|
turli ko’rinishlardagi harbiy faoliyatlar
|
bet | 103/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiturli ko’rinishlardagi harbiy faoliyatlar.
Kelib chiqishi va turidan qat’iy nazar, FV laming rivojida to’rtta xarakterli bosqichlarni ajratish mumkin:
uyg’onish, paydo bo’lish, dunyoga kelish bosqichlari; — rivojlanish, avj olish bosqichi;
Eng yuqori darajasi, eng yuksak darajasi bosqichi;
pasayish, o’chish bosqichi (oqibatni lugatish). Uyg’onish bosqichida bo’lg’usi FV ning zamini uchun sharoit yaratiladi: noxush tabiiy jarayonlar faollashadi, inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari yig’ila boshlaydi va ko’plab texnik nosozliklar yuzaga chiqadi, uskunalar ishida, injener-texnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo bo’ladi va h k.
Uyg’onish bosqichi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan seysmik, meteorologik, sellarga qarshi va boshqa stantsiyalarning kuzatuvlarini juda sinchiklab o’rganish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi.
Rivojlanish, avj olish bosqichida inson omili asosiy o’rnini egallaydi. Statistik ma’lumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson xatosi tufayli ro’y berganligini ko’rsatadi.
Eng yuqori darajadagi bosqichida esa odamlar va atrof muhitga xavf solib turgan modda yoki energiyaning ozod bo’lishi, ya’ni Favqulodda hodisa kuzatiladi. FV ning o’ziga xosligi shundaki, u zanjirsimon xarakterga ega. Unda energiyaga tola, zaharli va biologik faol komponentlarning qo’shilib ketishi tufayli rivojlanishi ko’p martalab (gohida yuz martalab) ortib ketadi. Boshqacha aytganda, bu modda va energiyani vayron qiluvchi bo’shalishi zanjirsifat jarayondir. Pasayish, o’chish bosqichiga vaqt bo’yicha xavf manbaining jilovlab olish davridan boshlab to uning oqibatini bevosita va bilvosita bartaraf qilguncha ketgan vaqtdir. Bu bosqichning davomiyligi yillar, gohida o’n yillar davom etishi mumkin.
FV larni shikastlanish sabab-oqibat zanjirini muayyan sharoitda bilish bunday vaziyatning oldini olish ehtimolini oshiradi va oqibatlarini tezroq tugatishga yordam beradi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.Favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishi, ularning hususiyatlarini tushuntiring .
2.Ogohlantirish, umumiy himoya inshootlarida saqlash deganda nimani tushunasiz?.
3.Evakuatsiya tushunchasi, uning turlari va tashkil etish tadbirlari. Aholini va moddiy boyliklarini evakuatsiya qilsh qoidalar haqida nima bilasiz?.
|
| |