Tasavvur qilib xomaki rasm ishlash. Tasawurda xomaki rasm
chizish naturani bevosita kuzatish bilan bog‘liq emas. U awal idrok
qilingan, predmet olami va ongda muhrlanib qolgan hodisalar
asosida ijro etiladi. Idrokka (qabul qihshga) nisbatan tasawur yanada
umumiy xarakterga ega. Ularda tafsilot kamroq bo‘ladi va faqat
predmet-hodisalaming asosiy xususiyatlarini aks ettiradi. Shuning
uchun ham tasawurda chizilgan xomaki rasm «o‘zidan chiqarib»
iborasiga yaqin va o‘zining mantiqiyhgi bilan bevosita naturaga qar-
ab chizilgan xomaki rasmdan farq qiladi.
169
Tasavvurda rasm chizayotgan kishi uni qamrab turgan vaqt va
natura holati kabi omillardan xoli bo‘ladi. U bamaylixotir, butun
diqqat-e’tiborini xomaki rasmga qaratib ishlashi, zarur ifoda va
tasviming ishonchligiga erishgan holda faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Eng oddiy vazifa — polda turgan oddiy stul rasmini tasawurda
chizish uchun u ana shu stulning shakli, uning konstruksiyasi va
asosiy o‘lcham nisbatlarini eslay olishi lozim. Xo‘sh, qayerdadir,
yuqorida va pastki nuqtayi nazardan ko‘rinadigan xuddi ana shu
stul qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? Predmet shaklining qurilishi
qancha murakkab boTsa, maTumki, uni «o‘zidan chiqarib»
tasawurda chizish ham shunchalik qiyin kechadi.
Rasm chizuvchi ongi (tasawuri)da predmetning kenglikdagi
obrazini tiklash vazifasi turadi. Bunday tiklash jarayoni, nafaqat,
predm et shakli haqidagi tasavvurni, balki uning qurilishi,
nisbatlari, harakat yo‘nalishi va tezligi kabi boshqa kenglikdagi
nisbatlarini ham o‘z ichiga oladi. Masalan, agar odam qaddi-qomati
kabi murakkab tirik shaklning naturasiz, o‘zidan chiqarib xomaki
rasmini (aytaylik, boTajak kartina eskizi uchun) umumlashgan
holda chizadigan boTsak, buning ustiga bu tasawurdagi naturamiz
tez harakatda, burilishda yoki boshqa holatda (aytaylik, cho‘qqidan
tezlikda tushib kelayotgan changTchi) boTsa, vazifa ancha
murakkablashadi.
Xomaki rasm ijrosidagi oldin xotirada tasvir obrazini, uning
qurilishini tasaw ur qilish, umuman, ushbu shakl maTum nuqtayi
nazardan qog‘ozga qanday oTchamni egallashini ko‘z oldimizga
keltirishimiz kerak boTadi. Faqat shundan keyingina, odamning
plastik anatomiyasi haqidagi bilimlami xotiraga olib, «o‘zimizdan
chiqarib» bir varaq qog‘ozga belgilab olgandan keyingina, buning
ustiga gavda, bosh, oyoq-qoTlar nisbati, ulaming oTchamlarini,
harakat paytida qisqarish proporsiyalarini, yoritilish holatini hisobga
olgan holda chizishni boshlash mumkin.
MaTumki, inson qaddi-qomatining «o‘zidan chiqarib» xomaki
rasmini chizish faqat tananing qurilishi haqidagi bilimlar yetarli
boTgan taqdirdagina yaxshi amalga oshishi mumkin. Bunday bilim
va ko‘nikma esa, faqat inson tanasini doimiy kuzatish hamda natura,
tasaw ur va xotiradan qisqa chizgilar chizish, shuningdek, yalon-
g‘och va kiyimdagi modellardan muntazam ravishda foydalanish
bilangina erishish mumkin. Shuningdek, inson tanasining bosh,
170
qo‘l, oyoq kafti suyaklari kabi murakkab qismlaridan qilingan
mashqlar ham yaxshi natijalar beradi.
Har qanday holatdagi va tez harakatlanayotgan inson tanasini
«o‘zidan chiqarib» (naturasiz) erkin va ifodali tasvirlay bilish faqat
insonning plastik anatomiyasini, birinchi navbatda, skelet qurilishi
va skelet mexanizmi harakatlarini yaxshi bilish natijasida «natu-
radan» va «xotiradan» qilingan xomaki rasmlarda mashq va yanada
ko‘proq mashq oqibatida yuzaga keladi.
Tassavurda qilingan o‘quv xomaki rasmlar insonning har xil
holatlarda, ya’ni harakatsiz va harakatlanayotgan holatlarini
tasvirlash malakalarining to‘ldirilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xomaki
rasm larni tasavvurda bajarishga o ‘rgatishga davomli o ‘quv
vazifalaridagi o‘tilgan mavzularning o ‘zlashtirilishini tekshirib
ko‘rish uchun yordamchi mashqlarga ko‘p o‘rin ajratiladi. Bunday
tasaw ur bo‘yicha xomaki rasmlar chizishning tekshiruv mashqlari
o‘quvchilarda «o‘zidan chiqarib» ishonchbilan chizishda qobihyatni
rivojlantirishga ko‘mak beradi. Ayniqsa, bu hol maqsad qilib
qo‘yilgan yangi qirralar tobora murakkablashib borganda, yaqqol
ko‘zga tashlanadi.
Tasviriy san’atning hamma tur va jamlarida tasawurda xomaki
rasm chizishning asosiy vazifasi — badiiy obraz yaratish ishida
turtki bo‘ladigan ko‘mak, yordam ko‘rsatishdir. Naturasiz ishlana-
digan xomaki rasmlar (ya’ni, «o‘zidan chiqarib») murakkab ijodiy
fikmi yuzaga chiqarish uchun eng qulay texnik vosita hisoblanadi.
Shuning uchun ham tasviriy san’atga o‘rgatishda tasawurda xomaki
rasmlar chizish borasida o ‘quv-dala amaliyotining ahamiyati
kattadir.
Kompleks xomaki rasmlar (barcha usullarni qo ‘llagan holda)
Eng so‘nggi va eng murakkab xomaki rasmlar turi, bu —
kompleks usulda bajariladigan, ya’ni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
usullarni hammasidan qisman foydalangan holda (naturadan,
kombinatsiyalashgan yoki dastlab naturadan, keyin xotiradan,
shuningdek, faqat xotiradan va tasavvurdan) ijro etiladigan xomaki
rasmlar.
Kompleks usulni qo‘llash zarurati, asosan, ko‘pgina bir vaqt-
ning o‘zida harakatlanayotgan obyektlardan xomaki rasm chizish-
171
da paydo bo‘ladi. Binobarin, bir guruh odamlar, ayniqsa, xomaki
rasmda guruhni tashkil etadigan odamlarning o‘zaro joylashuvini
xomaki rasmda qidirish va o‘z o‘miga qo‘yishda bu usulga murojaat
etiladi.
Kompleks xomaki rasm chizishga o‘rgatish rasm darslarida
o‘tkaziladi. Lekin amaliyotda u «Kompozitsiya» o‘quv bosqichida
ko‘proq qo‘llaniladi. Shuning uchun ham bu xomaki rasmlarni
shartli ravishda «Kompozitsion», deb atash ham mumkin. 0 ‘z ijro
usuliga qarab, ular u yoki bu holatda naturani kuzatish bilan
bog‘liqdir. Shuning uchun ulami xayolan ijro etiladigan badiiy
obrazning kompozitsion yechimi — xomaki eskizlar bilan chal-
kashtirish kerak emas.
Xayolan xomaki rasmlar chizish
Xayolan xomaki rasmlar chizish — bu juda umumlashgan
xomaki rasm — eskiz bo‘lib, unda badiiy tasawurning rnuayyan
grafik natijasi sifatida paydo bo‘ladigan badiiy obraz gavdalanadi.
Rassom xayoloti obyektiv borliqdagi predmet va hodisalar
haqidagi olingan tasavvurlari va undagi idrok etish zaxirasiga
asoslangandir. Rassom o‘z xohishiga qarab, bu tasawurlami qayta
va qayta shakllantirib, ularni kombinatsiyalab, ular o‘rtasida
bog‘lanish yasab yoki ulami bir-biriga zid qo‘yib, badiiy obrazning
bir butunligiga, maksimal darajada ifodaliligiga erishadi.
Tasawurlarning o‘zi yetarli darajada umumlashgan bo‘lganligi
sababli ham xayolot kuchi bilan qayta ishlangan xotirotlar idrok
etish obyektidan ancha uzoqlashadi, lekin shu bilan birga u o‘zining
realistik tasvir uchun zamr bo‘lgan alomatlarini saqlab qoladi.
Tasawur qiling, bir-biri bilan yagona harakat yoki biror oddiy
sujetda ifodalangan mazmun bilan bog‘liq ikki kishini «o‘zidan
chiqarib» (tasawurda) tasvirlashdek oddiy vazifa ham tasavvur
qilish, xayolotga berilishni talab etadi.
Mazmunning m a’no va mohiyatiga chuqur ta ’sir qiladigan,
ya’ni tasvir ifodasiga ta’sir qiladigan ikki shaklning o‘zaro joylashuvi
va ichki bog‘lanishi kabi juda ko‘plab har xil variantlar tug‘ilishi
mumkin. Eng yaxshi variantni qidirib topishda, ulami o‘zaro bir-
biri bilan taqqoslash zamr bo‘ladi.
Rassom o‘zi o‘ylab qo‘ygan ijodiy fikri uchun rnuayyan yorqin
172
javob olishi kerak bo‘lsa, xomaki rasmning asosiy alomatlari —
uning umumiylashgani, mantiqiy jihatdan to ‘g‘riligi kabilar katta
ahamiyat kasb etib qoladiki, ular tashqaridan qaraganda go‘yo
tugalsizdek ko‘rinadi. Vaholanki, aynan ana shu tugalsizlik badiiy
tasawurning keyingi faoliyatiga ko‘proq turtki bo‘ladi, ijodkomi
ko‘proq ifodalilikka undaydi.
Tugallanmagan xomaki rasm topilgan yechimga dastlabki fikrga
muvofiq tez va yaqqol ishonch hosil qilish, unchalik qiyinchiliksiz
yaxshilash tomonga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish imkonini
beradi. Bunda kiritiladigan o‘zgartirishlami awalgi variantlaridagi
bilan solishtirish uchun aynan ana shu xomaki rasmga kiritish
ham mumkin bo‘ladi. Nihoyasiga yetkazilgan rasmdagi biror qismni
texnikjihatdan o‘zgartirish, qo‘l yoki oyoqni biroz bo‘lsa-da surish,
tana yoki boshni biror tomonga burish, tana harakatini kuchaytirish
anchagina qiyinchilik tug‘dirishi ma’lum.
Qalamda yenghgina ishlangan xomaki rasmda esa, bu ish unchahk
mushkullik tug‘dirmaydi. Chunki bunda aw al belgilab qo‘yilgan
narsani o‘chirish yoki yo‘q qilish zamrati tug‘ilmaydi. Oddiygina
solishtirish bilan badiiy fikming yangi, yanada ifodaliroq variantini
topish imkonini beradi. Xomaki rasm-eskizni muddatidan oldinroq
tugatib qo‘yish keyingi ishga xalaqit beradi, tasaw um i toraytiradi.
|