• II.Texnologik qism 2.1 Ishlab chiqarishning nazariy asoslari
  • -qumoloqlash va briketlash, ya’ni tayyor mahsulotni yuzaga keltirish; -




    Download 156.06 Kb.
    bet4/24
    Sana22.11.2022
    Hajmi156.06 Kb.
    #31273
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    150тсутка uz-assistant.uz
    rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, Usmonov Dilshodbek
    -qumoloqlash va briketlash, ya’ni tayyor mahsulotni yuzaga keltirish;
    -po‘stli donlarni po‘stidan ajratish-suli, arpa;
    -suyuq komponentlarni kiritish-melassa, gidrol, yov, o‘simlik moyi, baliq yovi, gidrolizat, melassa va karbamid eritmalar, tuz va suv;
    -alohida mahsulotlarga nam-issiqlik va issiqlik bilan ishlov berish-pishirish, briketlash, quruq briketlash, mikronizatsiya va boshqalar;
    -tayyor mahsulotni qadoqlash;
    -joylashtirish, saqlash va tayyorlash mahsulotni istemolga chiqarish;
    -mahsulot sifatini davlat standarti ko‘rsatkichlariga muvofiq nazorat qilish;
    -tayyor mahsulotni sifati, ko‘rsatkichlarining shakllanishi, tannarhi va iste’molga yaroqliligi yuqorida izohlab o‘tilgan jarayonlarning qay darajada bajarilishi bilan ifodalanadi. Shuningdek texnologik jarayonlar o‘tishining ob’ektiv qonuniyligi, uning qulay rejimlari, jarayonlarning kechirishida turli omillarning ta’siri va umumiy texnologik samaradorligi nazarda tutilishi kerak.
    -granulalangan omixta yem tayyorlash texnologik liniyasini grafik qismi va xisob qismlarini ishlab chiqish
    -malakaviy ishini iqtisodiy samaradorligini xisoblash, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni jadvalga xolatiga keltirish
    Bitiruv malakaviy ishimni bajarishda Koson don qabul qilish masuliyati cheklangan jamiyatidagi 20 t/ sutka quvvatga ega bo‘lgan va “Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat olib boradigan quvvati 300 t/sutka Gollandiya uskunalari o‘rnatilgan 2 xilda lmixta yem ishlab chiqaradigan Aralash ozuqa sexini batafsil o‘rganish orqali malumotlarni to‘pladim va berilgan mavzuga asosan bajarishga erishdim.

    II.Texnologik qism
    2.1 Ishlab chiqarishning nazariy asoslari
    Omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi jarayonlardan iborat: qabul qilish, joylashtirish, saqlash xom-ashyoni qayta ishlash, yuborish, elash, metallomagnit chiqindilardan tozalash, qobig‘idan ajratish (oqlash), komponentlarni maydalash, maydalangan komponentlarni elash, miqdoriy taqsimlash va aralashtirish, granulalash va qadoqlash.(6)
    Biz don va xom ashyolarni qayta ishlashga tayyorlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Qabul qilingan xom-ashyolar turli atregat xolatda va turli shaklda bo‘lgani uchun ularni liniyalarga bo‘lib qayta ishlanadi. Bular quyidagi liniyalar:
    -Donli xom ashyolar liniyasi donlarni tozalash va maydalash uchun xizmat qiladi. Donli xom ashyolarga suli, arpa, makkajo‘xori, bug‘doy, prosa, no‘xat, kepak hamda donga birlamchi ishlov berishdagi olingan chiqindilar kiradi. Donlarni separatorda tozalab keyin maydalash jarayoniga uzatiladi. Maydalashdan keyin elanib yaxshi maydalanmaganlari qayta maydalashga yuboriladi va dozatordan oldingi bunkerga kelib tushadi. Xom –ashyolarni xavo- elakli separatorda tozalanadi.
    -Qobig‘idan ajratish (oqlash) liniyasi. Ko‘pgina omixta yem retseptlarida suli va arpa donlari ko‘rsatilgan. Lekin yosh mollar parrandalarga bu donlarning qobig‘i salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun bu donlarni maydalashdan oldin oqlash jarayonidan o‘tkaziladi. Oqlash jarayonini 2 usulda amalga oshirish mumkin:
    1. Suli va arpani maydalash uskunalarida maydalab, hosil bo‘lgan xom ashyodan yengil bo‘lgan qobiqlarni aspiratsiya orqali ajratib olish usuli.
    2. Qobiqdor donlarni tozalab yirikligi bo‘yicha saralab keyin rezina valli
    oqlash uskunalaridan o‘tkazib duospirator yordamida qobiqni ajratib olinadi.Oqlangan yorma maydalash uskunasida maydalanib dozatordan oldingi bunkerga yuboriladi.
    -Unsimon xom ashyolarni tayyorlov liniyasi. Bu liniyaga maydalash lozim
    bo‘lmagan xom ashyolar kelib tushadi (kepak, lukchalar). Bu liniyada xom ashyolarni bexosdan tushib qolgan yirik aralashmalardan va metallomagnit aralashmalardan tozalanadi. Kerak bo‘lganda kepak elanib yirik fraksiyasi qayta maydalashga yuboriladi.
    -Presslangan va yirik hajmli xom ashyolarni tayyorlash liniyasi. Bu liniyada yirik xom ashyolar avval sterjenli maydalagichda 20-30 мм gacha maydalanib keyin magnit kolonkadan o‘tib, bolg‘ali maydalagichda kerakli o‘lchamgacha maydalanadi.
    -Oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlash liniyasi. Bu liniya hayvonlardan olingan xom ashyolarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Hayvon xom ashyolariga quyidagilar kiradi: suyak, mol qoni, baliq uni, suyak uni va boshqalar. Bu liniyada xom ashyolar begona aralashmalar va metallomagnit aralashmalardan tozalanadi. Bu liniyada xom yirik xom ashyolarni maydalab, elab bunkerga uzatiladi.
    -Mineral xom ashyolar liniyasi. Mel, osh tuzi, oxak va shu kabi mineral xom ashyolarni qayta ishlash uchun xar bir korxonada bo‘lishi kerak. Bu liniyada yirikligi bo‘yicha saralanadi, maydalanadi va kerak bo‘lsa quritiladi. Bo‘rni namligi 8 % va osh tuzini namligi 2 % oshsa bu xom ashyolarni quritish kerak bo‘ladi. Bo‘r va osh tuzi barabanli quritgichda quritiladi. Oxak ikki marotabali maydalashdan o‘tkazilib 0,45x0,45 mmli elakda elab olinadi.
    -Xom ashyolarni boyitish liniyasi. Omixta yemga kerak bo‘lganda oqsil, vitamin mikroelementlari, antibiotiklar va stimulyatorlar qo‘shiladi.
    -Suyuq ingrodiyentlarni qayta ishlashi liniyasi. Suyuq xom ashyolarga melassa, gidrol, jo‘xori ekstrakti va boshqalar kiradi.
    Melassa, baliq ekstrakti va ozuqaviy yog‘lar sisternadan tushiriladi va va ishlab chiqarishga uzatish uchun qizdirishni talab qiladi. Melassani omixta yemga qo‘shishdan oldin 50-600S gacha qizdiriladi. Melassa 40S da oquvchanligini yo‘qotadi va 600S dan yuqori temperaturada kristallanadi.
    -Miqdoriy taqsimlash (dozirovkalash). Suyuq ingrediyentlar maxsus hajmiy dozotorda dozalanadi.
    Xar bir xom ashyo qayta ishlangandan so‘ng dozatordan oldingi bunkerga kelib tushadi. Bunkerlar xom ashyolar to‘kiluvchanligiga qarab tanlangan bo‘lib pastdagi konussimon qismi 60-700S burchak ostida bo‘lishi kerak. Bunkerdan chiqqan xom ashyolar magnit kolonkadan o‘tib dozatorga kelib tushadi va retseptda ko‘satilgan miqdordagi qismi aralashtirish liniyasiga o‘tadi.
    Omixta yem ishlab chiqarishning samaradorligi, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati va bahosi ko‘p jihatdan xom ashyoning sifati yaʼni tozaligi bilan belgilanadi. Omixta yemning asosiy xom ashyosi bo‘lgan don massasi hech qachon bir turda bo‘lmaydi. Don tarkibida turli aralashmalar, begona o‘t urug‘lari, tuproq, tosh, metall aralashmalar, zararkunandalar va boshqalar mavjud bo‘ladi. Bu aralashmalar tayyorlanadigan mahsulot sifatiga salbiy taʼsir etadi. Bu aralashmalar donni yig‘ib terib olish, tashish va saqlashda hosil bo‘ladi. (9)
    Don tarkibidagi og‘ir aralashmalar, minerallar tosh, qum, kesak, ruda, shisha va shunga o‘xshash aralashmalarni yuqoridagi izohlangan separatorlarda ajratib bo‘lmaydi. Chunki bu aralashmalar og‘ir bo‘lganligi tufayli havo oqimi ularni olib ketolmaydi, o‘lchami donga teng bo‘lgan aralashmalar esa elakda don bilan birga qolaveradi. Donni bunday aralashmalardan tozalash uchun tebranma pnevmatik separatorlardan foydalaniladi. Bunda komponentlar elamasdan yoki elab ajratiladi. Toshlarni ajratuvchi uskunalar elamasdan ishlash xususiyatiga ega. Elash bilan birga ishlaydigan uskunalarga konsentratorlar kiradi.(5)
    Tozalangan don qabul qiluvchi qurilmaga tushiriladi va tarqatuvchi moslama yordamida tebranma qopqoqqa uzatiladi. Qopqoq nishab xolida bo‘lib, muntazam
    ravishda maʼlum yo‘nalish asosida turadi. Bunda minerallar va toshli aralashmalar yuqoriga qarab harakatlanadi. Quyi qismda berilgan havo oqimi don tarkibidagi yengil aralashmalarni so‘ruvchi uskunaga olib ketadi. Bu yerda esa havo filtrdan o‘tkazilib changva yengil aralashmalar ushlab qolinadi.Tozalangan don esa qopqoqning ikkinchi tomoniga harakatlanadi.(8)
    Gul qobiqli donlarga tariq, jo‘xori, arpa, sholi va boshqa donlar kirib, bu donlarni po‘stidan ajratish muhim jarayon hisoblanadi. Donlarning qobig‘idan ajratishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, bu usullar donning tuzilishi, qobig‘ining mustahkamligi, don yadrosining mustahkamligi, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentiga bog‘liq xolda tanlanadi.
    Don va boshqa omixta yem komponentlariga issiqlik va bug‘ bilan ishlov berish keyingi yillarda sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Issiqlik va bug‘ bilan, yaʼni gidrotermik ishlov berish quyidagi maqsadlar uchun qo‘llaniladi:
    mahsulot tarkibidagi uglevod komplekslari parchalanishini oshirish va kraxmal gidrolizi natijasida nisbatan sodda birikmalar qand va dekstrinlar hosil bo‘lishini taʼminlash. Bu jarayon ayniqsa yosh hayvonlar uchun muxim ahamiyatga ega hisoblanadi, chunki ularning xazm qilish organlarida kraxmal qiyin parchalanadi;
    xazm qilish fermentlari ingibitorlari va boshqa nooziqa moddalarni inaktivatsiyalash;
    xomashyoni sterilizatsiyalash va mikrofloralar rivojlanishini susaytirish;

    Download 156.06 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 156.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -qumoloqlash va briketlash, ya’ni tayyor mahsulotni yuzaga keltirish; -

    Download 156.06 Kb.