‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

95-rasm.
doimiy ravishda asosiy nisbatlami e’tiborda 
tutish kerak. Buning uchun o‘lchov vosi- 
tasi sifatida, masalan, bosh balandligini 
ohsh mumkin.
«Ekorshe» gips modeli rasmini ish- 
lashning dastlabki bosqichida rassom bu- 
tun modelning umumiy ko‘rinishini bel- 
gilab olishi lozim (96-rasm ). M odel 
qog‘ozda belgilab olinganidan keyin, 
chizishni ko‘rsatilgan ketma-ketlik bo‘yi- 
cha quyidagi suyaklar birlashgan joyini 
topishdan boshlanadi. Buning uchun quyi- 
dagilarni anglab olish kerak:
• modeldagi oyoqlarning holatini bel- 
gilash uchun tos va son suyaklari birlash- 
gan joyni aniqlash;
• tizza bo‘g‘imi va qopqog‘i holatini 
topish uchun son va boldir suyaklari bir- 
lashgan joyni aniqlash;
• ichki va tashqi tovon yuqorisidagi 
d o ‘m boqlar holatini belgilash uchun 
boldir suyaklarining tovon bilan birlash-
145


gan joyini aniqlash;
• ikki o‘mrov suyagining kurak va yelka suyaklari bilan birlash- 
gan joyini aniqlash;
• tirsak bo‘g‘imi joylashuvini belgilash uchun yelka suyagining 
bilak va tirsak suyaklari bilan birlashgan joyini aniqlash;
• bilak va tirsak suyaklarining qo‘l kafti bilan birlashgan joyini 
aniqlash lozim.
Rasm chizishda ushbu joylar mo‘ljal vazifasini o‘taydi. Anatomik 
model rasmini chizishni oyoqdan ham boshlash mumkin. Oyoqni 
tosdan boshlab qismlarga bo‘lib chiziladi. Bunda qismlar juft-juft 
(ikki oyoqdagi mushaklarni bir-biri bilan solishtirgan holda) 
chiziladi.
Awalambor, sonning tizzagacha bo‘lgan qisrni, so‘ngratizzadan 
boldirgacha bo‘lgan qism va eng oxirida tovon shakli aniqlanadi. 
Son shakli teri ostida joylashgan mushaklar tuzilishiga bevosita 
bog‘liq. Dastlab rasmda tos suyagidan pastga tushuvchi sonning 
to ‘g‘ri mushagi yengil chizgilar bilan belgilab olinadi. Shundan 
so‘ng, sonning ustki qismini shakllantiruvchi ustki tashqi serbar 
mushagi va ichki keng mushak chiziladi. Ko‘rsatib o‘tilgan mu- 
shaklaming pastki qismi tizza qopqog‘i hisoblanadi.
Chizishda qulaylikka erishish uchun taranglashtiruvchi serbar 
mushakni hamda undan biroz yuqoriroqdagi o‘rta dumba mushagini 
belgilab olish kerak. Sonning yuqori-ichki qismidan yaqinlash- 
timvchi uzun mushakni aniqlash lozim.
Boldir suyagi tuzilishiga o‘tish davomida, awalambor, katta 
boldir suyagining qirrasi yo‘nalishini to ‘g‘ri aniqlanadi va u tizza 
bo‘g‘imidan ichki tovon do‘mbog‘igacha belgilanadi. Shundan 
so‘ng, ichki va tashqi tovon holati va shakli aniqlanadi. Boldirning 
butun ustki yuzasi bo‘ylab, kichik boldir suyagining boshchasidan 
tortib kichik boldir mushaklarini belgilab chiqish kerak. Boldiming 
ichki tarafidan boldir mushakning lateral boshchasi va kamba- 
lasimon mushak belgilanadi. Shu yo‘l bilan rasmda boldirning old 
va yon tarafdagi yuzalari aniqlab olinadi.
Tovonning umumiy shaklini chizishda boldir va tovon suyak- 
larini birlashtiruvchi boldir-tovon bo‘g‘imini e’tiborga olish muhim- 
dir. Boldir-tovon birikmasi birlashtiruvchi (sharnir) vazifasini 
o‘taydi. Uning ko‘ndalang o‘qi tovonning tovon usti suyagi bloki-
146


dan o‘tadi. Boldir suyaklarining pastki qismi tovonning oshiq va 
oshiqboshchasi qismi bilan ichki va tashqi tomondan birikib bold- 
ir-tovon bo‘g‘imini hosil qiladi. Rasmning umumiy tasvirini ish- 
lash uchun o‘quvchi sxematik tarzda tovonning yoysimon tuzil- 
ishini tushunib ohshlari lozim. Bunda tovonning kaft suyagi va oyoq 
kaft usti suyagi yoy hosil qilib bir-biriga tiralishini ko‘rsatib berish 
kerak. Yoylar prujinasimon xususiyatga ega bo‘lib, ular oyoqning 
ammortizatsiyasi bo‘lib hisoblanadi. Barmoq falangalari ham tovon- 
ning ba’zi holatlarida og‘irlik tushish markazi bo‘lib xizmat qiladi.
Rassom tovon rasmini chizishni oyoqning tag qismi holati, 
tayanch qismlar va barmoqlaming shaklini aniqlashdan boshlashi 
kerak. Tovondagi oyoq-kaft suyagiga bosh barmoqning birlashgan 
qismi hamda bosh barmoqning shaklini yengil shtrixlar bilan bel- 
gilab olib, tovonning ichki yoysimon qismi va qolgan to ‘rt 
barmoqning umumlashgan shakli aniqlanadi. Shuningdek, tashqi 
yoy shakli ham belgilab olinadi.
Tovon rasmining umumiy ko‘rinishini chizish so‘ngida tovon 
payining holati va shakllarining orqa tomondan ko‘rinishi aniq- 
lanadi, har bir barmoq shakli va tovonning yoysimon qismi (old 
va yon tomondan ko‘rinishi) alohida belgilab olinadi.
«Ekorshe» gips modeli oyog‘ini chizib bo‘linganidan so‘ng 
tananing tos qismi shakh va tana asosi (tors)ni aniqlashga kirishiladi. 
Bunda dastlab tos suyagining yonbosh suyagi holati va shakli 
aniqlanishi kerak. Tos rasmi ishlanganidan keyin yonbosh suyakdan 
boshlanuvchi qorinning o‘rta chizig‘idan m o‘ljal chiziq sifatida 
foydalanish mumkin. 0 ‘rta chiziq juft shakllarni chizishda m o‘ljal 
vazifasini o‘taydi. Tana asosi (torsni) quyidagi ikki qismdan tashkil 
topgan, deb tasaw ur qilishimiz mumkin:
• pastki qism — tosning yonbosh suyagi hamda jins va kindik 
oralig‘idan boshlanuvchi, yon tomondan qorin mushaklari va 
yuqorisida qovurg‘a yoyigacha bo‘lgan qism;
yuqori qism — qovurg‘a yoyidan boshlanuvchi va ko‘krak 
qafasini hosil qilgan qism.
Ko‘krak qafasi rasmini chizish davomida, awalambor, o‘mrov 
suyagi, to ‘sh suyagi va yuqoridagi beshta qovurg‘a va ulaming yu- 
qori qismiga birikuvchi yelka suyagidan boshlanuvchi katta ko‘krak 
mushaklarining holati va umumiy shaklini aniqlash lozim. Katta 
ko‘krak mushaklari orasida to‘sh suyagi yuzasi va uning pastki uchini
147


(xanjarsimon o‘siqni) belgilab qo‘yish kerak. Shundan so‘ng, o‘ng 
qo‘l yuqoriga ko‘tarilganda ko‘krak qafasining yon tarafida tish 
shaklini eslatuvchi va shuning uchun ham oldingi tishli mushaklar, 
deb nom olgan mushaklaming umumiy shakli aniqlandi. Bunda 
belning eng keng mushagining bir qismi ham ko‘rinadi. Ushbu 
mushakni ham rasmda belgilash zamr.
Qorinning tashqi egri muskullari shaklini aniqlash va chizish 
bilan rassom tana asosi (torsni) yon tomoni yuzasini chizishni 
tugallaydi. Tana asosi (tors)ning oldingi pastki qismi eng oxirgi 
o‘rinda chiziladi. Bunda asosiy e’tibor shartli o‘rta chiziqqa mos 
keluvchi qorinning mushaklari yaxshi rivojlangan odamlarda yaqqol 
ko‘zga tashlanuvchi qorinning to ‘g‘ri muskullari va paylariga 
qaratiladi.
Rasmda ko‘krak qafasining oldingi tomonidan tosning oldingi 
tomonigacha cho‘zilgan qorinning to ‘g‘ri muskullari holatini 
tasvirlab, ko‘priksimon pay shakli xarakterini va kindikni belgilash 
kerak. Yelka kamari rasmini ishlashga kirishish oldidan yosh 
rassomlarga o‘mrov suyagining ichki boshchasi to ‘sh-o‘mrov 
bo‘g‘imi yordamida birikishi va o‘mrov suyagining uch yo‘nalish 
bo‘yicha harakatlanishini tushuntirib berish zamr. Shundan so‘ng, 
o‘mrov suyagining ikkinchi uchi yelka kamari va ko‘krak bilan 
birikishi ko‘rsatib beriladi, yelka kamari va qo‘lning harakatlani- 
shida muskullaming (deltasimon muskul, katta ko‘krak muskuli, 
trapetsiyasimon muskul va h.k.) ahamiyati haqida tushuncha be- 
riladi.
Yarim chuqurchasi aniqlanadi va yelka kamarining tasviri juft 
holda tasvirlanadi. Bosh rasmi umumiy chizgilarda harakat 
xarakterini mujassamlashtirgan holda yelka kamari va bo‘yin holatiga 
moslab bajariladi.
Qo‘llar tasvirini ishlashga o‘tishdan oldin, yelka kengligini tos 
kengligi bilan solishtirish kerak. Qo‘llarning umumiy shakli ilk 
chizgilarda belgilab olingan edi. Shaklni aniqlashtirishda alohida 
boTaklar holda ishlanadi: dastlab yelka b o ‘g ‘im idan tirsak 
bo‘g‘imigacha, keyin tirsak bo‘g‘imidan bilak-kaft bo‘g‘imigacha, 
oxirida esa, kaft rasmi chiziladi. Butun tana rasmini ishlashda boTgani 
kabi qoTlarni ham juft, parallel holatda ishlanadi. Bu juda ham 
qulay va foydahdir, chunki bunday holatlarda chap va o‘ng qo‘lning
148


turli ko‘rinishda bo‘lganida, shakldagi o‘zgarishlami kuzatish im- 
koni tug‘iladi.
Deltasimon muskulning holati va shakli tekshirilganidan so‘ng, 
ushbu muskul yelkaning ikki boshli muskuli va uning tagidan 
chiquvchi yelka muskuli orasidan chiqadigan joy belgilab qo‘yiladi. 
Kurakdan boshlanuvchi yelkaning ikki boshli muskuli deltasimon 
muskul ostidan chiqadi va pastga yo‘naladi, tirsak chuqurchasida 
bilak suyagining yuqori qismiga birlashgan pay bilan birikadi. Yelka 
suyagidan tirsak suyagi boshchasigacha davom etgan yelka muskuli 
teri ostida qisman ikki boshli muskul oldidan o‘tadi. Ikki boshli 
muskulning ikki tomonida chuqurchalar mavjud va ular rassomga 
yelka va ikki boshli muskul chegaralarini aniq belgilash imkonini 
beradi. Qo‘lning yon yuzasi yelka suyagining ichki tomonidan 
yelka muskullari bilan chegaralanadi. Bilak yuzasining umumiy 
shakli b ir guruh m uskullarning tash q i k o ‘rin ish i asosida 
aniqlanadi: bular kaftni harakatlantiruvchi uzun va qisqa yelka- 
bilak muskullaridir.
Model rasmini chizish yakunlanganidan so‘ng, uni uzoqroq 
qo‘yib, uzoqlashtiriladi va tasvirni natura bilan tez-tez nazar 
tashlash yo‘li bilan solishtiriladi hamda yuqoridan pastga tomon 
nisbatlar aniqligi tekshirib chiqiladi. Model rasmini chizishda, 
aw al yorug‘lik-soya munosabatlarini hisobga olgan holda shtrixlar 
yordamida umumiy chizgilar chiziladi. Model umumiy hajmga ega 
bo‘lishi uchun shakllarning bir yuzadan ikkinchi yuzaga o‘tishini 
shtrixlar bilan ajratib ko‘rsatish lozim. Shundan so‘ng modelning 
alohida qismlari tasvirini ishlashga va har bir detalni aniqlash- 
tirishga o‘tish mumkin.
Shaklni hosil qilish uchun faqatgina model tuzilishi tamoyillarini 
umumiy tarzda o‘rganish vazifasi qo‘yilgani uchun modelning 
mayda bo‘laklarini ishlashga unchalik hojat yo‘q. Masalan, quloq 
g‘ovagi, burun, barmoq bo‘g‘imlari va hokazolar chegaralangan 
vaqt davomida ishlanayotgan rasmda ifodalanmaydi.
Chiziqli-konstruktiv rasmlarda rassom modelning katta va 
kichik qismlarini umumiylashtirib bir shakl ko‘rinishida tasvir- 
lay olishi, hamda shaklning konstruktiv tuzilishidan foydalanib, 
ushbu modelning tabiiy shaklini ko‘rsata olishi yetarlidir (97, 98,
149


99-rasmlar).
Shunday qilib, gipsdan ishlangan anatomik model rasmini 
chizish bosqichlarini ko‘rsatib o‘tamiz:
1. 
Model cliizish awalida yengil chiziqlar va shtrixlar bilan 
kompozitsiya jihatidan qurib, cliiziqli konstruktiv asosida cliiziladi.

Download 3,5 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish