylagi bilan haydaladi.
    Issiqlik ko‘ylagi mavjudligi yog‘ massasining, bir tekisda qizishiga imkon beradi. Bu, ayniqsa shu sxema bo‘yicha fosfatid konsentrati kiritilganda muhimdir. Sarflovchi bak aralashtirgichda qorg‘ichi bo‘lib, u yog‘da eruvchi rag‘batlantiruvchi moddalarni qo‘shishga imkon beradi. ND nasos bilan yog‘ granulatorga yoki aralashtirgichga tushadi. Quvurdagi pulsatsiyani silliqlash uchun monometrli depulsator o‘rnatilgan.
    2.2 Texnologik sxemani tanlash va asoslash
    Malumki, don yetishtirish va qayta ishlash jarayonlari minglab yillar avval ajdodlarimiz tomonidan kashf etilgan hamda bu borada halqimiz bebaho tajribalarni qo‘lga kiritgan. Shu qatorda hosil bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlab, omixta yem ishlab chiqarish sanoati ham keng suratda rivojlanmoqda.
    Mustaqillikning dastlabki yillarida halqimiz ehtiyojini taminlash maqsadida katta mablag‘ evaziga O‘zbekiston chetdan don mahsulotlarini olib kelar, hali oyoqqa turib olmagan yosh davlatimiz uchun bu moliyaviy jihatdan ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi. Davr don mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash texnologiyalariga alohida etibor berishni taqozo etdi. Bu borada davlatimiz strategik yo‘nalishlarini belgiladi va pirovard natijada don mustaqilligiga erishildi.
    Sohaga yangi texnologiyalarning kirib kelishi qo‘l mehnatini kamaytirdi. Joylarda ekologik muhitning sog‘lomlashishiga katta tasir ko‘rsatdi, mahsulot tannarxi arzonlashdi. Korxonalarda ishlab chiqarish sharoitlari yaxshilanib bormoqda. Tom manoda don industriyasida modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Bu esa mahsulotlarning sifati yaxshilanishiga zamin yaratib oz fursatda ko‘p mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini bermoqda.
    Unumdorligi 150 t/s bo‘lgan omixta yem ishlab chiqarish korxonasida qo‘ylar uchun KS-3 retsepti asosida sochiluvchan omixta yem ishlab chiqarish uchun texnologik sxemani tanlashda omixta yem ishlab chiqarishga belgilangan qonun qoidalarga amal qilingan. Korxona tegirmonining un tortish bo‘limlarida kechadigan texnologik bosqichlar va rejimlar qoidalarga asoslangan holda tuzildi. Bunda yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan eng yangi uskunalardan foydalanilgan.
    Texnologik sxemani va undagi bosqichlarni yem turi va retsepturaga qarab tanlanadi. Malakaviy bitiruv ishi mavzusiga ko‘ra berilgan omixta yem ishlab chiqarish bo‘yicha “Qoida”ga asosan xom ashyo tayyorlash, dozalash, arashtirish va tayyor mahsulot bo‘limlarining texnologik sxemalarini tanladim.
    Tanlangan texnologik sxemalar bo‘yicha jaryonlarni tashkillashtirish va boshqarishda quyidagi jihatlarni eʼtiborga olish lozim:
    Donlarni qabul qilish, joylashtirish va saqlashda samarali operatsiyalar o‘tkazish, barcha uskunalarning ishlash rejimiga rioya qilish, xom ashyoni tayyorlashda dondan aralashmalarni unumli ajratib olish va dozalash jarayonini optimallashtirish, aralashtirishda xom ashyolarni to‘g‘ri turkumlash va nazorat qilish jarayonlari.
    Tuzilgan texnologik sxemalar quyidagi talabalarga javob berishi lozim:
    - o‘rnatilgan uskunalar unumdorligining texnik sharoitlariga va texnologik bosqichlarining tavsiya etiladigan ketma – ketligiga,
    - uskunalarni sxemada qabul qilishni shart bo‘yicha grafik tasvirlanishiga.



    Download 156.06 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




    Download 156.06 Kb.