Qisqa muddatli o‘quv va xomaki rasmlar chizish




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

5.6. Qisqa muddatli o‘quv va xomaki rasmlar chizish
Xomaki rasm, odatda, qisqa, ba’zan esa, juda qisqa va o‘ta 
cheklangan vaqt davomida, ko‘p hollarda rasm chizuvchining o‘ziga 
bog‘liq bo‘lmagan holatlarda bajariladigan predmet dunyosining 
umumlashtirilgan to ‘liqsiz tasviridir. Bunda ishni tezlashtirish 
maqsadida eng kam grafik vositalardan foydalaniladi.
Murakkab shaklni faqat uning asosiy, mayda ikir-chikirlarsiz 
tipik, o‘ziga xos alomatlari aniq va ifodali tarzda hal etiladigan 
predmet dunyosining realistik tasvirini umumlashtirilgan, deb 
hisoblamoq kerak. Shuning uchun ham xomaki rasm ko‘p hollarda 
«yaxlit, ko‘zga ko‘rinib turgan predmetning qism, bo‘lakchalarsiz 
tasviri bilan belgilanadi».
Xomaki rasmlar akademik vazifani boshlashdan aw al o‘quv 
rasmini kompozitsiya jihatidan joylashtirishda har doim ham 
naturaning umumlashtirilgan tasviridan, ya’ni aslini olganda, 
xomaki rasmdan foydalaniladi. Shuning uchun o ‘quv muassa- 
salarida pedagoglar akademik rasmni boshlashdan awal o‘quv- 
chilarga naturani turli nuqtalardan turib qalamchizgilar bajarishni 
va shundan so‘ng, kerakli joyni tanlab olgandan so‘ng asosiy ishga 
kirishishni maslahat berishadi. Chunki xomaki rasm muvaflFaqiyat 
bilan topilganda, naturaning butun massasi joylanishi davomli 
o‘quv rasmining asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Chizgi — xomaki rasmga nisbatan ancha to‘liq hisoblanadi. Lekin 
b a’zi hollarda u davomli o‘quv rasmiga qaraganda, ancha qisqa 
vaqt oralig‘ida naturadan bajariladigan predmet dunyosining 
mukammal bo‘lmagan tasviri hamdir. Chizgi ustida ishlash vaqtini, 
odatda, rasm chizuvchining o ‘zi belgilaydiki, bu ushbu rasm 
m azmuni, shuningdek, uning keyinchalik amalga oshadigan 
maqsadiga qo‘yadigan talablariga bog‘liq.
Naturadagi chiziladigan chizgi xuddi xomaki rasmning detallar 
bilan boyitihshi kabidir. Naturaning qay holda yuzaga chiqarihshiga 
qarab, chizgi xomaki rasm bilan davomli rasm o‘rtasidagi oraliq 
bir vosita bo‘lib qoladi. Boshqacha so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, 
naturadan chizilgan xomaki rasm ishida o‘sha naturadan davom
163


ettirilgan ish sekin-asta chizgiga aylanishi mumkinki, bunda rasm 
ikir-chikirlariga batafsilroq to ‘xtaladi.
Xomaki rasm bilan chizgi o‘rtasidagi farq u yoki bu rasmni 
chizish uchun sarflanadigan vaqtdan emas, balki asosan ish 
usulining o ‘zidan ham iboratdir. Chizgi boshidan oxirigacha 
naturadan chizish orqali bajariladi. Xomaki esa, nafaqat, natu- 
radan, balki xotiradan, tasawurdan, idrokdan, shuningdek, barcha 
usullami ham qo‘llab chizilishi mumkin. Xomaki rasmlar ijrosining 
aynan shu xildagi usullari keyinchalik, nafaqat, umuman rasm 
chizishga o‘rgatish, balki yuqorida aytib o‘tilgan bo‘lajak rassom 
uchun zarur b o ‘lgan sifatlar yig‘indisini tarbiyalashda katta 
ahamiyat kasb etadi.
Xomaki rasm va chizgilarga o‘rgatishda natura sifatida xuddi 
davomli rasm chizishda qo‘llaniladigan shaklan yaqin bo‘lgan (yoki 
mazmunan shu kabi) obyektlardan foydalaniladi:
1) «o‘lik» (tirik bo‘lmagan) natura, (nalyurmorl);
2) o ‘simliklar;
3) hayvonlar;
4) inson.
Ta’lim uslubiyatini qisqa muddatli rasmlarda qurish uchun, 
ya’ni o‘quv mashg‘ulotlari izchilligi va mazmuni hamda ularni hal 
qilish usullarini belgilab olish uchun har xil xomaki rasmlar ijro- 
sining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunib yetish kerak va birinchi 
navbatda, qisqa muddatli rasmlar ijrosi bilan (xomaki va chizgilar) 
davomli rasmlar ijrosi usullarida o‘rtasidagi farq nimadan iborat 
ekanligini bilib olish zarur.
Xomaki rasmlar va ularni bajarish usullari. Idrok etishning 
«umumiylikdan — xususiylikka va xususiylikdan — umumiylikka» 
tasvirlash usuli ta’lim jarayonida bosqichlar bo‘yicha davomli o‘quv 
rasmini bajarishda o‘z tasdig‘ini topadi.
Tasvirlanayotgan predmet shaklini umumlashtirilishining so‘ng- 
gi yakuniy bosqichi — qog‘ozga tushirilgan narsani yaxlit birlikka 
yig‘ish va birlashtirishdan butun rasm bo‘ylab aniqlik kiritish va 
nur soya nisbatlarini bitta yaxlitlikka keltirish, ya’ni tasvirlanayotgan 
shakl va ana shu shakl turgan kenglikni tutashtirishdan iboratdir.
Naturadan uning o‘ziga xos xususiyatlari bilan qisqa xomaki 
rasm chizib olish, asosan, tez ko‘rish va idrok qila bilish qobiliya-
164


tlarini o‘stirish uchun m o‘ljallanadi. Kuzatish, idrok qilish va xo- 
maki rasmni ijro etishlar ko‘p hollarda bir vaqtning o‘zida sodir 
bo‘ladi. Shuning uchun xomaki rasm ustida ishlashning yakuniy 
bosqichi sifatida umumlashtirish haqida alohida to ‘xtalishga to ‘g‘ri 
kelmaydi.
Xomaki rasmlar chizishda foydalaniladigan usullarni farqlash 
xomakilarning olti turini belgilab olish imkonini beradi. Xomaki 
rasmlar va ulaming turlari quyidagilardan iborat:
• naturani kuzatgan holda undan boshidan oxirigacha bevosita 
ijro etiladigan xomaki rasmlar;
• kombinatsiya usuli bilan (dastlab naturadan kuzatib, keyin- 
chalik naturasiz — xotira bo‘yicha) ijro etiladigan xomaki rasmlar;
• faqat xotiradan bajariladigan, ya’ni kuzatishdan keyin biror 
vaqt o ‘tgandan so‘ng, ongda ko‘rish qobiliyati mustahkam- 
langanidan keyin chiziladigan xomaki rasmlar;
• insonning avval ongida qabul qilingan ba’zi predmetlar, tirik 
obyektlar va atrof-borliq hodisalar haqidagi tasawurlami jonlan- 
tirish qobiliyati bilan bog‘liq tasawurlar bo‘yicha ishlanadigan 
xomaki rasmlar;
• kompleks usul bilan, ya’ni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hamma 
ish usullarini, jumladan, tasavvur bo‘yicha usullarini qo‘llagan 
holda bajariladigan xomaki rasmlar;
• xayolga keltirish bo‘yicha — biror-bir ijodiy fikr yoki badiiy 
obraz, mavzu, sujet va hokazo predmet va hodisalar haqida o‘z 
tasawurlarini jonlantirib tiklash asosida dastlabki umumlashgan 
tasviming xomaki rasmlarini chizish.
Xomaki rasmlaming ikkinchi, uchinchi va beshinchi turlari 
bitta umumiy alomatlar bilan birlashadi, chunonchi: xomaki rasm 
chizish bilan bir vaqtda sodir b o ‘ladigan yoki xomaki rasm 
chizishdan sal oldin bo‘ladigan naturani ancha yuzaki va tez kuzatish 
bilan yuzaga keladigan majburiy alomat bilan. Agar bunda ijro vaqti 
cheklanmasa, u holda bunday naturadan chiziladigan xomaki rasm 
chizgiga aylanib qolishi mumkin. Bu shart-sharoitlardan bittasi — 
naturani kuzatish va xomaki rasm ijrosi uchun vaqtning chek- 
langanligi yoki cheklanmaganligidir. Bu o‘z navbatida naturaning 
qo‘zg‘almasligi yoki qo‘zg‘alish darajasi (harakat tezligiga)gabog‘liq 
bo‘ladi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, xomaki rasm chizish usuli- 
ga, eng awalo, ikki omil ta ’sir qiladi: vaqt va naturaning holati.
165


Bu o‘zaro bir-biriga bog‘liq omillardan tashqari ijrochi va un- 
ing ishlash qobiliyatiga (binobarin, xomaki rasmdagi tasvir xar- 
akteri va sifatiga) shuningdek, tashqi obyektiv shart-sharoitlar 
ham ta ’sir qiladiki, ularga rasm chizuvchi moslashishi kerak bo‘ladi 
(sinf, xona yoki ko‘cha, ishlab chiqarish yoki transport, jamoa 
joyi, sport maydonchasi, yo‘lka, sayilgoh va h.k.lar).
Naturadan kuzatish bo‘yicha xomaki rasm chizish faqat bitta 
shart bilan, y a’ni n atura um um an q o ‘zg‘almas, harakatsiz 
turgandagina boshidan oxirigacha bajarihshi mumkin. Bunday qiyofa 
natura, eng avvalo, so‘zsiz jonsiz predmet (masalan, san’at, 
haykaltaroshlik asarlari, m e’m orchilik inshootlari, bezaklar, 
sabzavot, meva, gul, daraxtlar, ba’zi manzara turlari, shuningdek, 
maxsus qiyofa uchun turgan model (inson ham) bo‘lishi mumkin.
Xomaki rasmning maqsadi naturani to ‘liqsiz umumlashtirilgan 
ko‘rinishini aks ettirishdan iborat bo‘lgani uchun rassom nisbatan 
ancha bamaylixotir ishlaydi. Agar maqsad amalga oshgan bo‘lsa- 
yu, natura hali qimirlamay turgan bo‘lsa, u holda xomakilikdan 
chizgiga (lavhaga) o‘tish mumkin. Bunda hatto qog‘oz chetiga 
qo‘shimcha, naturaning b a ’zi b o ‘laklarini ancha batafsilroq 
chizgilarini ham chiqarsa bo‘ladi (albatta, bunga zarurat tug‘ilsa). 
Bunday holatda vaqt omili ish xarakteriga ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Agar naturaning qo‘zg‘almasligi shartli va tasodif bo‘lsa, ba’zi 
hollarda u vaqtinchalik bo‘lsa, ya’ni natura istalgan paytda, rasm 
chizuvchi uchun nom a’lum bir soniyada o‘z holatini, yuz qiyo- 
fasini, imo-ishorasini o‘zgartirib qolsa va hatto nuqtayi nazardan 
umuman yo‘qolib qolsa, u holda naturadan xomaki rasm chizishda 
ish xarakteri jiddiy tarzda o‘zgaradi. Bunday holat tasodiflariga 
quyidagilarni keltirish mumkin: saylgoh o‘rindig‘ida o‘tirgan kishi 
o‘midan turib ketsa yoxud jimgina yotgan it birdaniga akillay 
boshlasa, ushbu holat xomaki rasmini chizayotganda sodir bo‘lishi 
mumkin.
Peyzaj xomaki rasmi (yoki chizgi)ni chizayotganda, ob-havo 
yoki yoritilish holati o‘zgarmasligiga ishonch hosil qilish kerak 
emas. Chunki birdan shamol turib qolishi, tekis suv yuzasini 
to ‘lqinlar, osmonni to ‘satdan qora bulutlar qoplashi mumkin.
Tabiatda tirik natura rassom ustaxonasi yoki sinfdagi o‘quv ishi 
kabi bir maromda turmaydi. U o‘z hayotida davom etadi va uning
166


tabiiy, vaqtincha qo‘zg‘almay turishi darhol, ba’zida esa, kutil- 
maganda aks holat kasb etib qolishi mumkin. Shuni ta’kidlash 
kerakki, aynan tirik modelning bunday qo‘zg‘almas shartlari, ya’ni 
tinch, bamaylixotir qiyofa rassomning kuzatuvchan ko‘zlari uchun 
eng qimmathdir. Aksincha, bir xil holatda maxsus turgan tirik model 
doimo o‘z ifodaliligini yo‘qotadi, chunki har qanday holatda ham 
sun’iylik mavjud bo‘ladi. Buning ustiga sizga qarab turgan siymo 
ham oxir-oqibat charchaydi, bu esa, uning qiyofasiga ta ’sir 
etmasdan qolmaydi.
Shuning uchun ham xomaki rasmda qo‘zg‘almas tirik modelni 
muhrlab qo‘yish uchun rassom doimo shay turishi lozim. Ishlash 
uchun mavjud vaqt davomida kuzatish va xomaki rasmni bajarishda 
har bir daqiqa, hatto har bir soniyadan unumli foydalanib qolish 
zarur bo‘ladi. Shuning uchun usta rassomlar xomaki rasmlami 
ishlashda «qisqa», «juda tez», «bir nigohda», «yashin tezligida», 
«bir zumda» tasvirlash kabi so‘zlarni ishlatishlari ham bejiz emas. 
Xomaki rasm chizishning rnuayyan maqsadi — kuzatish natijasini 
bir zumda qog‘ozda aks ettirish.
Sinfdagi mashg‘ulotlarda, ayniqsa, xomaki rasm chizishga 
o‘rgatilayotgan dastlabki paytlarda o‘quvchilar kuzatishga ham, 
rasm ijrosi uchun ham doimo yetarli vaqtga ega bo‘ladilar. Lekin 
sinfdan tashqari paytda xomaki rasm ustida ishlash, ya’ni bir 
vaqtning o‘zida ham kuzatish, ham chizish paytida (hatto muhim 
turgan natura ustida ishlanayotganda ham) to ‘satdan uzilib qolishi 
mumkin. Ba’zan rassom tezroq o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga 
erishishi, bir varaqqa naturaning tipik hamda xarakterli xusu- 
siyatlarini darhol aks ettira qolishga harakat qiladi. Kuzatish vaqti 
ijro vaqtiga to‘g‘ri kehb qoladi. Ana shunday holatda naturani ko‘rish 
idroki bilan, ijro etish keskinlashadi. Ya’ni e’tiborni chalg‘itmay 
turib mayda, ikkinchi darajali ikir-chikirlarga berilmay, darhol 
predmetning eng asosiy zarur tomonlarini ilg‘ab olishga, eng oddiy 
vositalardan minimal darajada foydalanishga harakat qilinadi.
Eng awalo, bir nechta ishonchli chizgilar (yoki tus beruvchi 
dog‘lar) bilan bo‘lajak tasviming o‘m i va o‘lchamini — uning 
«abrisi»ni belgilab olish zamr. Ana shunga qarab asosiy qismlari, 
konstmksiya va harakatlarini hisobga olgan holda naturaning butun 
massasini tushirib olish kerak. Agar natura o‘z qo‘zg‘almas holatini 
saqlab turgan bo‘lsa, darhol belgilangan fikrlarni detallashtirishga
167


kirishmoq, eng asosiy, xarakterli xususiyatlami tezroq ilg‘ab ol- 
moq zamr.

Download 3,5 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qisqa muddatli o‘quv va xomaki rasmlar chizish

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish