|
Evakuvatsiya ikki xil bo’ladi
|
bet | 100/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiEvakuvatsiya ikki xil bo’ladi:
Oldindan o’tkaziladigan evakuvatsiyalar;
SHoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) evakuvatsiyalar. Oldindan o’tkaziladigan evakuvatsiyalar falokat yoki tabiiy ofat yuzaga kelishi va harbiy harakatlar boshlanishi ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida shoshilinch ma’lumot olingandan keyin o’tkaziladi. Bunga bir necha o’n daqiqadan bir necha kungacha bo’lgan davr orasida FV sodir bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi ma’lumot olingandan keyin taxminlashga asos bo’ladi. SHoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) evakuvatsiyalar aholi hayoti va salomatligiga xavf tug’iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi FV yuzaga kelgan yoki harbiy harakatlar boshlanganda, aholining odatiy kun kechirish sharoiti buzilgan hollarda o’tkaziladi. FV rivojlana borishi va harbiy harakatlarning tavsifiga qarab, evakuvatsiya qilinadigan aholi soniga qarab, evakuvatsiyalar uch xil bo’ladi:
CHeklangan evakuvatsiyalar;
Mahalliy evakuvatsiyalar;
Mintaqaviy evakuvatsiyalar.
CHeklangan evakuvatsiyalar shaharning bir qismi yoki qishloq chegarasidan chiqmagan, ko’chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan FV larda o’tkaziladi. Bunday holda ko’chirilgan aholi, odatda, FV hududiga tutash aholi yashash joylariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga joylashtiriladi. Mahalliy evakuvatsiyalar o’rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari FV hududiga tushib qolgan hollarda o’tkaziladi. Bunda ko’chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o’n minglab kishigacha yetishi mumkin bo’lib, odatda, FV hududi bilan yondosh xavfsizjoylargajoylashtiriladi. Mintaqaviy evakuvatsiyalar shikastlovchi omillar katta hududlarga yoyilib, yirik shaharlarni ham o’z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuvatsiya FV yuz bergan hududdan transportda, piyoda olib chiqiladigan aholi o’zlarining yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko’chirilishlari mumkin. Aholining evakuvatsiya tadbirlari bilan qamrab olinganligiga qarab, ikki turi bo’ladi:yalpi evakuvatsiya; qisman evakuvatsiya.
Yalpi evakuvatsiyada FV yuz bergan hududdan hamma aholi olib chiqib ketiladi. Qisman evakuvatsiyada esa asosan mehnatga layoqatsiz aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, litsey, kollej, texnikum va oliy o’quv yurtlari o’quvchi va talabalari olib chiqib ketiladi.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish haqida qarorga kelish huquqi FM boshliqlariga berilgandir. Ular evakuvatsiyaning umumiy rahbarligini olib boradilar. Aholini evakuvatsiya qilish ishlarini bevosita tashkil etish va o’tkazishga esa viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ma’muriyati va aholini evakuvatsiya qilish tashkilotlari rahbarlik qiladi.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuvatsiya qilish tadbirlarini barcha omillarni hisobga olgan holda rejalashtirishni hamda transport vositalarini, ularning yo’llarini, evakuvatsiya qilinadigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo’yilishini, shuningdek, aholining FV sharoitiga har tomonlama tayyorgarlik ko’rishlarini talab etadi.
Bunday tayyorgarlikni hokimiyat ijro idoralarining va boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig’i bo’lgan rahbarlari tashkil etadilar va o’tkazadilar.
Aholini evakuvatsiya qilish prinsipi bo’yicha ikki tur xildir:
|
| |