• Aholini evakuvatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo’ladi
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




    Download 7,87 Mb.
    bet101/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    ishlab chiqarish-hududiy;

  • hududiy bo’lishi mumkin.

    Bunda, FV yuz bergan hududdan ishchilar, xizmatchilar, o’quvchilar, talabalar, korxonalar, tashkilotlar, muas-sasalar, o’quv yurtlari bo’yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish idoralari, shirkatlar orqali turar joylan bo’yicha transportda yoki piyoda olib chiqilishi nazarda tutiladi.
    Muayyan hollarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish hududiy turiga ko’ra, bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshiriladi.
    Aholini evakuvatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo’ladi:

    • transportda;

    • piyoda tartibda;

    aralash holda.
    Aralash usuli samarali va eng maqbul usul hisoblanadi. U mavjud transporter yordamida iloji boricha, eng ko’p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholining qolgan qismini ham birga qo’shib olib chiqishni nazarda tutadi. Bunda asosan, piyoda yura olmaydigan, yosh bolali ayollar, maktab o’quvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini transportlarda olib chiqish rejalashtiriladi.
    Bu usul aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish tadbirlarini eng qisqa muddatda o’tkazish imkonini beradi.
    Evakuvatsiya qilingan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo’lgunga qadar vaqtincha joylashtirib turiladi.
    Agar davlatlararo tegishli kelishuvlar bo’lsa, FV holatlarida O’zbekiston Respublikasining evakuvatsiya qilingan aholisi MDH qo’shni davlatlarida joylashtirilishi ham mumkin. SHu jumladan, O’zbekiston respublikasi hududi ham boshqa davlatlardan ko’chinib keltinlgan aholi uchun berilishi mumkin. Bunda hamkorhk qiladigan davlatlar vakolatli idoralarining birgalikda ish tutishi xalqaro huquq me’yorlariga, ikki tomonlama va ko’p tomonlama davlatlararo kelishuv hujjatlariga, O’z.R. va boshqa mamlakatlar qoidalariga asoslanadi.
    Favqulotda vaziyatlarni va ularning oqibatlarini oldindan aytish va baholash. Atrof jmuhitning tanazzulga (inqirozga, degradatsiyaga) uchrashi, urbanizatsiya, insonning xo’jalik faoliyati hajmi yuqori sur’atlarda ortishi, tabiatdan xo’jasizlarcha foydalanish tufayli yuzaga chiqadi. Ekologik jihatga ega bo’lgan Favqulodda hodisalarga tuproq tarkibining buzilishi va kadimiy, simob va og’ir metallar bilan zaharlanish, atmosferaning zararli kimyoviy moddalar, shovqin, elektromagnit maydonlari bilan ifloslanishi, nurlanishlar, kislota yomg’irlari, azon qatlamining yupqalashishi, yirik sanoat shaharlari ustida chang va tutunlarnini uzoq vaqt ushlanib qolishi, suv havzalarining kambag’allashib ketishi, ifloslanishi va zaharlanishi, odamlarning sog’ligiga tahdid qiladigan boshqa omillar kiradi.
    Ijtimoiy-siyosiy ixtiloflar (nizolar), davlatlar orasidagi kelishmovchiliklarni zamonaviy qurollar vositasida tanglik (krizis) keltirib chiqarish barobarida hal qilishga urinish o’ta fojeali yo’ldir. Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligi bo’yicha quyidagi sinflarga bo’lish mumkin:

    • tasodifiy — (er qimirlashi, portlash, transport avariyalari va h k.);

    • shiddatli — (yong’inlar, gidrodinamik avariyalar, o’tkir zaharli gazlar otilib chiquvchi port- lashlar va sh.o’.);

    • mo’tadil (o’rtacha) - suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi;

    • radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar;

    ravon — sekin asta tarqaluvchi xavflar (qurg’oqchilik, epidemiyalar, tuproqning ifloslanishi, suvning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va h k. lar).
    FV ning tarqalish ko’rsatkichi faqatgina u bevosita ta’sir qilgan hudud maydoni bilan belgilanmaydi, balki zararli hodisaning bilvosita tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muhim aloqalarga ta’siri bo’lishi mumkin bo’lgan maydonlarni ham qamrab oladi. Bundan tashqari doirasiga oqibatning og’irligi ham kiradi. Ba’zi hollarda favqulodda vaziyat maydoni bo’yicha kichik bo’lishiga qaramay darajani juda og’ir va katta talofatli bo’lishi mumkin. SHuning uchun FV larning kategoriyasini aniqlaganda ta’sir maydoni bilan birga uning og’irligini ham hisobga olish kerak. Bular FV lar tufayli yuzaga kelgan oqibatni yo’qotish uchun muhimdir. Ushbu majmuaviy belgi bo’yicha FV ni beshta turga bo’lish mumkin:

    • cheklangan obektga taalluqli (lokal);

    • mahalliy;

    • milliy;

    • regional (Respublika);

    • global (dunyo miqiyosidagi).


    Download 7,87 Mb.
  • 1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   201




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

    Download 7,87 Mb.