‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

Kombinatsiyalashgan (dastlab naturadan, keyinchalik xotira 
bo ‘yicha) xomaki rasmlar chizish. Natura harakatga kela boshlashi, 
o‘z holatini o‘zgartira borishi bilan va rassom ko‘zidan iz qolishi 
boshlanishi bilan ana shu xomaki rasmni nihoyasiga yetkazish uchun 
xotiradan ko‘rish qobiliyatini ishga solishga to ‘g‘ri keladi.
N aturadan boshlanib, so‘ngra uning ishtirokisiz xotirada 
tugallangan xomaki rasm «Kombinatsiyalashgan» hisoblanadi. 
Kuzatish vaqtining qisqarishi endi xomaki rasm ustida ishlashni 
ham murakkablashtiradi va xotiraga zo‘r berishni talab qiladi. Bunday 
holatlar amaliyotda juda ko‘p uchraydi.
Xotiradan chiziladigan xomaki rasm chizish. Uzluksiz, doimiy 
harakatda bo‘layotgan natura holatini bir zumda aks ettirish ancha 
mushkul. Bunday paytda hammasini birdan nazardan qochirmay 
ilg‘ab ohsh va darhol, hech kechiktirmay xotirangizga muhrlanganni 
qog‘ozga tushirish zamr. Ana shunda xotiraga muhrlangan ko‘rinish 
o‘z «yangiligini» yo‘qotmaydi. Bunga misol qilib, oldingizdan tez 
yugurib o ‘tayotgan yoki to ‘siqlar osha sakrab yugurayotgan 
sportchini ko‘rishimiz mumkin. Bunday vazifani uddalash amalda 
mumkin. Buning uchun o‘ta tez, bir nigohda harakatdagi ifodani 
ilg‘ab olish kerak bo‘ladi (masalan, yugurib borayotgan sportchi- 
ning gavdasi, oyoqlari, bosh va qo‘llari harakati). Lekin bu o‘rinda 
xomaki bajarilgan chiziqlarni bir yerga to ‘plash, ya’ni har 
tomonlama jamlashni unutmaslik kerak.
K o‘rish qobiliyati kuchli bo‘lganda, juda qisqa, ba’zan esa, 
bir soniyada xotiraga muhrlanadigan detallami ham umumlashtirib 
yuzaga chiqarish mumkin. Ana shu tarzda ijro etilgan xomaki rasm 
xuddi qog‘ozga muhrlangan xotira kabi bo‘ladi. Bundan keyingi 
uning vazifasi — ko‘rilgan narsa haqida eslatishdan bo‘lak narsa 
emas. Bunday xomaki rasmlarga tuzatish va qo‘shimchalar kiritish 
faqat boyagi sportchining harakati takrorlangandagina (deyarli bir 
xil harakat), yana xotiraga olish yo‘li bilan bajariladi.
Faqat ko‘rib, xotirada saqlash qobihyatiga tayangan holda xomaki 
rasm ustida ishlash zamrati tashqi shart-sharoitlami kuzatish imko- 
niniberadiganvaziyatlardatug‘iladi. Masalan, shahar transportida 
qarshingizda o‘tirgan yo‘lovchining boshi o‘ylab qo‘ygan kartina 
personajiga o‘xshaydi va anchadan beri qidirib yurgan obyektingiz
168


chiqib qoladi. Uni naturadan chizishning iloji yo‘q, chunki u o‘z 
nigohini olib qochishi, boshini burishi yoki qiyofasini o‘zgartirishi, 
shuningdek, transportdagi vaziyat to ‘g‘ridan to ‘g‘ri naturadan 
chizish imkonini bermasligi mumkin va h.k.
Siz o‘z oldingizga qo‘ygan vazifani bajarish uchun boshqa yo‘lni 
tanlashga to ‘g‘ri keladi. Buning uchun ko‘rish qobiliyatini ishga 
solasiz: naturani sezdirmay kuzatasiz, o‘rganasiz, o‘zigaxos xusu- 
siyatlami (ayniqsa, undagi ajralib turadigan xarakterli belgilarni) 
eslab qolishga harakat qilasiz. Yo‘lovchi o‘z bekatida tushib ketdi. 
Shunda darhol, hech ham kechiktirmay cho‘ntak albomni olib 
(aks holda, xotirangizdan ko‘tarilib ketishi mumkin) o‘sha yo‘lov- 
chi holatini qanday eslab qolgan bo‘lsangiz, shundayligicha xomaki 
rasmini chizib olasiz.
Bunday misollami ko‘plab keltirish mumkin. Lekin rassom 
ko‘rish xotirasini rivojlantirishi uchun harakatdagi odam, ayniqsa, 
o‘z xarakteri va harakatlanishi tezligi har xil bo‘lgan bir gumh 
odamlarga qarab, xomaki rasmlar chizishni talab etadi (masalan, 
basketbol, futbol, xokkey kabi sport o‘yinlari vaqtida, hayvonot 
bog‘idagi jonivorlarga qarab, xomaki rasmlar chizish foydadan 
xoli emas).
Shuni nazarda tutish kerakki, kuzatish natijasida esda qoladi- 
gan obrazning sifatiga, uning barqarorligiga ko‘plab sabab va va- 
ziyatlar ta’sir qiladi (idrok qilishning takrorlanishi, kuzatish faolligi 
va tezligi, shuningdek, zamrat tug‘ilganda ko‘rilgan narsani eslab 
qolish qafiyligi). Ayniqsa, qisman biror holatda (yoki sxematik 
ko‘rinishda) naturadan qog‘ozga tushirilgan chizgini diqqat bilan 
kuzatgan va o‘rganilgan narsa xotirada yaxshi saqlanib qoladi. Ko‘r- 
ko‘rona, hech qanday tahlilsiz, faqat ko‘chirib qo‘ya qolingan 
narsa, odatda, xotirada uzoq saqlanmaydi.

Download 3,5 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish