|
Mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 99/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiMustahkamlash uchun savollar.
1. Himoya inshootlarining bir-biridan farqi va ularni himoyalash darajalari qanday?
1. Fuqarolarni muhofaza qilishning ogohlantirish uslubini mohiyati qanday?
2. Nafas organlarni saqlovchi vositalar va ularning xususiyatlarini tushuntiring?
3. Shaxsiy tibbiyot vositalari va ularning vazifalari nimalardan iborat?
4. Terini saqlovchi vositalar, turlari va xususiyatlarini tushuntiring.
5. Evakuatsiya omilini mohiyati va uni tashkil etish tadbirlari qanday bо‘ladi?
6. Evakuatsiya davomida aholining bezovtalanmasligi uchun qanday omillar zarur bо‘ladi?
7. Qanday joylar evakuatsiya punktlari (EP) bo lishi mumkin?
8. Evakuatsiyada qanday tuzilmalar faoliyat olib boradi?
9. Fuqarolarni xavfsiz hududgacha evakuatsiya qilish qanday tartibda amalga oshiriladi ?
13-MA’RUZA. FAVQULODDA VAZIYATLARNING YUZAGA KELISHI.
Reja:
1.Favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishi, ularning hususiyatlari .
2.Ogohlantirish, umumiy himoya inshootlarida saqlash.
3.Evakuatsiya tushunchasi, uning turlari va tashkil etish tadbirlari. Aholini va moddiy boyliklarini evakuatsiya qilsh qoidalari.
Tabiiy va texnogen tusdagi FV yuz berganda va harbiy harakatlar sharoitida aholini muhofaza qilishning eng samarali usuli aholini evakuvatsiya qilishdir. Insoniyat aholini himoya qilishning bu samarali usulidan uzoq vaqtlardan beri foydalanib keladi.
Evakuvatsiya masalalari ayniqsa, 1 va 2-jahon urushlarida keng rejalashtirilib, unda o’n millionlab kishilar minglab chaqirim uzoqlikdagi xavfsiz joylarga ko’chirilganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida sobiq Ittifoqning front oldi hududlaridan 1500 dan ortiq muhim sanoat korxonalari o’zlarining ishchi-xizmatchilari, ularning oila a’zolari bilan mamlakatning ichkarisiga ko’chirilganligi ma’lum.
XX asrning 60-80-yillarida aholini evakuvatsiya qilish masalasi yirik shaharlar aholisini ommaviy qirg’in qurollaridan, birinchi navbatda yadro qurolidan muhofaza qilishning asosiy usuli sifatida o’rtaga qo’yildi.
Oxirgi yillarda esa tabiiy va texnogen tusdagi FV lar sodir bo’lgan hududlardan aholini evakuvatsiya qilish zarurati tobora ortib borayotir.
Masalan, CHernobil AESida sodir bo’lgan halokat, Armanistonning Spitak, Leninakan, Kirovakan va Stepanakert shaharlarida yuz bergan zilzila, O’zbekis-tonning Shohimardon va boshqa joylardagi yuz bergan FVlar bunga yorqin misoldir.
1986-yilda CHernobil AESidagi halokat tufayli radiatsiya tarqalishi bois uning tevaragidan 200 mingdan ortiq kishi ko’chirildi. 1998-yilda Shohimardonda yuz bergan fojeaning dastlabki 2 kecha-kunduzida 14200 kishini, jumladan, 3150 bolalarni xavfsiz joylarga ko’chirishga to’g’ri keldi.
Texnogen, tabiiy, ekologik va harbiy tusdagi FV yuz bergan hududlardan aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuvatsiya qilish tadbirlarini rejalashtirish va o’tkazish aholini FV ning oqibatlaridan muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Muhandislik texnik tadbirlari va qoidalariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi joylashgan mintaqa quyidagi hududlarga bo’linadi:
xavfli hudud bu qattiq vayronagarchiliklar (zilziladan va boshqa FV lardan), kimyoviy, radiatsiyaviy zaharlanish, halokatli suv toshqini, sel kelishi, yer, qor ko’chkilari va boshqa hodisalar bo’lishi ehtimoli bor hududlar;
shahardan tashqari, xavfsiz hudud FV xavfi bor hududlardan tashqaridagi evakuvatsiya qilingan aholini joylashtirishga mo’ljallangan yaroqli hudud.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish bu tabiiy va texnogen turdagi FV yuz bergan, harbiy halokatlar boshlangan hududlardan aholini transportda va piyoda uyushgan tarzda olib chiqish va uni oldindan tayyorlab qo’yilgan xavfsiz joylarga vaqtincha joylashtirish tadbirlari majmuasidir. Evakuvatsiya tadbirlarini o’tkazish xususiyatlari quyidagilarga qarab belgilanadi:
FV manbaining tavsifi;
FV manbaining ta’sir ko’rsatish mintaqasi va vaqti;
transportda va piyoda olib chiqiladigan aholi soni;
tranport vositalarining mavjudligi va imkoniyatlari;
evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish vaqti va tezkorligi.
|
| |