5.5. Qo‘l kaftini chizish
Topshiriqdan k o ‘zlangan
maqsad qo‘l kafti tuzilishini to ‘liq o‘zlashtirishdan iborat. Mash-
hur usta rassom va nazariyotchi I.D. Preyslerning qo‘l kaftlarini
tasvirlashga oid namunasida kaftining tuzilishi, uning turli burilish
va rakurslardagi holati ko‘rsatilgan. Qo‘l kafti murakkab shakl-
lardan tuzilganligi, katta burchakda harakatlanishi bilan xarakter-
lanadi va shu sababli ham rasm chizishdagi eng murakkab obyek-
tlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Rassomlarning fikricha, qo‘l kafti
qanday chizilganligiga qarab, rassomning ishiga baho berish mumkin.
Kaftni, ayniqsa, naturadan foydalanmay, xotiradan chizish mush-
kul. Shuning uchun kaftning turli ko‘rinishini naturadan uzoq
vaqt davomiy chizishdan oldin o‘quvchi uning turli holatlarini
qalamchizgilar bajarish orqali asta-sekin chizib, uni xotirada saqlab
qolishi lozim (110-rasm).
Qo‘l haykaltaroshlik va rassomchilik asarlarining asosiy obyekti
boTib, u tasvirlanayotgan modelning shaxsiy va ijtimoiy xusu-
siyatlarini ochib beradi. Yosh qizchaning qoTi keksa odamnikidan,
mashshoqning qoTi esa, temirchi ustanikidan farqlanadi. Tasviriy
san’at asarida qo‘1 odamning jismoniy va ichki holatini ifodalash
bilan birgalikda, harakatni ham anglatadi va uni yo‘naltiradi.
Shuning uchun barcha davr rassomlari qo‘1 tasviriga katta ahamiy-
at qaratishgan va uni chizish bo‘yicha ko‘p mashq qilib, bu borada
katta tajriba to‘plashgan.
160
110-rasm.
Qo‘l kaftlarini chizishdan oldin uning anatomik xususiyatini
o‘rganish kerak (111-rasm). Shuningdek, naturadagi kaftning tur-
li holat va rakurslardagi
ko‘rinishini chizish tav-
siya etiladi. Bulaming bar-
chasi qo‘l kafti tuzilishi
va plastik chiroyi o‘ziga
xosligini anglash imkoni-
ni beradi.
Kaft rasmini chizish
ketma-ketligi boshqa har
qanday hajmli jism tas-
virini chizish jarayoniga
mos keladi. Tasvirning
qog‘ozdagi joylashgan
o‘rni va masshtabi aniq-
langanidan so‘ng, uning
asosiy plastik harakati
bilan umumiy massasi,
shakli va quyidagi kaft
belgilari belgilanadi: bi-
lak suyagining kaft suy-
agi bilan birlashgan qis-
midagi bo‘g‘im, kaft usti
suyaklari, kaft suyaklari.
lll- r a s m .
Kaft plastikasini aniqroq ko‘rsatish uchun barmoq falangalariga,
aloliida barmoq uzunhgiga hamda bilak-kaft usti suyagi bo‘g‘imidagi
bilak va tirsak suyaklarining pastki uchiga e’tibor be-rish kerak,
chunki ular rasmning muvaffaqiyatli cliiqisliini ta ’minlaydi (112-
rasm). Rasmni plastika nuqtayi nazaridan to ‘g‘ri chizish uchun
bilak va barmoqlami eguvclii va bukuvchi mushaklaming joylashu-
vi va o‘lchamini, shuningdek, kaft suyagi boshchalaridan barmoq
112-rasm.
falangalariga o ‘tuvchi, barm oqlarni bukuvchi paylarni bilish
muhimdir.
Kaft rasmi umumiydan qismlarga o‘tish tamoyili bo‘yicha
chiziladi. Kaftning o‘ziga xos xususiyatini, harakatini belgilab olib
hamda aloliida qismlar va umumiy shakl tuzilisliini oydinlashtirib,
kaftni tashkil etuvclii qismlar cliizgilari ishlanadi. Bu yerda qismlarga
chalg‘imasdan, rasmni umumiy ko‘rinishda, yaxlitligicha chizish
zamr. Qismlami chizish davomida kaftning o‘rta, biroz chu-
qurlashgan joyiga hamda jimjiloq va bosh barmoq tomonida
muskullami hosil qiladigan do‘mboqqa e’tibor qaratish lozim.
Kaftning orqa tarafidagi yuza biroz bo‘rtib chiqqan. Bu shakl
birinchi va ikkinclii kaft suyaklari o‘rtasidagi suyak o‘rta mushagi
ta ’sirida hosil bo‘lgan. Bosh barmoq ko‘rsatkich barmoq bilan bir-
lashganda, bu bo‘rtma ko‘zga yaqqol tashlanadi. Mashg‘ulotlar
162
skelet suyaklari va tirik odamdagi mushaklar rasmlarini namoyish
etish bilan davom ettiriladi.
|