‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/53
Sana05.12.2023
Hajmi3,5 Mb.
#111496
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
B.Bymetov Qalam tasvir

97-rasm. 
98-rasm. 
99-rasm.
2. Chiziq shakl ajralib cliiqqunicha bosqichma-bosqich doimiy 
ravishda qalinlashtirib boriladi.
3. Model shaklini simmetrik qilib chizish kerak, bunda juft 
shakllar va ularning perspektiv o‘zgarishi solishtirib boriladi.
4. Modelga tez-tez qarab gohida rasmning tuzilishi, goliida esa, 
qismlari va umumiy shakli tekshirib boriladi.
5.Vazifani bajarishda rassomni chalg‘ituvclii kichik detallar 
tasviriga rasm so‘nggida, umumiy tasvir hosil qilingandan so‘nggina
150


e’tibor berilishi kerak.
Tasviriy san’atda inson qiyofasini tasvirlash qadimdan ras- 
somlami o‘ziga jalb qilib kelgan. Tabiatda inson eng mukammal va 
serqirra obyekt hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha badhy o‘quv 
dargohlarida inson qiyofasi, uning portretini tasvirlashga ko‘p vaqt 
ajratiladi. Tirik modelni (yalang‘och model tasvirini) chizish qiyin 
vazifa, uni bajarish uchun rassomdan doimiy mashg‘ulotlar 
davomida egallangan malaka talab etiladi.
Tirik modeldan rasm chizishning mushkul tomoni shundaki, 
bunda model qimirlamasdan, bir xil holatda tura olmaydi, ya’ni 
chizish davomida u bir necha bor o‘z holatini o‘zgartiradi. Boshqa 
tomondan tirik modelda kuzatiladigan suyaklar va mushaklarning 
yaqqol ajralib turishi, ulaming tuzilishi, nisbati, vazifasi va harakat 
xarakterini oydinlashtirishga imkon yaratadi. Bundan tashqari, 
model o‘z holatini o‘zgartirganida, rassom tasawuri va xotirasiga 
asoslanib, chizishni davom ettirishi kerak. Bunday ish uslubi juda 
muhim bo‘lib, qalamlar va eskizlar chizishda uning ahamiyati 
kattadir.
Tirik inson modeli (yalang‘och inson qiyofasijni chizish 
mashg‘ulotlarini tashkil etish va undagi rasm chizish ketma-ketligi 
gipsdan ishlangan model tasvirini ishlash jarayoni bilan deyarli 
bir xil. Model taglik ustida taxminan 40 sm balandlikda erkin 
holatda, rassomga qarab, bir oyog‘iga tiralib — ushbu holatda chap 
oyog‘iga tirahb turishi kerak. Model holati Gudonning «Ekorshe»sini 
eslatadi. Bukilgan chap qo‘l tana qismining orqa tarafida bo‘lib, 
o‘ng qo‘l erkin holatda pastga osilib turibdi. Bu yerda chap oyoq 
og‘irlik markazidir. 0 ‘ng oyoq esa, chap oyoqqa nisbatan biroz 
oldimoqda joylashgan va erkin holatda turibdi.
Modelga yuqori-yon tarafdan kuchsiz yorugMik tushishi kerak. 
Anatomik tuzilish bo‘yicha to ‘liq tasaw ur hosil qilish uchun, 
m odeldan uzoqroq masofada odam skeleti yoki Gudonning 
«Ekorshe»sini joylashtirish tavsiya etiladi. Bundan asosiy maqsad, 
oldingi vazifada olingan bilim va malakalami tirik odam rasmini 
chizishda taqqoslab, nisbatlar hamda muskullar tizimini yanada 
aniqroq tasawur etishdan iboratdir.

Download 3,5 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q‘rta maxsus. Kasb-hunar ta’limi markazi

Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish