-MA’RUZA. FUQAROLAR MUXOFAZASINI TASHKILIY STRUKTURASI




Download 7,87 Mb.
bet104/201
Sana20.06.2024
Hajmi7,87 Mb.
#264582
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   201
Bog'liq
Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

14-MA’RUZA. FUQAROLAR MUXOFAZASINI TASHKILIY STRUKTURASI.
Reja:
1. Fuqarolar muxofazasini tashkiliy strukturasi haqida tushunchalar.
2. Fuqarolar muxofazasini tashkiliy tomonlari.
3. Fuqaro muhofazasining kuch va vositalari.

Favqulodda vaziyatlar bo’yicha davlat tizimi (FVDS) ning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:


Tinchlik va urush paytida FVlarda aholini va hududni himoyalashning huquqiy va iqtisodiy me’yorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Respublika hududida bo’lishi mumkin bo’lgan texnogen va tabiiy FVlarni prognozlash va oqibatlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan baholash; Iqtisod tarmoqlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni mulkiy shakllaridan qat’iy nazar faoliyat ustivorligini oshirish;
FVlarni ogohlantirish, boshqaruv tizimini, kuch va vositalarini doimo tayyor holda boishlarini ta’minlash, hamda uning oqibatlarini yuqotish;
FV holatida aholini va hududni himoyalash bo’yicha axborotlarni o’z vaqtida yig’ish, ishlab chiqish va tarqatish;
Aholini, rahbar xodimlarni, boshqaruv organlarini, FVDS kuch va vositalarini oldindan tayyor holga keltirib qo’yish;
FVlar oqibatini tugatish uchun moliyaviy va moddiy zaxira tashkil qilish;
FVdan zarar ko’rgan aholini ijtimoiy himoyalash va xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
2. Fuqaro muhofazasi kuchlari — O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududini tinchlik va urush vaqtida tabiiy, ekologik va texnogen FVlardan himoyalovchi davlat, mahalliy, inshoot va boshqa tizim va qismlar.
FM kuchlari quyidagilardan tashkil topadi:
FV, MV va IIV larining harbiy qism va bo’linmalari;
FVVning bevosita va tezkor maxsus qismlari; Vazirlik va tarmoqlarning qismlari;
FM hududiy va inshoot noharbiy qismlari, shu jumladan, urush vaqtida ham. FVVning bevosita tasarrufidagi kuchlar (1785 kishi):
1.Maxsus aloqa bataloni (220 kishi);
2.Aloqa bo’limi (66 kishi);
3. SHahar tashqarisidagi boshqaruv punkti (140 kishi);
4. Kimyoviy radiometrik laboratoriya (5 kishi);
5. Fuqaro muhofazasi instituti (71 kishi);
6. Omborlar;
7. Markaziy aeromobil otryadi;
8. Respublika tezkor ixtisoslashgan markazi (RTIM);
9. Tezkor harbiylashgan terma otryad (TXTO). FVV talabnomasi bo’yicha ajratiladigan kuchlar:
1. Mudofaa Vazirligining mexanizatsiyalashgan bataloni;
2. IIVning harbiylashgan yong’in muhofazasi Respublika terma otryadi;
3. SSVning tezkor tibbiy yordam Respublika markazi (47 kishi);
4. O’zavtotrans birlashmasini avtotransport va avto-sanitariya otryadlari (30 kishi);

Fuqaro muhofazasining vositalari - bu O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududini tinchlik va urush vaqtida himoyalash uchun zarur moliyaviy va moddiy-texnik boyliklar yig’indisidir.


Moliyaviy boyliklar davlat, FV vazirliklar, tarmoqlar, hokimliklar, korxona va tashkilotlar, hamda jamoat tashkilotlari mablag’laridan tashkil topadi.
Texnik va mulk turlari bo’yicha FM vositalari: •Kimyoviy, aloqa, muhandislik, yong’in muhofazasi, tibbiy va ichkari tomon xizmatlaridan iborat.
O’zbekiston Respublikasi FMtizimi tabiiy ofatlar, avariyalar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya va boshqa Favqulodda vaziyatlar paytida tinchlik va urush vaqtida aholini va hududni himoyalashga qaratilgan umumdavlat tadbirlar tizimidir.
FM bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishini belgilaydi;
FV vujudga kelganda Konstitutsiyaning 93 moddasiga binoan, Respublika hududida yoki uning ayrim joylarida Favqulodda holat e’lon qiladi;
FV vujudga kelganda O’zbekiston Respublikasi Harbiy kuchlarini, boshqa harbiy qism va bo’linmalarini FV oqibatlarini bartaraf qilish uchun jalb qilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi:
FM bo’yicha qonunlar qabul qilishni ta’minlaydi;
FM masalalari bo’yicha parlament eshituvlari o’tkazadi;
FM tadbirlarini amalga oshirish uchun mablag’ manbasini va hajmini aniqlaydi;
Respublika Prezidentining Favqulodda holat kiritish, uni cho’zish va tugatish haqidagi farmonlarini tasdiqlaydi.



O’zbekiston Respublikasi Hukumati:
Konstitutsiya va Prezidentning FM to’g’risidagi qonun va me’yoriy aktlari asosida qaror va buyruqlar chiqaradi va ularning ijrosini ta’minlaydi;
FVlarni ogohlantirish va ishlarni boshqarish Davlat tizimi ishini, davlat ijroiya organlarining vazifalari, faoliyat tartibi, huquq va majburiyatlarini belgilaydi;
FV oqibatlarini tugatishga mo’ljallangan moliyaviy va moddiy boyliklar zaxirasini ta’minlaydi va undan foydalanish tartibini belgilaydi;
Vazirlik, boshqarma va mahaliy ijroiya organlari faoliyatini nazorat qiladi;
FVlarning tasnifi va oqibatlarini bartaraf qilish bo’yicha davlat ijroiya organlari huquqlarini belgilaydi;
Prezidentni FV sodir bo’lganligi yoki xavfi borligi haqida ogohlantiradi;
FM ta’minlash bo’yicha mablag’ va vositalar ajratadi, uni maxsus texnik va boshqa moddiy texnik boyliklar bilan ta’minlaydi. Favqulodda vaziyatlar bo’yicha davlat tizimi: Davlat tizimi O’zbekiston Respublikasi aholi va hududini FVlarda himoyalash, uning kuch va vositalarini boshqarish organlarini birlashtiradi, iqtisodiy zararlarni kamaytirish, FVlarni ogohlantirish, bartaraf qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
Jamoat tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi qonunlari va o’z nizomlari asosida aholi va hududni himoyalash tadbirlarida qatnashishlari mumkin. Ular o’z faoliyatlarini Favqulodda vaziyatlar bo’yicha davlat tizimi tasarrufida olib boradilar.
FV oqibatlarini tugatishda qatnashayotgan jamoat tashkiloti a’zolari tegishli tayyorgarlikka ega bo’lishlari kerak.
Davlat FM bo’yicha barcha boshqaruv ishlarini FVV orqali olib boradi. FVV vaziri o’z mavqei bo’yicha O’zbekiston Respublikasi FM boshlig’i sanaladi.
O’z navbatida FV Vazirligi:
FM ishlarini bevosita boshqaradi va uni ogohlantirish, oqibatlarini bartaraf qilishga javobgardir;
FM bo’yicha barcha vazirliklar, boshqarmalar, viloyat, shahar va tuman hokimlari faoliyatini boshqaradi.

Download 7,87 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   201




Download 7,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MA’RUZA. FUQAROLAR MUXOFAZASINI TASHKILIY STRUKTURASI

Download 7,87 Mb.