Keyin ikki son suyagi boshchalari o ‘rtasidagi chiziq belgila-
nadi. Tana og‘irligini ko‘rsatib turgan sonning tos bilan birlash-
gan boshchasi aniq ko‘rinib turadi; ikkinchi oyoqning son bosh-
chasining joylashish o ‘rni o ‘zgarganligi tufayli, uning o ‘rnida
chuqurcha hosil bo‘ladi. Ikki son boshchalari o‘rtasidagi chiziqqa
parallel ravishda, rasmda shtrixlab qo‘yilgan tosning yuqori
qismidan o‘tuvchi, chiziq belgilanadi. Tos chizig‘iga parallel
ravishda ikki oyoqning tizza qopqoqlaridan o ‘tuvchi chiziq
chiziladi (son boshchasi va to ‘piq o ‘rtasida). Bunday usulda
chizilgan belgilar tik chiziq b o ‘yicha model nisbatlarini aniq-
lashga yordam beradi.
Modelning asosiy qismlari kengligi — tosdan tovongacha va
tosdan boshning yuqori chegarasigacha bo‘lgan qismi shtrixlar
yordamida oydinlashtiriladi. Ikki oyoqning yon tomonlari va tos,
tors, yelka, qo‘1, b o ‘yin va bosh ham shtrixlar bilan chizib
chiqiladi.
Ishning keyingi bosqichida o‘chirg‘ich bilan yordamchi chi-
ziqlar va tasvirlangan model ichidagi barcha belgilangan yordamchi
chiziqlar o ‘chiriladi, shundan so‘ng tasvirning oTchami va
chegaralari natura bilan yana bir bor solishtiriladi. Buning uchun
dastlab tasvir hajmini ko‘rsatib beruvchi asosiy soya va tus muno-
sabatlari rasmda aks ettirilib, natijada nisbatlami to ‘g‘rilash va
konturlarga shtrix bilan aniqhk kiritish imkoni paydo boTadi. Bunda
modelning tos va boshdan boshlab, oyoq va qoTgacha boTgan
qismlari ustida ish olib boriladi. Oyoq-qoTning — yelka, tirsak,
tizzalaming bukilgan joylariga shtrixlar yordamida yorug‘-soya
yordamida tus beriladi.
Qo‘1 kaftlari va tovonlar birgalikda ishlanadi, model tasviri
shtrixlar bilan ishlanadi va shakl hajmi yorug‘lik-soya munosabatlari
asosida ko‘rsatiladi. 0 ‘quv mashqni bajarish davomida qalamni
botirib chizish mumkin emas, chunki xatolarni tuzatishda rasm
qorayib ketadi va tasvir yaxhthgi buziladi. Yalang‘och model rasmini
chizish bosqichlari va uning qismlarini umumlashtirish 100,
101,102, 103, 104, 105-rasmlarda ko‘rsatilgan.